Mustaqil ish mavzu: Tadqiqot loyihasi
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Download 257.58 Kb.
|
Diyorbek mustaqil ish
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilining natijalari asosida Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar (keyingi o‘rinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlaydi. Takliflar Buyurtmachining rasmiy so‘roviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda ko‘rib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etilishi mumkin. Bunda davlat buyurtmasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning ilmiy-texnik yoki ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqilib, ma’qullangan tematik loyiha e’loni uchun taklif ushbu muassasalarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralariga taqdim etiladi. Yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalaridan olingan takliflarni umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Buyurtmachiga taqdim etadi. Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy yechimni ta’minlash talab etiladigan ehtiyojlari bo‘yicha takliflar to‘g‘ridan to‘g‘ri Buyurtmachiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar hudud iqtisodiyotining muammolarini va ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, shuningdek, hududdagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha e’loni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagi prinsiplarga rioya etiladi: ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi; fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi; iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi; loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi; ishlanmaning raqobatbardoshliligi; tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yo‘naltirilganligi; loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi; loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya); loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni shakllantirish uchun, zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan mavzu va loyiha natijasida yaratiladigan mahsulotni iqtisodiyotga kerakligi to‘g‘risida manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga so‘rov yuboriladi. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar Buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda qabul qilinadi. Takliflarni shakllantirishda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi uchun tematik ilmiy-tadqiqot bo‘yicha taklif bergan (benefitsiar) tomon javobgar bo‘ladi. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun davomida kelib tushgan takliflar yig‘ma ro‘yxatini shakllantiradi, ularning takrorlanishining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni o‘rganish jarayoniga zarur hollarda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar ro‘yxatini shakllantirishda mavzu doirasida amalga oshiriladigan loyihaning turi, kutilayotgan yakuniy natijasi va amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirishning prognoz hajmini belgilashi mumkin. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar dolzarbligi hamda ahamiyatini, kutilayotgan yakuniy natijasini hisobga olgan holda, loyihalarni amalga oshirish muddatlarini belgilaydi. Buyurtmachining tarkibiy bo‘linmalari taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida loyiha tasnifi va unga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va e’lon uchun tayyorlaydi. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarga davlat buyurtmasi Buyurtmachining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va loyihani topshirishning aniq muddati va tartibi belgilangan holda uning rasmiy veb-saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilinadi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim takliflar e’longa berilmasligi va qayta ko‘rib chiqish uchun taklif etuvchiga qaytarilishi yoki asoslantirilgan holda rad etilishi mumkin. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning asoslangan takliflari asosida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq shakllantiriladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovlarsiz moliyalashtiriladi. Buyurtmachi ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon beradi. E’lon bo‘yicha tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga talab etiladigan hujjatlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablar va shakllarga muvofiq taqdim etiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari tadqiqot turlari bo‘yicha ishlarni bajarish muddatiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, asoslantirilgan kalendar ish rejalariga muvofiq belgilanadi. Tashabbuskor loyihalarni moliyalashtirish hajmi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar va moliyaviy rejalar asosida belgilanadi. Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish hajmi loyiha talabnomalarining o‘tkazilayotgan ekspertizasi natijasi bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar va buyurtmachining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarining talabnomalari ilmiy faoliyat subyektlari va sanoat hamkorlari bilan birgalikda taqdim etilishi mumkin. Bunday arizada sanoat hamkori tomonidan qo‘shma (ulushli) moliyalashtirish hajmi, shu jumladan qo‘shma moliyalashtirish xarajatlari turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Buyurtmachi berilgan e’longa ko‘ra, tadqiqot yo‘nalishlariga ko‘ra tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha kelib tushgan loyihalarni qabul qiladi, ularning texnik ekspertizasini o‘tkazadi va huzuridagi ilmiy-texnik kengashlarda loyihaning ilmiy ekspertizani va ochiq muhokamasi tashkil etadi. Buyurtmachi: tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga muntazam ravishda tanlov e’lon qiladi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra eng maqbul loyihalardan birini tanlab, moliyalashtirishga tavsiya etadi; maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga taklif qabul qiladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi; ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tashabbuskor loyihalarga e’lon beradi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi. Tashabbuskor loyihalarga e’lon va tematik loyihalari tanlov talablari Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, loyiha mavzularining nomi, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni moliyalashtirishning prognoz miqdori, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chiqarilgan topshiriqlarning asoslanganligiga qarab, tanlovlar o‘tkazilishi yoki tanlovlarsiz moliyalashtirish uchun kollegial organga xulosa berilishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, Buyurtmachining talablari va tanlov hujjatlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari to‘plami bilan loyihalar tanlovida qatnashish, hujjatlar to‘plamini e’londa belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etish huquqiga ega. Loyiha talabnomasi tarkibidagi hujjatlarning asosiy ro‘yxati va ularni rasmiylashtirish (to‘ldirish) va taqdim etish tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi hamda Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar e’lon yoki tanlov shartlarida belgilangan sanaga qadar qabul qilinadi. Buyurtmachi ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha kelib tushgan barcha loyihani ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga ro‘yxatga olish raqamlarini beradi hamda texnik ekspertizadan o‘tkazadi. Texnik talablarga mos loyihalar ilmiy ekspertiza va ochiq muhokama o‘tkazish uchun buyurtmachi huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yo‘naltiriladi. Yopiq mavzudagi (maxsus yo‘nalishdagi) ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar davlat buyurtmasiga qo‘yilgan talablar doirasida maxfiy ish yuritish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yopiq ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ochiqlanmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar loyiha talabnomalari, oldindan belgilangan ijrochi tashkilot bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan maxsus aloqa kanallari orqali qabul qilishning tegishli darajasiga ega tashkilotlarga yuboriladi. Xalqaro bitimlar doirasida amalga oshiriladigan tematik yoki tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Download 257.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling