Mustaqil ish Mavzu: Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish


u-konveyer ikkinchisi esa, v-


Download 1.61 Mb.
bet5/9
Sana03.06.2020
Hajmi1.61 Mb.
#113932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kesh xotira

u-konveyer ikkinchisi esa, v-konveyer deb atalgan. u-konveyerda ixtiyoriy olingan, ya’ni protsessorning buyruqlari tarkibiga kirgan barcha buyruqlarni bajarish mumkin bo‘lgan. v-konveyerda esa, nisbatan oddiy bo‘lgan buyruqlarni bajarish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday buyruqlar sirasiga – butun sonlar ustida bajariladigan oddiy buyruqlar, suriluvchi nuqtali sonlar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan bitta oddiy buyruq kabi buyruqlarni kiritish mumkin.Kompyuterlarning unumdorligini oshirishda qo‘llaniladigan, ma’lumotlarni parallel ishlashning ikkinchi shakli bo‘lgan – protsessor sathidagi paralellik haqidagi tushuntirishlar 3.6 paragrafda keltiriladi. Konveyer g‘oyasini amalga oshirishda ishlatilgan yondoshishlardan yana biri bu – ko‘p sonli funksional bloklarga ega bo‘lgan bitta koveyerdan foydalangan holda hisoblashlarni tashkil etish bo‘ldi (3.12-rasm).


3.12-rasm. Beshta funksional blokka ega superskalyar protsessor.


Ushbu yondoshish asosida qurilgan arxitektura – superskalyar arxitektura deb ataldi. 3.12-rasmda beshta funksional blokka ega bo‘lgan superskalyar protsessorning tuzilishi keltirilgan. Unda buyruqlarni bajarish bloki bo‘lgan C4 bloki tarkibiga qo‘shimcha funksional bloklar kiritish amalga oshirilgan. Bunday arxitekturadan avval Pentium II, keyinchalik esa Pentium 4 protsessorini qurishda foydalanilgan.

O‘ttiz ikki razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday ishlashiga oid muhim jihatlarini Pentium 4 protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. Pentium 4 protsessorining ichki registrlari 3.13-rasmda keltirilgan.



Pentium 4 protsessor tarkibida ham, 16-razryadli Intel 8088 protsessori tarkibida bo‘lgan barcha registrlar guruhlari mavjuddir. Ushbu registrlarning uzunliklari 16 va 32-razryadga ega. Pentium 4 protsessorining umumiy tayinlanadigan registrlari
Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling