Mustaqil ish mavzu: suv resurslaridan foydalanish yo'llari


Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish darajasi va


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1682277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUG\'ORISH VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO\'LLARI

  


3. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish darajasi va 
samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
O’zbekistonda barcha yerlar davlat yer fondini tashkil etadi, yer davlat mulki 
umumxalq boyligi hisoblanadi. 
Yer fondi deyilganda O’zbekistonning viloyat, tuman, dehqon fyermyer jamoa 
xo’jaligi, davlat xo’jaligini yer maydoni, ya’ni quruqlikdagi yer maydonlari bilan 
suv ostidagi yer maydonlari tushuniladi. 
Yer klassifikasiyasi quyidagicha belgilanish, O’zbekistondagi barcha yerlar davlat 
yeri bo’lib, uning tarkibiga quyidagi yer kategoriyalari kiradi. 
1. Qishloq xo’jalik yerlari 
2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar 
3. Shahar yerlari 
4. Davlat o’ralgan yer fondlari 
5. Davlat zahira yer fondlari 
6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar. 
Bularni alohida tavsiflab otish kyerak. 
1. Qishloq xo’jaligi yerlari, bular asosan jamoa, davlat, fyermyer, shirkat 
(koopyerativ) dehqon xo’jaligi, yordamchi xo’jaliklar, o’quv tajriba 
xo’jaliklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish maqsadida 
foydaladigan yerlardan iborat. 
2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar bular, sanoat, transport, 
kurortlar, zapovedniklar, ya’ni qO’riqxonalar, zavod va fabrikalar, davlat 
muassasalari joylashgan yerlar, tog’ konlari va boshqa maqsadlarga davlat 
ob’ektlari uchun band bo’lgan yerlardan tashkil topgan yerlar. 
3. Shahar yerlari, bular shahar tipidagi posyolkalar qurish maqsadida band 
bo’lgan yer massivlaridan tashkil topgan bo’lib, yangi uy-joy, shaharlar 
qurilishining yo’nalishi bilan bunday yerlar tyerritoriyasi yildan-yilga 
kengayib bormoqda. 
4. Davlat o’rmon yer fondlari. Bunday yerlarga O’zbekistondagi O’rmonlar va 
O’rmonchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerlar kiradi. 


5. Davlat zahira (zapas) yerlari. Bunday yerlar jamoa va davlat xo’jaliklariga, 
dehqon, fyermyer, koopyerativ (shirkat) qishloq xo’jaligi va shunga 
O’xshashlarga uzoq muddatli foydalanish uchun ajratib byeriladigan va 
yangidan davlat xo’jaliklarini tashkil etish va kO’chib kelganlarni 
joylashtirish uchun ajratiladigan, shuningdek tog’ konlari joylaridan iborat. 
6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar, bularga suv havzalari, kanallar, 
daryolar, dengizlar, gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari uchun 
band bo’lgan va ularning atrofidagi yerlar kiradi. 
Qishloq xo’jaligining rivojlanish jarayonida bir xil yerlar boshqa birxil yerlarga 
aylantirilishi mumkin, bunga yerlarning transformastiyasi deyiladi, ya’ni, quruq 
yerlarni haydab ekin yerlariga aylantirish yoki chakalakzorlarni kovlab ekin 
yerlarga aylantirish va shunga o’xshash yerlar transformastiyasi deyiladi. 
Qishloq xo’jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari deyiladi, 
bularga ekiladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik daraxtzorlar, ishga 
solinadigan qo’riqlar va o’tloqlar kiradi. Qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan 
yerlarga o’rmonlar va chakalakzorlar bilan band bo’lib turgan yerlar, kO’llar, 
ariiqlar, zovu ryoki soylar hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalarida 
foydalaniladigan yerlar kiradi. 
Shunday qilib, qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, 
undan samarali foydalanish zarur. 


Yer va suv qishloq xo’jaligining eng asosiy ishlab chiqarish vositalari ekan, 
ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur. Buning uchun quyidagi 
ko’rsatkichlardan ifodalash mumkin: 
a) Umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti (foizi). Uning darajasini aniqlash 
uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish 
mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik 
yordamida aniqlash mumkin: 
YeFK= yoki x100: 
Bunda: YeFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti, (foizi); 
FE - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; 
FME - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkich koeffisientda yoki foizda aniqlanishi mumkin. Uni aniqlash 
natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uni haqiqiy 
darajasi, ya’ni koeffisienti 1 dan yoki 100 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Bu 
ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan 
foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi bilinadi. Shundan so’ng bunday 
holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 
b) Suvdan foydalanish koeffisienti. U haqiqatda sug’orilgan maydonni shu suv 
bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. 
Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling