Sifat so’z turkumi mehribon va rahmli Alloh nomi ila!
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
SIFAT SO\'Z TURKUMI HAMID QURBONBOYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifatning asosan 6 ta ma’no turi bor . 1
SIFAT SO’Z TURKUMI Mehribon va rahmli Alloh nomi ila! Sifat –otning belgisini bildiradi . Ha ,otning belgisini bildiradi ,belgini emas ,aynan,otning belgisini bildiradi . Morfologiyada belgini bildiradigan asosan 2 ta so’z turkumi bor . Sifat –otning belgisini bildiradi . Ravish –fe’lning belgisini bildiradi . Sifat va ravishning o’xshash tomoni nima ? Qanday ? –degan so’roq har ikkalasida ham bor . Demak ,boshlang’ich sinf o’qituvchilarimiz o’rgatishganidek qanday ?- so’rog’iga javob bo’lgan hamma so’zlar ham Sifat emas ekan . qizil-qanday ? astoydil –qanday ? Sifat va ravishning farqli jihati : sifat har doim otga bog’lanadi ; ravish ko’proq fe’lga bog’lanadi . Qizil gul ( otga bog’lanyapti ) Astoydil ishladi ( fe’lga bog’lanyapti ) Yana sifatdosh va ravishdosh degan fe’lning bolalari ham bor . Ular ham qanday? –so’rog’iga javob bo’lib belgini bildiradi . Bular haqida fe’l mavzusida batafsil to’xtalamiz Sifatning asosan 6 ta ma’no turi bor . 1 Rang tus- oq, qizil ( Rang-barang , rang-ruxsor , rang-ro’y , rang-qut –degan so’zlar ham bor ) Rang so’zi ham shakldosh so’z : Rang I-bo’yash uchun ishlatiladigan modda ; Rang II-qiyoqqa o’xshash yovvoyi o’simlik ; Rang II-unvon ,rutba darajasi , Birinchi rang kapitani 2 Maza ta’m –yoqimli his tuyg’u ,totib yoki yalab ko’rib bilinadigan xususiyat ,maza-tot sezuvchi azolarga ta’siridan uyg’onadigan tuyg’u . Achichiq ta’m ,shirin ta’m 3. Hid- xushbo’y, badbo’y, qo’lansa. Har bir narsa va moddaning kishilarning is bilish sezgilariga ta’sir etadigan xossasi , bo’y , is . Hidi bor narsa .Yoqimli hid,yoqimisz hid . Kabob hidi ,handalak hidi ,zira hidi ,piyoz dog’ hidi .Har gulning hidi boshqa ( maqol ) 4. Hajm o’lchovi- keng, tor, uzun, katta, og’r. Miqdor ,o’lchov ,shakl . Biror jismning bo’y en va balandligi jihatidan katta kichikligi , 5 Makon –zamon ( Paytning p’ringa yoki vaqtga ko’ra munosabatini bildiruvchi) – yozgi, qishki, ichki, bahorgi, devoniy. 6. Xususiyat - kamtarin, mug’ombir, sodda, sho’x. O’ziga xoslik ,alohidalik ,ayrimlik ,biror narsa yoki kimsaning o’ziga xos ,boshqalardan ajralib turadigan tomoni ,o’ziga xos belgisi ,xarakterli xususiyat . O’zbek tilining o’ziga xos xususiyatllari . Testlarda asoson insonga xos xarakter xususiyatlari beriladi : Kamtar ,odobli , sho’x ,takabbur ,mannam ,qizg’anchiq, saxiy . Bundan tashaqari holat sifatlari ham bor : yangi ,eski Hamid Qurbonboyev Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling