Mustaqil ish mavzu: qishloq xo'jaligida suv resurslari va ulardandan foydalanish yo'llari
2. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUV RESURSLARI VA ULARDANDAN FOYDALANISH YO\'LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvdan foydalanish koeffisienti.
1. 2. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar O’zbekistonda barcha yerlar davlat yer fondini tashkil etadi, yer davlat mulki umumxalq boyligi hisoblanadi. Yer fondi deyilganda O’zbekistonning viloyat, tuman, dehqon fyermyer jamoa xo’jaligi, davlat xo’jaligini yer maydoni, ya’ni quruqlikdagi yer maydonlari bilan suv ostidagi yer maydonlari tushuniladi. Yer klassifikasiyasi quyidagicha belgilanish, O’zbekistondagi barcha yerlar davlat yeri bo’lib, uning tarkibiga quyidagi yer kategoriyalari kiradi. 1. Qishloq xo’jalik yerlari 2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar 3. Shahar yerlari 4. Davlat o’ralgan yer fondlari 5. Davlat zahira yer fondlari 6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar. Bularni alohida tavsiflab otish kyerak. 1. Qishloq xo’jaligi yerlari, bular asosan jamoa, davlat, fyermyer, shirkat (koopyerativ) dehqon xo’jaligi, yordamchi xo’jaliklar, o’quv tajriba xo’jaliklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish maqsadida foydaladigan yerlardan iborat. 2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar bular, sanoat, transport, kurortlar, zapovedniklar, ya’ni qO’riqxonalar, zavod va fabrikalar, davlat muassasalari joylashgan yerlar, tog’ konlari va boshqa maqsadlarga davlat ob’ektlari uchun band bo’lgan yerlardan tashkil topgan yerlar. 3. Shahar yerlari, bular shahar tipidagi posyolkalar qurish maqsadida band bo’lgan yer massivlaridan tashkil topgan bo’lib, yangi uy- joy, shaharlar qurilishining yo’nalishi bilan bunday yerlar tyerritoriyasi yildan-yilga kengayib bormoqda. 4. Davlat o’rmon yer fondlari. Bunday yerlarga O’zbekistondagi O’rmonlar va O’rmonchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerlar kiradi. 5. Davlat zahira (zapas) yerlari. Bunday yerlar jamoa va davlat xo’jaliklariga, dehqon, fyermyer, koopyerativ (shirkat) qishloq xo’jaligi va shunga O’xshashlarga uzoq muddatli foydalanish uchun ajratib byeriladigan va yangidan davlat xo’jaliklarini tashkil etish va kO’chib kelganlarni joylashtirish uchun ajratiladigan, shuningdek tog’ konlari joylaridan iborat. 6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar, bularga suv havzalari, kanallar, daryolar, dengizlar, gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari uchun band bo’lgan va ularning atrofidagi yerlar kiradi. Qishloq xo’jaligining rivojlanish jarayonida bir xil yerlar boshqa birxil yerlarga aylantirilishi mumkin, bunga yerlarning transformastiyasi deyiladi, ya’ni, quruq yerlarni haydab ekin yerlariga aylantirish yoki chakalakzorlarni kovlab ekin yerlarga aylantirish va shunga o’xshash yerlar transformastiyasi deyiladi. Qishloq xo’jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari deyiladi, bularga ekiladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik daraxtzorlar, ishga solinadigan qo’riqlar va o’tloqlar kiradi. Qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlarga o’rmonlar va chakalakzorlar bilan band bo’lib turgan yerlar, kO’llar, ariiqlar, zovu ryoki soylar hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalarida foydalaniladigan yerlar kiradi. Shunday qilib, qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan samarali foydalanish zarur. Yer va suv qishloq xo’jaligining eng asosiy ishlab chiqarish vositalari ekan, ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlardan ifodalash mumkin: a) Umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti (foizi). Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin: YeFK= yoki x100: Bunda: YeFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti, (foizi); FE - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; FME - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga. Bu ko’rsatkich koeffisientda yoki foizda aniqlanishi mumkin. Uni aniqlash natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uni haqiqiy darajasi, ya’ni koeffisienti 1 dan yoki 100 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi bilinadi. Shundan so’ng bunday holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. b) Suvdan foydalanish koeffisienti. U haqiqatda sug’orilgan maydonni shu suv bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling