Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish loyihalar tayyorlash
IM- integral mikrosxemalar korpuslarining konstruktsiyasi
Download 1.71 Mb.
|
ELEKTRON ASBOBLARNI ZAMONAVIY ELEMENT BAZASI ASOSIDA BOSMA PLATALARDA YARATISH LOYIHALAR TAYYORLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. RET konstruktsiyalarini standartlashtirish
IM- integral mikrosxemalar korpuslarining konstruktsiyasi
Konstruktsion tizmlar parametrlari, RETlarda ko’p darajada ishlatiladigan, nul darajadagi modullardagi elementlar (IS, ERE) turlari va parametrlari orqali aniqlanadi. Shuning uchun standartlashtirishda, boshqa zarur ob’ektlardan bo’lib, IS korpuslari konstruktsiyasi hisoblanadi. Elementlar korpusli va koropussiz elementlarga, shu bilan birga tashuvchilar (plenkali, keramikali, polimerlilarga) bo’linadi. Korpusli elementlar asosan germetik bo’lmagan konstruktsiyalarda ishlatiladi. Ularning avzalliklari, IS elementlarini ishlash stabilliyligini, buzuvchi faktorlardan himoyalanganligida bo’lib, kamchiligi esa, gabarit o’lchamlarini, massa va narxining oshishi, korpusga bog’liqligi va yig’ish ishlarini qiyinlash, issiqlik o’tkazishining va shu bilan birga, elektrik parametrlarini yomonlashuvi (chiqish simlarining uzunligi o’sishi, ularning qarshiliklari va induktivligi, chiqish yo’llaridagi o’zaro sig’imni oshishidadir). Ammo, korpusli ISni ishlatishda, stabilliylikni buzuvchi RET ning, boshqa elementlarining (bosma platalarning o’tkazgichlari,elektr bog’lagichlar, va bosh.) ta’sir etuvchi faktorlaridan himoyalanishi kerak bo’ladi. ISlar korpuslarining besh turdagilaridan foydalaniladi. 1.2. RET konstruktsiyalarini standartlashtirish RET ishlab chiqarishda, uning sifati va texnik darajasini boshqarish tizimida, standartlash zarur qism bo’lib xizmat qiladi. Xalq xo’jaligini intensiv usullardan foydalanishga o’tkazishda, ilmiy – texnik rivojlanish jarayonini tempini oshirishda, REQ ishlab chiqarishda uning konstruktsiyasini vaqt o’tishi bilan eskirishi jarayonini qisqartirish (insonlar uchun mo’ljallangan qurilmalar 6...8 yil, texnologik qurilmalar uchun 4...5 yil, mahsus ishlab chiqilgan mahsulotlar uchun 2...3 yil), standartlash, mahsulot ishlab chiqarishning konstruktsiyalash muddati va bir vaqitning o’zida mahsulotning konstruktsiya sifatini yaxshilashda, standartlashtirish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining aniq ma’lumotiga ko’ra, standartlash – bu, qiziqishi bor tomon foydasiga, o’rtadagi faoliyatni tartibga solish, qonunlashtirish, umumiy, optimal ekonomik xolatga erishish, hafsizlik va funktsional sharoitlarga rioya qilish jarayonini o’rnatishdir. Bu jarayon, ilm- fan, texnika yutuqlari asosiga, praktik salohiyatga, rivojlanish jarayoni bilan bog’liq, xozirgi va kelajakning asosini aniqlaydi. Bunday aniqlik, o’zida standartlashtirish funktsiyasini ko’p qismini, tartib lashtirish uchun yo’naltirilgan faoliyatni, o’rnatilgan qonunlarga rioya qilishini o’zida aks ettiradi. Standartlashtirish masalalari: 8. Standartlarni, yangi texnikani tadbiq etish vositasiga aylantirish; 9. xomashyo, materiallar va tayyyor mahsulotlar sifatini yaxshilash; 10.ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini, mahsulot ishlab chiqarishning texnik darajasini boshqarishga standartlashni qo’llash; 11.sohalararo yirik standartlar tizmini yaratish, xalq xo’jali gining turli sohalarida, optimal sharoitlarni ta’minlovchi murakkab ishlarni amalga oshirish. Standartlashtirish shakillari: kompleks, ilg’or va sohalar aro tizmni standartlash. Standartlash bo’yicha doimiy komissiyaning aniqlashiga ko’ra, kompleks standartlashda, standartlash ob’ektiga nisbatan, maqsadli va rejali planlashtirish va o’zaro bog’liq talablarni va uning asosiy elementlarini, konkrent muammoni, optimal echimini ta’minlashga mo’ljallangan. Bunda, standartlashga nafaqat ishlab chiqarish ob’ekti (uning konstruktsiyasi tuzilishi), balki materiallar, yarim tayyor mhsulotlar, qurilmani bezagi va texnologik jarayonlar kiradi. Standartlashning ilg’or xarakteriga, standartlar ishlab chiqarish orqali erishiladi, hali loyixalashtirilmagan, tadqiq etilmagan va seriyali ishlab chiqilmagan mahsulot uchun, bunda asosiy e’tibor, ilg’or sandartni tashkil etishga qaratiladi. Buning uchun, uni ishlab chiqarish bilan birga tadqiq qilish to’g’risida, direktiv xujjatlar tayyorlanadi, texnik – tashkiliy tadbirlarning rejasi, standart tadbiq qilinadigan korxonalar ro’yxati tuziladi. Nazorat, sohaning asosiy va bosh boshqarmasi hamda O’z. R. Davlat standarti tomonidan olib boriladi. Standartni korxonaga tadbiq etilishi uchun, o’rnatilgan norma va talablar, qoidalar amaldagi texnik xujjatlarda o’z aksini topgan bo’lsa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’la standart talablariga javob bergan xolatdagina,korxonaga tadbiq etilgan deb hisoblanadi. Standartlash yo’nalishi, mahsulot ishlab chiqarishning na’munaviy turidan, seriyali ishlab chiqarish turiga o’tishida, ishlab chiqarish ob’ektidan, ishlab chiqarish qurilmalarni texnologik jixozlar ta’minoti, texnologik jarayonni standartlash tomon siljiydi. Sohalararo standartlash keng qo’llanib kelinadi. Bunga misol sifatida, standartlashda, standartlash printsiplarini amalga oshirishdir: Davlat standarti tizimi, tuzilgan bo’lib, o’zaro bog’langan standartlar kompleksini namoyon etadi. Bundan tashqari qator, katta sohalararo tizimlar mavjud: 12.konstruktorlik xujjatlarining birlik tizimi - (KXBT); 13.texnologik xujjatlarning birlik tizimi – (TXBT); 14.ishlab chiqish tizimi va mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish (ITMIQ) va bosh. 15.loyihalashni avtomatlashtirishda, standartlar tizimi va bosh. Xozirgi kunda, standartlashning ko’pgina soni mavjud bo’lib, ularning shakli, bir necha gurux faktlarga bog’liq: 16.standart talablarining bajarilish usullari – normalarni o’zida aks ettiruvchi, bajarilishi kerak bo’lgan talablar, asosiy birliklar yoki fizik konstantalar (amper, absolyut nul tempera turasi), fizik taqqoslashga (metr); 17.xalq xo’jaligi sohalarini o’z ichiga qamrab oluvchi masshtabga ega bo’lgan standart kategoriyasi: davlat standarti, soha standarti, korxona standarti, respublika standarti, xalqari standart; 18.ko’rsatilgan mahsulot uchun mo’ljallangan standart turi: texnik sharoitlar, parametrlar (o’lchamlari, kuchlanish va bosh.), materiallar markasi, belgilangan sortlar, sinash usullari, qabul qilish qonunlari, tipik texnologik jarayon va bosh; 19.metodik xolatlariga qarab standart shakli: 20.tashkili metodik, umumtexnikaviy, loyixa–konstruktorlik texnik-ishlab chiqarishga bo’linadi. Loyihalashda, o’ziga bajarilishi kerak bo’lgan normalarni (talablarni) olgan standartlardan xujjatlar shaklida foydalaniladi. Xalq xo’jaligi sohalarini o’z ichigi qamrab olgan mahsulotlardagi standartlarni ko’rib chiqamiz. Davlat standartlari O’Z.R (DST), ko’p miqdordagi yoki seriyali ishlab chiqarish mahsulotlari uchun o’rnatiladi: sohalararo qo’llanilish imkoniyati bor bo’lgan mahsulot uchun. DTS ishlab chiqariladigan RETning konstruktiv parametrlariga, ularning mexanik, klimatik, radiatsion ta’sirlarga chidamliyligiga bo’lgan talablarni o’rnatadi hamda ishlatiladigan terminlarni aniqlaydi. Sohalarning standartlari (SST) - bu davlat ob’ekti bo’lmagan mahsulotlar uchun o’rnatilgan standart bo’lib – normalar, qoidalar, talablar, tushuncha va tafsilotlar, reglamentlash, ya’ni soha bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotning optimal sifatini ta’minlash uchun, ishlab chiqarishni tartibli olib borish, ishlab – chiqarish texnikasi faoliyatini kordinatsiyasini ta’minlash uchun o’rnatilgan. Soha standartlari, (ishlab chiqarish nomenklaturasini, o’lcham va turlar normalar, talablarni chegaralashi) yoki soha bo’yicha ,ishlab chiqarishga davlat standartini qo’llashi mumkin, imkon qadar davlat standartlari tomonidan o’rnatiggan sifat va ekspluatattsion ko’rsatgilarni kamaytirmaslikni talab qiladi. Soha standartlari ob’ektlariga quyidagilar kiradi: qo’llanilish darajasi chegaralan gan mahsulotlar, xom ashyo materiallar, soha ichida ishlatiluvchi, yarim tayyor materiallar, xalq istemoli, tovarlarining ma’lum tur lari. Soha standartlari tomonidan, RET larning ko’pgina konstruk tsion tizimlari va elementlarning o’lchamlari aniqlanadi. Respublika standartlari (RST), O’z.R.ning Davlat standartlash qo’mitasi tomonidan va vazirliklar va boshqarmalar tomonidan, xalq iste’moli uchun ko’rsatilgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Standartlash ob’ektlari bo’lib, korxonalarda mahsulotning detallari, qismlari va agregatlari, ishlab chiqarishni chegaralash va ishlab chiqarishni boshqarish normalari, texnologik normalar va talablar, hisoblash usullari, na’munaviy texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish qurollari bilan ta’minot va boshqalar kiradi. Korxona standartlari, chegaralangan yoki rivojlangan xarakterga ega bo’ladi, davlat, soha bo’yicha, respublika standartlariga korxonaning xususiyatiga xos bo’lgan sharoitda, bu esa o’z navbatida mahsulotning ko’rsatgichlari darajasi o’rnatilgan davlat, soha va respublika standartlariga bo’lgan talabni kamaytirmaydi. Respublika standartlari (RST), xalq xo’jaligi iste’mol tovarlariga ham o’rnatiladi. RET ning mahsus turlarini konstruktsiya qilishda, RST ishlatilmaydi. Standartlashtirishda, davlatlararo hamkorlikda ishlash, katta ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishning effektivligini oshirish, aholining talablarini qondirish, mahsulot sifati ko’rsatgichlarini jaxon tallablari darajasiga ko’tarishda muhim ahamiyatga ega. RET ishlab chiqarishning jaxon standartlari ob’ektlariga, atama va aniqliklar, materiallar uchun, apparatlarga, elementlarga (IS larni bog’lovchilar va bosh.) teleboshqaruv, ma’lumotlarni yozuv va o’qish, avtomatlashtirish va o’lchov vositalariga bo’lgan talablar va boshqalar. Standartlashtirishda alohida e’tibor, standartlashtirishda boshqaruvga, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etishga qaratilgan (ABT, ABT IT) bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotni dunyoning eng ilg’or darajadagi na’munalar qatorida bo’lishini ta’minlashdir. Bu masalani ijobiy xal qilish uchun, standartlashtirish tizimni ham takomillashtirish kerak bo’ladi. Konstruktorlik xujjatlarga detsimal nomerlar berish tizimi, noqulay bo’lib, ular mahsulotning geometrik xolatlariga qarab tuzilgan bo’ladi va mahsulotning funktsional ishi hisobga olinmagan. Shuning uchun, xo’jalik ishlarida foydalaniladigan, RET va mahsus RET platalarining detsimal nomeri bir xil bo’ladi, ammo ularning texnologik xarakteristikalari har xil bo’ladi. Bu, o’z navbatida ishlab chiqarish texnologiyasini ABT-avtomatik usulda boshqarishni qiyinlash tiradi. Xozirgi kunda, DSTlarning soni 20000 dan ortiq bo’lib, ishlab chiqarishning texnologik standartlari - ITS va umumiy standartlar soni esa undan ham ortiqligi sababli, mahsulot konstruktsiyalarini ishlab chiqarish va nazorati uchun, kerakli ma’lumotlarni standart talablari asosida, qidirish ishlarini qiyinlashtiradi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning texnik darajasi, sifati ichki va tashqi jaxon bozorida oshib bormrqda, shu ning uchun ham standartlarga yangi o’zgarishlar kiritib turiladi. Hamma o’zgarishlar mahsus davriy bosmalarda -O’z. DTSda o’z aksini topadi bularga quyidagilar kiradi: 21.O’zRDS- O’z davlat standartlari ko’rsatgichi (yil bosma); 22.Sohalar bo’yicha va respublika standartlari ko’rsatgichi (yil bos); 23.Informatsion ko’rsatgich O’zRDS (har oylik bosma); 24.Sohalar bo’yicha va respublika standartlarining informatsion ko’rsatgichi (har oyda ikki martta chiqadi). 25.Texnik sharoitlar bo’yicha informatsion ko’rsatgich (har oylik bosma). Ko’rsatgichlarda, joriy yilda harakatdagi standartlarning nomi va raqam soni. Hamma o’zgarishlar, informatsion ko’rsatgichlarida aks ettiriladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling