Mustaqil ish mavzu: Shavkat mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari mavzusida slayd va maruzalar matni tayyorlab ber


muloqotning bunday usuli jiddiy samara berayotganini e’tirof etmoqda


Download 94.44 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2024
Hajmi94.44 Kb.
#1828923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu Shavkat mirziyoyev O\'zbekistonning novator r

muloqotning bunday usuli jiddiy samara berayotganini e’tirof etmoqda.

3.Shavkat Mirziyoyev davriga kelib O'zbekistonning xorijiy mamlakatlari bilan hamkorligining yo'lga qo'yilishi.

Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinchlik-xotirjamlikni so‘raydi. Shundan so‘ng, o‘z uyim, boshpanam bo‘lsa, oilam, bola-chaqam bilan sog‘-salomat yashasam, deydi. Biz xalqimizning ana shunday orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ikkita masalaga, ya’ni ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga katta e’tibor qaratayapmiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Bu borada, albatta, ulkan ishlar amalga oshirildi. Uchastka profilaktika inspektorlariga xizmat mashinalari va uy-joylar ajratilmoqda. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” sifatida belgilandi. “Xavfsiz shahar” loyihalari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa yoshlar uchun ularning sog‘lom tug‘ilishidan to mustaqil hayotga qadam qo‘ygunicha barcha zarur sharoitlar yaratib berilayotgani e’tibor loyiq. Davlat rahbari BMT Bosh assambleyasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan sessiyasida Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya ishlab chiqish tashabbusini ilgari surgani bu boradagi yanada bir muhim qadam bo‘ldi.
Joriy yilda boshqa muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qatorida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuzilib, barcha davlat organlari va mahallalarda yoshlar masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimlari tashkil etildi.
Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning eng olijanob qadriyati hisoblanadi. Shu ma’noda, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini jonlantirish, xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini oshirish, ularning mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirish, hayotiy manfaatlarini ta’minlash masalalari davlatimizning doimiy e’tiborida turibdi.
Shu bilan birga sog‘liqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar ro‘y berdi. Dori-darmon ta’minoti, tez tibbiy yordam, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan yaxshilash, hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muhim vazifalar amalga oshirildi. Qishloq vrachlik punktlari negizida 800 ga yaqin oilaviy poliklinika, 400 dan ortiq tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etildi. Qishloqda ishlaydigan 700 ga yaqin shifokor xizmat uylari bilan ta’minlandi
Xorijdagi nufuzli klinikalarda ishlayotgan 60 ga yaqin o‘zbekistonlik malakali shifokor yurtimizga olib kelinib, qulay sharoit bilan ta’minlandi. Ular aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilmoqda. Shuningdek, xorijdagi yirik tibbiyot maskanlarining shifokorlari O‘zbekistonga kelib, murakkab operatsiyalarni amalga oshirmoqda.

Download 94.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling