Asliy va nisbiy sifatlar.
Narsalarning belgisini bevosita, to‘g’ridan-to‘g’ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni -roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan ) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b.
Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o‘rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko‘pincha daraja ko‘rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan bo‘ladi: sharsimon, yozgi, uydagi, oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |