Mustaqil ish mavzu: Qiyshiq egilishda kuchlanish va deformatsiya bajardi
Download 175.05 Kb.
|
MEXANIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyshiq egilishda Egilish va cho‘zilish (siqilish) ning birgalikdagi ta’siri.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI QURILISH MEXANIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: Qiyshiq egilishda kuchlanish va deformatsiya BAJARDI: AXMANOV DIYORBEK TEKSHIRDI: B.RAXMONOV TOSHKENT-2023. Reja: Qiyshiq egilishda Egilish va cho‘zilish (siqilish) ning birgalikdagi ta’siri.Qiyshiq egilish va cho‘zilish yoki siqilishning bir paytdagi ta’siri Xulosa 4.Adabiyotlar.Qiyshiq egilishda balka yonlama deformatsiyalariga ega bo‘lmasligi uchun qo‘shimcha konstruktiv usullar (masalan gorizontal bog‘lanishlar qo‘yish) qo‘llashi lozim. Mavjud konstruksiyani ehtiyotsizlik oqibatida kuchaytirish ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin. N.M Belyaev list va ikki burchakli shvellersimon balkani (11.6a-rasm) yoz tekisligida joylashgan yuklamaga ishlayotganda qo‘shimcha burchak payvandlash orqali kuchaytirilganini keltiradi (11.6b-rasm). Bu hol bosh o‘qlarni tashqi kuchlar tekisligiga og‘ishiga va balkaning yon tomonida ko‘zda tutilmagan deformatsiyalanishiga olib kelgan (11.6b-rasm). Shu sababli tasodifiy omillar natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyshiq egilishlarda I x I y bo‘lgan profillarni qo‘llash kerak. Eslatib o‘tamiz, Ix I y bo‘lgan holda, profil ikkitadan ortiq simmetriya o‘qiga ega bo‘ladi (doira, kvadrat va boshqalar) va unda qiyshiq egilish yuzaga kelmaydi. Egilish va cho‘zilish (siqilish) ning birgalikdagi ta’siri Amalda shunday hollar mavjudki, sterjen egilishidan tashqari cho‘zilish yoki siqilish ta’sirida ham bo‘ladi. Bu hol balkaga bir nechta bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlar yoki faqat bitta kuch ta’sir etganda ro‘y beradi (11.7-rasm). 11.7-rasm. Balkaga bitta kuch ta’sir etganda egilish, cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasining hosil bo‘lishi. Odatda egilishdagi urinma kuchlanishlarni e’tiborga olmay faqat normal kuchlanishlar topiladi, chunki urinma kuchlanish normal kuchlanishga nisbatan juda kichik. Murakkab qarshilikda normal kuchlanishni topish masalasini egilishdagi normal kuchlanishni topish va cho‘zilish yoki siqilishdagi kuchlanishlarni topishdan iborat ikki qismga ajratish mumkin. Brus kesimi har bir nuqtasidagi to‘la kuchlanish aytilgan kuchlanishlar algebraik yig‘indisiga teng. Masalan, 11.7a-rasmda tasvirlangan hol uchun kesim chap tayanchdan z masofadagi ixtiyoriy nuqtasidagi q yuk ta’siridan normal kuchlanishlar M x y I q x Nz kuchi ta’siridan siqilishdagi kuchlanish ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlangan, barcha kesimlar uchun bir xil va quyidagiga teng: To‘la kuchlanish p N F N M x y F I x (11.6)
Bu kuchlanishlar epyuralari 11.8b,d,e-rasmlarda ko‘rsatilgan. Qiyshiq egilish va cho‘zilish yoki siqilishning bir paytdagi ta’siri uchun brus ixtiyoriy nuqtasi kuchlanishi uchun quyidagi umumiy formula o‘rinli N M x y M y x (11.7) F I x I y 11.8-rasm. Kuchlanish epyuralari: a) Brusning ko‘ndalang kesim yuzasi; b) q kuch ta’siridan hosil bo‘ladigan kuchlanish; d) P kuch ta’siridan hosil bo‘ladigan kuchlanish; e) yakuniy kuchlanish epyurasi. (11.7) tenglamadagi (+) ishora turli kuch omillaridagi hosil bo‘layotgan kuchlanishlar yig‘indisi olinganini bildiradi. Oldingidek cho‘zuvchi N kuch musbat, Mx, My larni musbat deymiz, agar ular kesim birinchi choragida cho‘zuvchi kuchlanishlarni hosil qilsa. Neytral o‘q tenglamasini (11.7) ifodada kuchlanishni nolga tenglab olish mumkin N Mx у M y х (11.8) F I x I y (11.8) tenglamaga kiruvchi neytral o‘q o‘tgan ko‘ndalang kesim nuqtalari koordinatalari birinchi darajada bo‘lgani uchun, neytral o‘q to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. x = y = o holda (11.8) tenglama bajarilmaydi, demak neytral o‘q kesim og‘irlik markazidan o‘tmaydi. Odatda neytral o‘qni qurish uchun bosh inersiya o‘qlari yotgan kesim bilan neytral o‘q kesishgan nuqta holati aniqlanadi. Qiyshiq egilishdagi kabi sterjen kesimi ikkita simmetriya o‘qi bir paytning o‘zida bosh markaziy o‘qlar hisoblanadi. Neytral o‘qning x o‘qi bilan kesishish nuqtasida y qiymati nolga teng. Mos ravishda (11.8) ifodadan xo koordinata hamda NIy FM y NI x FMx (11.9 a) (11.9 b) Download 175.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling