Mustaqil ish mavzu: suv resurslaridan foydalanish yo'llari
Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo'llari
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUG\'ORISH VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO\'LLARI
1. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo'llari
Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir. Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. a) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur. Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholiningi ehtiyojini inobatga olish kerak. Lekin shunday bo‘lganda, yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil yetish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho‘r bosgan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O‘zbekistondagi jami sug‘oriladigan yerlarning 47.8% sho‘rlanmagan, 30.8% kam sho‘rlangan, 17.2 % o‘rtacha sho‘rlangan va 4.2% kuchli sho‘rlangan yerlardir. Respublikamizdagi qishloq xo‘jalik yerlarinig meliorativ holati bo‘yicha ularning 38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon yerlardir. Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o‘tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformasiyasi ijobiy va salbiy bo‘ladi. Ijobiy transformasiya – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o‘tishga imkoni borichayo‘l qo‘ymaslik lozim. Yer islohotlarini to‘g‘ri O‘tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo‘jaliklarga berilishi kerak. Shu bilan birga, yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to‘g‘ri hal yetish talab qilinadi. Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir. Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ilg‘or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy yetish bilan bog‘liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg‘ir usulida sug‘orishda oddiy bostirib sug‘orishdan ancha afzaldir. O‘zbekiston Respublikasida suv resurslari juda cheklangan bo‘lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari hududidan keladi. O‘zbekistonda 50 daryo bo‘lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil yetadi. Ana shu irrigasiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy yetish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Masalan, paxta va bug‘doyning tezpishar va suvga chidamli navlarini joriy yetish shular jumlasidandir. Ekologik muhitni hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir yetadi. Qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv yerroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir yetadi. XULOSA Yer va suvga nisbatan davlat mulkchiligi saqlangan holda ulardan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarga uzoq muddatga hamda umrbod berilmoqda. Ulardan tO‘liq va samarali foydalanganlik darajasini ma’lum bir ko‘rsatkichlar tizimi yordamida tahlil yetish lozim. Keyingi yillarida yerlardan, suvlardan foydalanishning samaradorligi talab darajasida yemas. Sababi – yerlarning irrigatsiya-melioratsiya holati yomonlashayotganligi, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab yekish tO‘liq joriy yetilmayotganligi, sug‘orish inshootlarining ishga yaroqlilik holati pasayishi, yer va suvlardan samarali foydalanganlik uchun rag‘batlantirishning sustligidir. Kelajakda yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun tuproq unumdorligini, suvning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar O‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash zarur. Mamlakat miqyosida yer-suv monitoringi va kadastrlari talab darajasida amalga oshirilishini ta’minlash kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling