Mustaqil ish mavzu: Shavkat mirziyoyev O'zbekistonning novator rahbari mavzusida slayd va maruzalar matni tayyorlab ber


Hududlarda poytaxtdagi ixtisoslashgan tibbiy markazlarning filiallari tashkil etildi. Patronaj va skrining masalasiga eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda


Download 94.44 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi94.44 Kb.
#1828923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu Shavkat mirziyoyev O\'zbekistonning novator r

Hududlarda poytaxtdagi ixtisoslashgan tibbiy markazlarning filiallari tashkil etildi. Patronaj va skrining masalasiga eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.
Shahar va qishloqlarda yangi loyihalar asosida zamonaviy, arzon uy-joylar qurilayotgani tahsinga loyiqdir. Joriy yilda shaharlarda 191 ta ko‘p qavatli, qishloq joylarda yangilangan namunadagi 24 mingta uy-joy barpo etildi. Natijada 33 mingdan ziyod oila, jumladan, 7 ming yosh oila yangi uy-joyga ega bo‘ldi.
Prezident iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish mavzuiga to‘xtalib, o‘nlab yangi sanoat korxonalari bunyod etilayotgani, valyuta bozori liberallashtirilib, so‘mning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, bu sohani jadal rivojlantirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar tufayli yurtimizda yangi-yangi sanoat korxonalari, xizmat va servis shoxobchalari tashkil etilmoqda, eng muhimi, minglab odamlar ish bilan ta’minlanmoqda.
Bu yilgi mavsumda murakkab iqlim sharoiti, ob-havo injiqliklariga qaramasdan, mirishkor dehqon va fermerlarimiz ulkan g‘alla va paxta xirmonlarini ko‘tarib, barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev shuni ta’kidlar ekan, bu yil yurtimizda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilingani, shu kunlarda barcha viloyat va tumanlarda ana shu sana hosil bayrami sifatida keng nishonlanayotganini qayd etdi.
Ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbari ushbu sohalar vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ular oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qildi. Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratildi. Yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani bu borada muhim yangilik bo‘ldi.
Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Keyingi bir yilda yuz bergan va yaqqol ko‘zga tashlanadigan yana bir voqea – uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Chegara masalalarida tarixiy kelishuvlarga erishildi. Yurtimizdagi millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat muhiti mustahkamlandi.
Prezident 2017 yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, xalq bilan bamaslahat ish olib borgan odam ham, davlat ham hech qachon kam bo‘lmasligiga, har qanday qiyinchiliklarni yengib, o‘zining ezgu maqsad-muddaolariga albatta erishishiga barchamiz kundalik hayotimizda ishonch hosil qilayotganimizni alohida ta’kidladi.

Download 94.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling