Mustaqil ish mavzu: qishloq xo’jaligida investitsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.09.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1683511
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIGIDA INVESTITSIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

 
 
 
 
 
Moliyalashtirish manbalari bo„yicha qishloq, o„rmon va baliq 
xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalar (mlrd. so„m) 
2016 
2017 
2018 
2019 
Jami 
4795,3 
6110,6 
7991,9 
12199,1 
Shu jumladan: 
respublika budjeti mablag‗lari 
565,7 
553,4 
911,1 
1935,6 
korxona va tashkilotlar 
mablag‗lari 
510,0 
905,5 
1768,8 
1132,9 


tijorat banklari kreditlari va 
boshqa qarz mablag‗lari 
371,2 
715,6 
2328,1 
2034,1 
xorijiy investitsiya va kreditlar 
171,8 
189,8 
1064,4 
5050,6 
boshqa moliyalashtirish 
manbalari 
3176,6 
3746,3 
1919,5 
2045,9 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni boricha 
o’z mablag’laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi 
qarzlar mavjud bo’lmaydi (olingan kreditlar 
bo’yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda 
mustahkam pozitsiyani shakllantiradi. 
Ayni paytda xo’jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag’larning 
manbalaridan biri xo’jalik a‘zolarining vaqtincha bo’sh turgan mablag‗larini jalb 
etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o’z ichida 
qisqa muddatli obligatsiyalarni chiqarib, ularni a‘zolariga ishonchli tarzda 
tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan ishonchli dalolatnomalarni 
ham berishi mumkin. Xo’jalik a‘zolari esa muomalaga berilgan mablag’larini 
ma‘lum muddat o’tgandan so’ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan qishloq 
xo’jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak. 
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy 
shaxslarning mablag‗laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan foyda 
olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan boshqa 
turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy 
boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar 
respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O’zbekiston


Respublikasi hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: 

respublika qishloq xo’jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Nizom 
jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish; 

tarmoqda chet ellik investorgarga to’liq qarashli bo‗lgan xo’jalik jamiyatlari 
va shirkatlari, bank, sug’urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish; 

mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
mablag’larini sotib olish; 

intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma 
nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar 
kiritish va boshqalar. 
Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari 
amalga oshiradilar: 

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki 
xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar; 

chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
ko‗rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar; 

chet el fuqarolari bo‗lmish jismoniy shaxslar va boshqalar. 
Hozirgi 
davrda 
mamlakat 
qishloq 
xo’jaligini 
boshqarishni 
takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi 
bo’limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa 
davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali 
muayyan darajada hissa qo’shish ishlari bilan shug‗ullanmoqda. Lekin ularning 
investitsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun bu 
masalaga, ya‘ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida 
e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. 
Qishloq xo‗jaligi tarmog‗iga jalb etilgan xorijiy investitsiyaga misol 


tariqasida 2020-yil 11-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida
―O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish‖ loyihasini 
amalga oshirish chora- tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-4803-sonli qarori asosida jalb 
etilgan invstitsiyani keltirishimiz mumkin. Umumiy qiymati 659,3 mln. AQSh 
dollariga teng bo’lgan ushbu loyiha 6 yilga (2020-2026-yillar) mo’ljallangan. 
Loyiha doirasida Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar 
asosida 500 mln. AQSh dollar ajratilmoqda: 

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
tomonidan 181 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz; 

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln. 
AQSh dollari miqdoridagi kredit; 

5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln. 
AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit. 
Loyihada O‗zbekistonning ulushi 159,3 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, shu 
jumladan: 

soliq va bojxona to’lovlari bo‗yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida 
moliyaviy xarajatlarni to‗lash shaklidagi ulush – 124,3 mln. AQSh dollarini; 

loyiha ishtirokchilarining ulushi esa 35 mln. AQSh dollari ekvivalentini 
tashkil etadi. 
Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor 
yo’nalishlari, etib quyidagilar belgilangan: 
-qishloq xo’jaligida ilmiy-tadqiqot, ta‘lim va maslahat xizmatlarining ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish; 

qishloq xo’jaligini raqamlashtirish, statistik ma‘lumotlarni to’plash, tahlil qilish 
va tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish; 

oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash va qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
yetishtirishda ―daladan iste‘molgacha‖ tamoyili asosida sifat nazoratini 


kuchaytirish, agrologistika, yo‗l va boshqa zarur infratuzilmani yaratish; 

eksportni rag‗batlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop 
yuqori qo’shilgan qiymatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida 
qulay agrobiznes muhitini va qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish 

qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ini diversifikatsiyalash, sohada davlat 
ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish, hamda sohaning 
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish; 

yer va suv resurslari, o’rmon fondidan oqilona foydalanish; 
-sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat ko‗rsatish 
tizimini takomillashtirish. 
Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalarni boshqa tarmoqlar bilan 
taqqoslaganda ularning salmog‗i past darajani tashkil etadi. Shuni inobatga olgan 
mamlakatimiz hukumati tomonidan mazkur tarmoqqa jalb etiladigan investitsiyalar 
hajmini oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bunda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi bilan shug’ullanuvchilarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar tashkil etish, sug’orishning 
zamonaviy 
tejamkor 
usullarini 
joriy 
etish, 
qishloqlarning 
qiyofasini 
zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa shu kabi 
maqsadlarga katta miqdordagi mablag’lar sarflanmoqda va kelgusida ham bu 
jarayon davom etadi. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling