Mustaqil ish Mavzu: Tasmali vakum filtrlar
Download 1.5 Mb.
|
Mustaqil ish Qarshiboyev I
Mustaqil ishMavzu: Tasmali vakum filtrlarBajardi: Qarshiboyev I.RAJA:
Tasmali vakuum filtrTasmali vakuum-filtrlar yuqori dispers suspenziyalarni suzish uchunmo‘ljallangan. Birinchi navbatda, yirik zarrachalarning cho‘kmaga tushishi matoning teshiklari mayda kristallar bilan bekilib qolishini kamaytiradi. Tuzilishining soddaligi va ayrim suzish operatsiyalarining davomiyligini boshqarishda hamda cho‘kmani ko‘pbosqichli yuvishni tashkil qilish imkonining mavjudligi tasmali filtrlarning afzalligi hisoblanadi. Suzish yuzasining kichikligi, suzish va yuvish zonasining aniq chegaralanmaganligi bu filtrlarning kamchiligi hisoblanib, bunda filtrlangan suyuqlik (filtrat) ma’lum darajada suyuladi. Tasmali vakuum-filtrlar bor kislotasi va ekstraksiya yo‘li bilan olinadigan fosfor kislotasi, kaliy xlorid ishlab chiqarishda ishlatiladi.K-100-15K va K-50-11,5 K aylanma vakuum-filtrlari ekstraksiya yo‘li bilan fosfor kislotasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. U doira shaklidagi gorizontal aylanuvchi romadan iborat bo‘lib, aylanib yuradigan relslarda sirpanadigan roliklarga tayanadi. Ramaga ag‘darma filtrlovchi novlar (nutchlar) o'rnatilgan bo‘lib, ularga yuzasiga filtrlovchi mato qoplangan teshik-teshik tayanma to'siqlar joylangan.Novlarning vakuum bo‘shlig‘i egiluvchan shlang yordamida taqsimlovchi qopqoqqa ulangan. Rama aylanganda har bir nov birin-ketin filtrlash, ikki (yoki undan ko‘proq) marta cho'kmani yuvish, uni to‘kish va matoni qayta tiklash zonasidan o‘tadi.Filtrlash va har bir yuvish tugallangandan so‘ng cho‘kma orqali havo o‘tkazish yo‘li bilan suvsizlantiriladi. To‘kish zonasida nov avtomatik tarzda ag‘dariladi va cho‘kma o‘z og‘irligi hamda siqilgan havo ta’sirida bunkerga to‘kiladi. Shundan so‘ng mato yuqoriga yo'naltirilib, suv oqimi bilan yuviladi, so'ngra siqilgan havo yordamida quritiladi.Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling