Mustaqil ish mavzu: Tadqiqot loyihasi


Download 257.58 Kb.
bet1/8
Sana21.04.2023
Hajmi257.58 Kb.
#1373755
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diyorbek mustaqil ish


Toshkent Moliya instituti





MUSTAQIL ISH
Mavzu: Tadqiqot loyihasi
Karimov Diyor
Buxgalteriya va auditi fakulteti BT-70 talabasi
Reja



  1. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

  2. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi

Kirish



Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni (keyingi o‘rinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akademik harakatchanlik — ilmiy xodimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi;
amaliy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar;
benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi) — ilmiy-tadqiqot loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs;
davlat buyurtmasi — ilmiy-tadqiqot loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish topshirig‘i;
ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
ilmiy-tadqiqot loyihasi — fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida maqsad va vazifalari, ijrochilari va bajarish muddatlari, manbalari, vositalari (ularning shakllantirish manbalaridan qat’i nazar) ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik natijalarni, nou-xau va yangi texnologiyalarni olishga qaratilgan tashkiliy-texnik va boshqa zarur chora-tadbirlar majmui;

Download 257.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling