Mustaqil ish mavzu: pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari bajardi: fu


Download 47.46 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi47.46 Kb.
#1498190
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish pul tizimi mazmuni turlari va elementlari

1. PUL TIZIMI MAZMUNI VA MOHIYATI


Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an'analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo’lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.
XVI asming oxiri va XVII asming boshlarida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zining uzoq tarixi davomida, insoniyat juda ko'p miqdordagi pul turlaridan foydalangan. Eng birinchi pul bu tovar pullari edi. Tovar puli oddiy tovar sifatida sotishda yoki pul sifatida ishlatiladigan boshqa usulda bir xil qiymatga ega bo'ladi. Zamonaviy dunyoda tovar pullaridan foydalanishda inflatsiya darajasi juda yuqori bo'lgan mamlakatlarda foydalanish naqd pulga qaraganda afzalroq bo'lishi mumkin.
Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir.
Milliy valuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shakliga qarab 2 turga ajratiladi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.
Bimetalizm pul tizimida umumiy ekvivalent ro’lini metal (ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib, G’arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga XIX asrda yetib kelgan.
Monometalizm pul tizimida yagona metall (oltin va kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallarga almashinadi.
Kumush monometalizmi: Rossiyada (1843-1852 yillarda);
Gollandiyada (1847-1875 yillarda);
mavjud bo’lgan. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816-yilda tasdiqlangan, ko’pchilik boshqa davlatlarda bu tizim XIX asrning oxirlarida joriy qilingan:
Germaniyada (1871-1873 yil);
Fransiyada (1876-1878 yil);
Rossiya va Yaponiyada (1897-yil);
AQSHda (1900-yil);
Pul tizimi mamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlaridir. Muomaladagi pullarning asosiy qismini qog’oz pullar tashkil qiladi. Qog’oz pullar tarixiy manbalarga ko’ra XII asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoroda qog’oz pullardan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qog’oz pullar XVII XVIII asrlarda chiqarilgan

2. PUL TIZIMINING ELEMENTLARI


Pul tizimi quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi:

  • pul tizimini tashkil etish tamoyillari;

  • pul birligi;

  • baho masshtabi;

  • pulning turlari;

  • pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ulaming

ta’minlanganlik asoslari;

  • pul muomalasini tartibga solishning usullari;

  • mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.

Pul tizimini tashkil etish tamoyillari - pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi. Takidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir-biriga o'xshasada har bir mamlakatda pul-kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillaming asosiylari quyida keltirilgan.
Pul tizimini markazdan boshqarish tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy - taqsimlash modeliga xos bolib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko'rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ulaming filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va direktiv ko’rsatmalar orqali bajariladi.
Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o'zining faoliyatini tashkil etadi.
Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatiari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo'yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo’lgan pul birligi o'zining nomiga ega boladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar .
Baho masshtabi - bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, pulning o‘ziga xos bo’lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni, qog'oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan.
1971 - 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan bo'ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan AQSh dollari, yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi. Mamlakatda baholar masshtabi milliy pul birligi va uning elementlari orqali o’lchanadi. Masalan, O'zbekistonda “So'm”
Pulning turlari - malakatdagi qonuniy to’lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va tangalar to’lov vositasini bajaradi.
Banknota (bank biletlari) - bu qonuniy tolov vositalari hisoblanib, mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi.
Xazina biletlari - qog'oz pul bo’lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlami qoplash maqsadida muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo’lib, oltin va kumushga almashtirish mumkin bo’lmagan.
Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy etilgan bo’lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul chiqarish huquqini o'zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to’liq Markaziy bank mas’ul ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini muomalaga chiqarmaydi. Agar budjet taqchilligini qoplash uchun mablag' zarur bo'lsa ushbu mablag'ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi.
Tanga - mamlakatning qonuniy to'lov vositasi sifatida turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar “maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo-sotiq ishlarida qaytimlarni berishda qo’llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va sotib olish qobiliyati yuqori bolishi maqsadga muvofiq.
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ulaming ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o'zining milliy valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullami chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy
tovar qiymatliklar bilan ta’minlanadi.
Pul muomalasini tartibga solishning usullari. Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o'rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblami oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushiga to'gri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o’rnatiladi.
Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Xususan:
mamlakat Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko'pchilik hollarda Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va tazyiqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobarqaror bo’lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosati o'zining tegishli samarasini bermaydi.
xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ко‘rsatilayotgan xizmatlaming raqobatbardoshligi pul tizimining barqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Pul tizimi va uning elementlarini rivojlanishi, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi.1

Download 47.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling