Mustaqil ish mavzu: Telekommunikatsiya tizimlari va signallari xaqida umumiy ma’lumotlar Bajardi: kis102-19 guruh talabasi Qaxorov A. Tekshirdi: Jumaboyev T. Samarqand – 2023
Download 348.81 Kb.
|
1-Mustaqil ish
3. Aloqa kanallari
Aloqa kanallari xuddi signallardek asosan uchta ko‘rsatkich bilan baholanadi. Bular: 𝑇𝑘 – kanal orqali xabar uzatilish vaqti; 𝐷𝑘 – kanal dinamik diapazoni; 𝐹𝑘 – kanal signal spektrini o‘tkazish kengligi. Kanal uchta asosiy ko‘rsatkichlari ko‘paytmasi 𝑇𝑘 • 𝐷𝑘 • 𝐹𝑘 = 𝑉𝑘 aloqa kanalining hajmi deb ataladi va kanalning xabar o‘tkaza olish imkoniyatini belgilaydi. Signalni aloqa kanali orqali uzatish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 𝑇𝑘 ≥ 𝑇𝑠, 𝐷𝑘 ≥ 𝐷𝑠 va 𝐹𝑘 ≥ 𝐹𝑠 yoki 𝑉𝑘 ≥ 𝑉𝑠. (1.2) (1.2) dan ko‘rinib turibdiki signalning yoki kanalning bir parametrini ikkinchisiga almashtirib aloqa kanali orqali signalni uzatish mumkin. Hozirda turli radioaloqa kanallari mavjud. Bular uzun va qisqa to‘lqinlardan foydalanadigan radioaloqa kanali; radiorele aloqasi kanali; sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa kanali; troposfera aloqa kanali; kosmik aloqa kanali; mobil aloqa kanali va boshqalar. Har qanday aloqa kanallari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 1. Aloqa kanallarini chiziqli tizim deb hisoblash mumkin, chunki kanal chiqishidagi signal kanal kirishidagi signallar yig‘indisiga teng, superpozitsiya prinsipiga bo‘ysunadi: 2. Har qanday aloqa kanalida foydali signal bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar doimo xalaqit signali mavjud bo‘ladi, ya’ni 𝑥(𝑡) = 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡). (1.4) 3. Signal aloqa kanalidan o‘tganda u biroz kechikadi va uning sathi kamayadi. 4. Signal aloqa kanalidan o‘tganda har doim uning shakli buziladi. Shunday qilib kanal chiqishidagi signal quyidagicha ifodalanishi mumkin: 𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡)𝑠(𝑡 − 𝜏) + 𝑛(𝑡); (1.5) bunda 𝜇 va τ signal so‘nishi va kechikishini ko‘rsatuvchi kattaliklar. Agar 𝜇 va 𝜏 vaqt davomida o‘zgarmasa, bunday aloqa kanali doimiy ko‘rsatkichli aloqa kanali deb ataladi. 𝜇 va 𝜏 lardan biri yoki ikkalasi vaqt davomida o‘zgarib tursa, bunday kanal ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchan kanal deb ataladi. Masalan: yer usti radioeshittirish va Televideniye kanali ko‘rsatkichlari o‘zgarmas kanalga misol bo‘la oladi. Harakatdagi aloqa tizimi kanallari: sotali aloqa; uchayotgan samolyot yoki kosmik kema bilan qisqa to‘lqinli radioaloqa kanali o‘zgaruvchan ko‘rsatkichli aloqa kanali sifatida qaralishi mumkin. Download 348.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling