Mustaqil ish Mavzu: Personal motivatsiyasi va mehnatga haq to’lash tizimi Bajardi: Yo’ldasheva Z


Download 48.46 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi48.46 Kb.
#240401
1   2   3   4
Bog'liq
Presonaal

Mehnatga haq to`lashni oddiy chegaralanmagan tizimida xodimlarga ish haqi mehnat me’yorining bajarilish darajasidan qat’i nazar o`zgarmagan stavka va rassenkalarda to`lanib boriladi. Masalan, paxtani qo`lda terishni olsak, me’yor 60 kg. Belgilangan, ish tarif jadvalining IV razryadi bo`yicha ta’riflashtirilgan bo`lsa, 1 kg paxta uchun 25 so`m to`lash kerak bo`ladi. Bunda ishchiga me’yorni bajarish va bajarmasligidan qat’iy nazar (ya’ni qancha paxta terishidan qat’i nazar) har bir kilogramm tergan paxtasi uchun 25 so`m haq to`lanib borilaveradi. Ishbay progressiv tizimda me’yordan ortiq bajarilgan ish yoki yetishtirilgan mahsulot uchun progressiv ortib boruvchi stavka yoki rassenka bo`yicha haq to`lanadi. Masalan, paxtani qo`lda teruvchi xodimlarga me’yor chegarasidagi ish uchun 1 kg -25 so`m bo`lsa, 60-80 kg-gacha 30 so`m, 80-100 kg 35 so`m va h.k. tartibda haq to`lab boriladi yoki me’yordan ortiq bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulotning har 1 foizi uchun ish haqi stavkasi yoki rassenkasi ma’lum foizga ortib borishi mumkin. Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi. Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofot beriladi. Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq.



Download 48.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling