Mustaqil ish mavzu: sanoat mahsulotlarining material va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishlari


  Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash


Download 335.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi335.09 Kb.
#1505517
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH

2. 
Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash. 
Gaz sanoati-mamlakat 
yoqilg`i-energetika sanoatining eng 
rivojlangan va iqtisodiyotda salmoqli tarmog`idir. Uni qazib olish va 
ishlatish miqdori katta tezlik bilan o`sib bormoqda. Masalan, 1990 yilda 
mamlakatda 40,7 mlrd. m³ gaz qazib olingan bo`lsa, 1995 yilda 48,6 
mlrd. m³, 2004 yilga kelib uning hajmi 60 mlrd. m³ ga yaqinlashdi. 
Endilikda O`zbekiston gaz zahiralari va qazib chiqarishda dunyoning 
birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya 


13 
va Turkmanistondan keyin 3-o`rinda turadi. Gaz Respublika yoqilg`i 
balansining 2/3 qismiga teng.
Mamlakatimizda neft bilan yo`ldosh tarzda uchraydigan tabiiy 
gazni qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft gazidan sanoat 
maqsadlarida foydalanish uchun birinchi gazoprovod (15 km.) 
"Andijonsanoat - Andijon shahri o`rtasida 1944 yilda qurilgan. Biroq, 
tabiiy gazdan sanoat maqsadlarida foydalanish 1950-1960 yillarda 
boshlangan. Yilma-yil mamlakat gaz sanoatining geografiyasi kengayib 
bordi. Dastlab Farg`ona vodiysida, keyinroq Surxondaryoda, 1960 
yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970 yillardan boshlab 
Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog`iston hududlaridan gazning g`oyat 
katta zahiralari topildi. 
Ayniqsa, respublika gaz sanoatining rivojlananishi XX asrning 
o`rtalarida ochilgan Jarqoq va Gazli konlari katta rol o`ynadi. 1958-1960 
yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu 
gaz magistralining qurilishi bilan respublikamizning mazkur zonadagi 
sanoat markazlari, shaharlar va ko`pgina qishloqlarni gazlashirish 
boshlandi. 1962 yilda katta zahiraga ega bo`lgan Gazli koni ishga 
tushirildi. Natijada, O`zbekiston gazi shavqatsizlarcha tashib ketila 
boshladi. Juda qisqa muddatlada qurib bitkazilgan "Gazli-Sverdlovskiy" 
(Buxoro-Ural), "O`rta Osiyo-Markaz" va "Buxoro-Toshkent-Bishkek-
Olmaota" gaz quvurlari orqali sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga, Ural, 
Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonga, shuningdek, Boltiqbiyi 
respublikalariga har yili 50 mlrd. kubometr gaz jo`natilgan.
Mamlakatda gaz sanoati uni qazib olish hajmining o`sishi bilan 
rivojlanib ketdi. 1960-1970 yillarda O`zbekiston gaz sanoatida keskin 


14 
o`zgarish yuz berdi. Shu yillar ichida mamlakatda gaz qazib olish 71,79 
marta o`sdi (ya`ni 447 mln. kubometrdan 32 mlrd. kubometrga yetdi). 
Mamlakat gaz sanoati faqatgina yangi gaz konlarini topish va ishga 
tushirish evaziga rivojlanib bordi. 1971 yilda Ustyurtda Shaxpaxti gaz 
koni ishga tushirildi. 1970 yildan boshlab respublikadagi (Andijon, 
Farg`ona, Angren IES laridan tashqari) barcha yirik issiqlik elektr 
stansiyalari gaz yoqilg`isiga o`tkazildi. 
1972 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni 
qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni 
magistral gaz quvurlariga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash 
imkoniyati yaratildi. Mazkur zavod kengaytirilib, ishlab chiqarish (gazni 
qayta ishlash) quvvati ortib bordi. 1994 yilda uning to`rtinchi navbati 
ishga tushirildi. Endilikda respublika gaz qazib chiqarish sanoatini 
hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog`liq 
ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 
Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-G`arbiy Hisor va Buxoro-
Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg`ona mintaqalarida joylashgan. Eng 
yirik gaz, neft, gaz kondensat konlaridan Gazli, Muborak, Sho`rtan, 
Ko`kdumaloq, Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining janubi-g`arbiy 
qismida Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi qurib bitkazildi. Mazkur 
kombinatdan oltingugurti kamroq bo`lgan tabiiy gazni energetika 
ehtiyojlari uchun mintaqalarga uzatish maqsadida Sho`rtan-Sirdaryo-
Toshkent gaz quvuri ishga tushirilgan. Sho`rtan gaz majmuida jahonda 
birinchi bo`lib molekulyar elak ( g`alvir)lar qo`llanilmoqda. 
Mamlakatning ko`pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. 


15 
Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo`yicha ishlab 
turgan va loyihalashtirilayotgan ob`yektlarning hammasida oltingugurtli 
birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat 
yoqilg`i-energetika sanoatining gigantlariga aylangan Farg`ona neftni 
qayta ishlash, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari hamda Sho`rtan 
gaz-kimyo majmuida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz 
ishlab chiqarilmoqda.
Shaharlar va qishloqlarni gazlashtirish ishlari jadal olib 
borilmoqda. Respublikamizdagi jami xonadonlarning 70 foizdan ortig`i 
gazlashtirilgan. Gaz sanoatini rivojlantirishda chet el investitsiyalari jalb 
etilmoqda. Birgina Xo`jaobod yer osti gaz omborini qurishga 70 mln. 
AQSH dollari sarflandi. 
Shunday qilib, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo`lgan 
ehtiyojini o`z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan 
va u yangi-yangi konlarni topish va ishga tushirish natijasida o`zining 
ijobiy yechimini topmoqda. Respublika hududida yirik holda ish olib 
borgan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari birlashtirilib O`zbekiston 
neft gaz sanoati milliy korporatsiyasi ("O`zbekneftgaz") tuzilgan. 
Respublikamizning bir qator viloyatlarida gaz konlari bo`lishiga 
qaramasdan hozirgi vaqtda tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o`rinni 
Qashqadaryo (88 %) viloyati egallaydi. Oz miqdorda tabiiy gaz Buxoro 
(2 %), Farg`ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida ham qazib 
chiqariladi. 

Download 335.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling