Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish loyihalar tayyorlash
I.bob. Elektron asboblar tizimi va elektr qurilmalarining konstruktorlash asoslari
Download 1.71 Mb.
|
ELEKTRON ASBOBLARNI ZAMONAVIY ELEMENT BAZASI ASOSIDA BOSMA PLATALARDA YARATISH LOYIHALAR TAYYORLASH
I.bob. Elektron asboblar tizimi va elektr qurilmalarining konstruktorlash asoslari
1.1. Konstruktsiyalash jarayonini asoslari Konstruktsiyalash jarayoni, radioelektron tizim (RET) vositalarni loyihalashning asosiy qismidir, uning asosiy maqsadi hamma ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan kompromis echimlarni amalda tadbiq qilishdir. RETni yaratishda, turli korxonalar va bo’linmalar ishtirok etadi.Tashkilotlar asosan buyurtmachi, baja- ruvchi hamda qo’shma bajaruvchi korxonalardan tashkil topadi. Buyurtmachi, ishlab chiqariladigan RET ga ta’luqli texnik talab larni shakillantiradi va ishlab chiqilgan mahsulotni qabul qilib oladi. RETishlab chiqarish uchun, yaratilgan texnik talab (TT) mahsulotning ko’rsatgichlarini aniqlaydi ( quvvati, sezgirligi, aniqlayolish imkoniyati va boshqalar) hamda konstruktiv tuzilishi talablarni, o’z ichiga oladi: tashkil topgan qismlar ro’yxati, asosiy qismlar soni va ishlatilish o’rni, gabariti, o’rnatish va o’zaro bog’lash o’lchamlari, qismlarning o’rindoshlik bo’yicha talablari, unifikatsiya, tipizatsiya va standartizatsiya. Bundan tashqari (TT) ga, atrof muhitni muhofaza qilish, turli shovqinlardan saqlanish, zahira qismlar tarkibi, ish hafsizligi, erganomika va estetika,ekspluatattsiya sharoitlari (ob’ektni jylashtirishga, klimatik sharoitlarga, mexanik, radiatsion va biologik ta’sirlarga,xizmat ko’rsatish tartibiga,xizmat ko’rsatuvchi xodimning kvalifikatsiyasiga va boshqalar) kiradi. (TT)- texnik talab asosida, bajaruvchi texnik topshiriq ishlab chiqadi, unda ekanomik,ishlab chiqarish va boshqa talablar, ishlab chiqarish va mahsulotni qabul qilib olish tartibi ko’rsatiladi. Qo’shma korxona, bajaruvchining qisman masalalarni echishda yordam beradi: yangi materiallarni ishlab chiqish va texnologik jarayonning elementlari , qismlarini etkazib berish, o’lchash usullari yoki sinov ishlarini olib borish, ergonomika talablariga javob berish va boshqa ishlarni amalga oshiradi. RET konstruktsiyasini loyiha lashda, turli turdagi qo’shma korxonalar, turli darajada ishtirok etadilar: - sxemotexnik ishlar (RET tuzilish strukturasini aniqlash,er usti va bort qismlarga ajratish); - sxemotexnik ishlar (sxemani ishlab chiqish, qism va bo’laklarga bo’lish); - konstruktorlik ishlari ( umumiy joylashtirish, konstruk torlik xujjatlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni nazorat qilish); - texnologik jarayonlar (ishlab chiqarish ketma - ketligini o’rnatish, rejim jarayonini ishlab chiqish, ishlab chiqarishni tayyorlash); - ishonchliylik ( strukturaviy va informatsion ma’lumotlarning to’liqligi bo’yicha takliflar, sinov ishlarini olib borish); - ta’minot ishlari (materiallar ta’miniti,mahsulotlarni sotib olish); - patent ishlari; - avtomatlashtirilgan konstruktorlik loyiha ishlari va bosh. Hamma bajaruvchi korxonalar ishchilari, turli soha mutahasisla ridan iborat bo’lib, ishlab chiqarish, korxona ishining kordinatsiyasi, tasdiqlagan kalendar plan va ish grafigi asosida olib boriladi. Ishlab chiqariladigan RET lar parametrlariga bo’lgan talablar, ko’pincha qarama –qarshi bo’lganligiga ko’ra, (masalan, tan narxining arzonligi va yuqori darajada ishonchliyligi), yangi ishlab chiqariladigan mahsulot to’g’risidagi boshlang’ich ma’lumotlar etarli darajada to’liq bo’lmaganligi, ba’zan bajaruvchilar tomonidan, ish jarayonida yo’l qo’yilgan xatoliklar sababli, RETni kons- truktsiyalarini ishlab chiqarish, bir necha etapda (kamida ikki martta): ilmiy tadqiqot ishlari - (ITI) va tajriba konstruktorlik ishlari - (TKI) olib boriladi. Bunday ishlar natijasida, sekin – as ta qabul qilingan echimlarga, aniqlik kiritiladi va optimal echimga kelinadi. Bundan so’ng, yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar bartaraf etiladi. Xatoliklarning manbai bo’lib, xodimlarning etarli darajada kvalifikatsiyaga ega emasliklari, ma’lumotlarning etarli emasligi, ishchilarning mahsulotni topshirish muddati yaqinlashishi bilan, o’ta charchaganliklari natijasida kelib chiqadi.RET ishlab chiqarishning o’ziga xosligi shundan iboratki, turli soha mutahasislari, bir –birlari bilan ishlab chiqarishni boshidan boshlab, o’zaro muloqatda bo’ladi . Ilmiy tadqiqot ishlari - (ITI) ni olib borishning asosiy bosqichlari: 1) rejadan oldingi, patent qidiruv ishlarini olib borish; 2) texnik topshiriq - (TT) ni ish beruvchi bilan kelishgan xolda ishlab chiqish, ITI ni davlat ro’yxatidan o’tkazish; 3) tayyorlash etapi – ilmiy tadqiqot ishlarining yo’nalishini tanlash, ITI larining asosiy qismini, texnik topshiriqlarini, ish beruvchi bilan kelishgan xolda tasdiqlash; 4) asosiy qism – nazariy va eksperimental tadqiqotlar (nazariy qidiruv, hisoblash, matematik modelashtirish ishlarini bajarish), tadqiqot ishlari natijalarini qayta ishlash, texnik xujjatlarni tuzish va shakillantirish. 5) yakuniy etap – olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini baholash (texnik karta darajasini tuzish, o’tkazilgan ITI ning sifati va to’liqligini baholash, bajarilgan ishlarni topshirish uchun tayyorlash); 6) ITI qabul qilish, TKI- tajriba konstruktorlik ishlarini o’tkazish uchun qo’yilgan masalani muxokama qilish va muvofiqlashtirish, ITI ni davlat tomonidan ro’yxatdan o’tkazish. Tajriba konstruktorlik ishlar (TKI) etaplari: 1. (TT) - texnik topshiriq, texnik taklif, loyixaning eskizi, texnik loyixa, ishchi xujjatlarni ishlab chiqish; 2. texnik topshiriq (TT)- ish beruvchining texnik talablariga ko’ra bajaruvchi tomonidan tuziladi. Bu(TT) da ekonomik va ishlab chiqarish talablarining xajmi kam bo’ladi, (TT) ga nisbatan, texnik talablar esa to’liq keltirilad; 3. texnik taklif – ishlab chiqarish etaplari asosida, bajaruvchi tomonidan, REQ printsipial yaratish imkoniyati, berilgan (TT) harakteristikalarga binoan asoslanadi, Bu etapda, turli korxonalar uchun alohida (TT) ni qismlari tuziladi, texnik hisobot shakillantiriladi, ba’zan konstruktorlik xujjatlar bajariladi; 4. texnik loyixa – bu konstruktorlik xujjatlarning yig’indisi bo’lib, o’zida oxirgi texnik echimlarni va ishlab chiqariladigan maxsulot to’g’risidagi to’la texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishchi xujjatlardan iborat; 5. ishchi xujjatlar – bu konstruktorlik xujjatlarning yig’indisi bo’lib, ishlab chiqariladigan mahsulotning na’muna viy, tajribaviy sinov uchun mo’ljallangan, o’rnatilgan seriya va seriyali na’muna. Ishlab chiqarish korxonasi sinovidan o’t- gan, na’munaviy nusxaning konstruktorlik xujjatlariga “O” liter darajasi, davlat, korxonalararo, qabul va boshqa sinovlardan o’tganidan so’ng “O1” liter hamda qayta sinovlar dan o’tgandan keyin – “O2”, “O3” literlari beriladi va boshq. O’rnatilgan seriya mahsulotlari uchun “U”, o’rnatilgan seriya ning sinovdan keyingi xujjatlari uchun esa –“A” liter dara jasi beriladi. Sinovdan o’tgan konstruktorlik xujjatlari ga tuzatishlar kiritilgandan so’ng “B” literi darajasi beri ladi, bu esa o’z navbatida mahsulotni seriyali yoki yalpi ishlab chiqarish uchun ruxsat beradi. Bir marttalik mahsulotni ishlab chiqarish uchun esa, xujjatlarga “I”- literi beriladi; 6. ishlab chiqarish muddatiga qarab, bajaruvchining kvalifika tsiyasiga qarab, o’ziga o’xshash turlarining bor yoki yo’qligiga qarab va asosiy konstruktsiyani, ish beruvchi bilan kelishgan xolda, ba’zi etaplarini bir - biriga qo’shgan xolda olib borish , bu hammasi TT da ko’rsatilgan bo’lishi kerak; 7. konstruktorlik xujjatlari (tekstli va grafik shakil dagi) proektning eskiz etapidan boshlab ishlab chiqiladi. Har bir etapda, albatta majburiy konstruktorlik xujjatlari va ish beruvchining xoxishiga qarab, ishlab chiqilgan xujjatlar mavjud bo’ladi. Xuj -jatlarning ro’yxati u yoki bu etap uchun xujjatlar komplekti deb yuritiladi. Konstuktorlik xujjat lar komplektini, mahsulot turi komplektidan (jadval- 1.1.) farqini bilish kerak. Bir mahsulotni yig’ish xujjatlari, konstruktorlik mahsulotlari ichida , eng ko’p sonli xujjatlarni o’z ichiga oladi, ishlab chiqarish mahsuloti komp- pleksi xujjatlari xajmi, xujjatlar sonini eng ko’pini tashkil etadi. Asos konstruktsiyalari, RET komponentalarini joylashtirish uchun va real sharoitda ularning funktsional ekspluatattsiyasini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Asos konstruktsiyalaridan foydalanish, elementlarni joylashtirishni, issiqlikni o’tkazishni, ekranlashni va erga ulanishni, shu bilan birga ularning ishonchliyligini, tarkibiy qismlarni texnologiyasini yaxshilaydi. Standartlash ob’ektining eng asosiy qismini bo’lib, RETning konstruktsion tizimlari hisoblanadi. Ular, konstruktsiyaning asos bazaviy tarkibiy qismlari bo’lib, ma’lum tartibda, bir – biri bilan uzviy bir modul va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’langan bo’ladi. Ular, RET ning optimal joylashtirish tizimini yaratish uchun, qurilmaning ish funktsiyasini, mexanik, issiqlik faktor larini hamda tamirlash qobiliyati talablarga xizmat qiladi. RET larning ko’pgina konstruktsion tizimlari mavjud bo’lib, ular turli xil apparatlar uchun mo’ljallangan. Ko’pgina davlatlarning qator konstruktsion tizimlari mavjud bo’lib, bu konstruktsion tizmlar, turli boshqarma korxonalarida, turli vaqitda vujudga kelgan va ular turli son va qatorlar nomlari bilan berilgan: - element (ERE, IS, bog’lovchi va bosh.); - plata (yacheyka, korpus bo’laklari, almashtirish uchun mo’ljal langan element); - blok (kasseta, karkas, ustki qatlam, komplektlash korpusi, panel); - shkaf (turgazgich, tumba, pult, stol, kompleksli blok). - Eski atamalar, oldingi chop etilgan texnik adabiyotlarda qolib ketgan, masalan: - korpus bo’laklari – asosiy konstruktsiya (1.1. rasm), plata shaklidagi tashuvchi elementlarning asosiy konstruktsiyasi, oldingi panel yoki sterjenlar, komponentlarni joylashtirish uchun mo’ljallangna plata va boshqa mahsulotlar. - Komplektli korpus - asosiy konstruktsiyani (1.2. rasm) tashkil etuvchi elementlar, yon devor va sterjen shaklida, oldingi va orqa balka va ramkalarni bog’lovchi, platalar joylashishi uchun mo’ljallangan korpus qismi va boshqa mahsulotlar; - Kompleksli korpus (1.3. rasm) -asosiy konstruktsiya, komplektli korpuslarni texnik talablar asosida joylashtirish uchun, shkaf shaklida, stol yoki tumba shaklida ishlab chiqariladi. - Ustki qoplama – konstruktsiya (1.4. rasm ) bo’lib, yon devorlari shaklida, o’tkazuvchan elementlar bilan, plata, yacheykalarni joylashtirish uchun maxsus bog’langan tomlar yaratilgan. REA larning konstruktsion tzimlari va ularning yiriklashuv darajasi xarakteri, metrik o’lchov birligidan foydalanilganda, birlik modul asosida -2.5mm bo’ladi, dyumli o’lchov tizimida – 2.54 mm, ruxsat etilgan tarqalayotgan quvvati, o’lchamlari, massasi, mexanik mustahkamligi, klimatik tomondan muhofaza etilganligi, elektr bog’lagichlarning konstruktsiyasi, dunyo standartlariga mos kelishi, tan narxi va bosh. Konstpuktsion tizim parametrlari, ko’pincha sohaviy standartlarda keltirilgan. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling