Mustaqil ish mavzu: qishloq xo'jaligida suv resurslari va ulardandan foydalanish yo'llari


  2. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1683210
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUV RESURSLARI VA ULARDANDAN FOYDALANISH YO\'LLARI

  
1. 
2. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish 
darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
O’zbekistonda barcha yerlar davlat yer fondini tashkil etadi, yer davlat mulki 
umumxalq boyligi hisoblanadi. 


Yer fondi deyilganda O’zbekistonning viloyat, tuman, dehqon fyermyer 
jamoa xo’jaligi, davlat xo’jaligini yer maydoni, ya’ni quruqlikdagi yer maydonlari 
bilan suv ostidagi yer maydonlari tushuniladi. 
Yer klassifikasiyasi quyidagicha belgilanish, O’zbekistondagi barcha yerlar 
davlat yeri bo’lib, uning tarkibiga quyidagi yer kategoriyalari kiradi. 
1. 
Qishloq xo’jalik yerlari 
2. 
Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar 
3. 
Shahar yerlari 
4. 
Davlat o’ralgan yer fondlari 
5. 
Davlat zahira yer fondlari 
6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar. 
Bularni alohida tavsiflab otish kyerak. 
1. 
Qishloq xo’jaligi yerlari, bular asosan jamoa, davlat, fyermyer, 
shirkat (koopyerativ) dehqon xo’jaligi, yordamchi xo’jaliklar, o’quv tajriba 
xo’jaliklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish maqsadida 
foydaladigan yerlardan iborat. 
2. 
Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar bular, sanoat, 
transport, kurortlar, zapovedniklar, ya’ni qO’riqxonalar, zavod va fabrikalar, 
davlat muassasalari joylashgan yerlar, tog’ konlari va boshqa maqsadlarga 
davlat ob’ektlari uchun band bo’lgan yerlardan tashkil topgan yerlar. 
3. 
Shahar yerlari, bular shahar tipidagi posyolkalar qurish 
maqsadida band bo’lgan yer massivlaridan tashkil topgan bo’lib, yangi uy-
joy, shaharlar qurilishining yo’nalishi bilan bunday yerlar tyerritoriyasi 
yildan-yilga kengayib bormoqda. 
4. 
Davlat o’rmon yer fondlari. Bunday yerlarga O’zbekistondagi 
O’rmonlar va O’rmonchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerlar 
kiradi. 


5. 
Davlat zahira (zapas) yerlari. Bunday yerlar jamoa va davlat 
xo’jaliklariga, dehqon, fyermyer, koopyerativ (shirkat) qishloq xo’jaligi va 
shunga O’xshashlarga uzoq muddatli foydalanish uchun ajratib byeriladigan 
va yangidan davlat xo’jaliklarini tashkil etish va kO’chib kelganlarni 
joylashtirish uchun ajratiladigan, shuningdek tog’ konlari joylaridan iborat. 
6. 
Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar, bularga suv havzalari, 
kanallar, daryolar, dengizlar, gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi 
inshootlari uchun band bo’lgan va ularning atrofidagi yerlar kiradi. 
Qishloq xo’jaligining rivojlanish jarayonida bir xil yerlar boshqa birxil 
yerlarga aylantirilishi mumkin, bunga yerlarning transformastiyasi deyiladi, ya’ni, 
quruq yerlarni haydab ekin yerlariga aylantirish yoki chakalakzorlarni kovlab ekin 
yerlarga aylantirish va shunga o’xshash yerlar transformastiyasi deyiladi. 
Qishloq xo’jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari 
deyiladi, bularga ekiladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik 
daraxtzorlar, ishga solinadigan qo’riqlar va o’tloqlar kiradi. Qishloq xo’jaligida 
foydalanilmaydigan yerlarga o’rmonlar va chakalakzorlar bilan band bo’lib turgan 
yerlar, kO’llar, ariiqlar, zovu ryoki soylar hamda xalq xo’jaligining boshqa 
sohalarida foydalaniladigan yerlar kiradi. 
Shunday qilib, qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi 
ekan, undan samarali foydalanish zarur. 


Yer va suv qishloq xo’jaligining eng asosiy ishlab chiqarish vositalari ekan, 
ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur. Buning uchun quyidagi 
ko’rsatkichlardan ifodalash mumkin: 
a) Umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti (foizi). Uning darajasini 
aniqlash uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini 
foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi 
tenglik yordamida aniqlash mumkin: 
YeFK= yoki x100: 
Bunda: YeFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti, (foizi); 
FE - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; 
FME - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkich koeffisientda yoki foizda aniqlanishi mumkin. Uni aniqlash 
natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uni haqiqiy 
darajasi, ya’ni koeffisienti 1 dan yoki 100 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Bu 
ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan 
foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi bilinadi. Shundan so’ng bunday 
holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 
b) Suvdan foydalanish koeffisienti. U haqiqatda sug’orilgan maydonni shu 
suv bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. 
Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling