Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish loyihalar tayyorlash


Download 1.71 Mb.
bet1/6
Sana08.09.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1674116
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ELEKTRON ASBOBLARNI ZAMONAVIY ELEMENT BAZASI ASOSIDA BOSMA PLATALARDA YARATISH LOYIHALAR TAYYORLASH



ELEKTRON ASBOBLARNI ZAMONAVIY ELEMENT BAZASI ASOSIDA BOSMA PLATALARDA YARATISH LOYIHALAR TAYYORLASH
Reja:
Kirish…………………………………………………………………………3
I.bob. Elektron asboblar tizimi va elektr qurilmalarining konstruktorlash asoslari………………………………………………………………………..4
1.1. Konstruktsiyalash jarayonini asoslari………………………………….…4
1.2. RET konstruktsiyalarini standartlashtirish………………………………10
II bob. Bosma platalarni tayyorlash usullari va konstruktsiyalari………15
2.1. Bosma plataning ( klassifikatsiyasi ) turlari……………………………..15
2.2. BP tayyorlash usullari…………………………………………………...23
Xulosa…………………………………………………………………….....29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………31

Kirish
Elektron qurilmalar, xozirgi zamonaviy, turli sohalar uchun mo’ljallangan, elektron apparatlarning asosiy qismlari bo’lib hisoblanadi. Elektron qurilmalar konstruktsiyasi va ularning ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlanishining ilg’or o’sish templari,montaj ishlarining zichligi va ishonchliyligini oshishi, o’z navbatida elektron qurilmalarni ishlab chiqarish konstruktsiyalariga va texnologik jarayonlarga yuqori talablar qo’ymoqda. Darslikda, elektron qurilmalarning konstruktsiyasiga va texnologiyalarga chet el standartlari hamda ba’zi bir texnologik qurilmalar na’munalariga xarakteristikalar keltirilgan, chunki ular, texnologik qurilmalar va materiallar, konstruktsiyalash jarayonining xarakteristikasini, ishonchliyligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish texnologiyasining boshlang’ich bilimlarini bilish, konstruktsiyalash jarayonida,bosma platalar parametrlarini aniqlab berishda zarur bo’lib hisoblanadi.
Texnologik jixatidan mahsulotni konstruktsiyalash etapi jarayo nida, uning ishonchliyligini baholash, ishlab chiqilgan elektron mahsulotni raqobat bardoshligini yuzaga keltiradi.Bosma platalar ishlab chiqarish korxonasining texnologik jixatidan o’ziga xosliy ligini bilmasdan turib, qisqa vaqt ichida mahsulotni puxta va mukammal loyihalash mumkin emas. Bundan tashqari darslikda bizning elektron sanoatimizda mavjud bo’lgan ba’zi bir muammolar,masalan montaj platalarini kovsharlashning qo’rg’oshinsiz texnologiyaga o’tishi analiz qilingan. Ushbu kitobning, shu tema bo’yicha boshqa kitoblardan printsipial farqi, darslikda elektron qurilmalarning konstruktsiyasi masalasi, ularning yaratilish texnologiyasi va materiallarni tanlash masalalari bir vaqitning o’zida ko’rib o’tilgan. 2005 yilda, Rossiyada bosma platalarni loyihalash va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari to’g’risida bir necha kitoblar monografiyalar bosib chiqildi.Bular dan, E.V.Pirogovaning “ Bosma platalarni ishlab chiqarishni loyihalash texnologiyasi”va A.M.Medvedevning “Bosma platalar”, “Konstruktsiya va materiallar”hamda “Bosma platalarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kitoblari ko’pgina soha xodimlari uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, bunda aralashmalar tayyorlashning texnologiyasi va rejimlari keltirilgan.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling