Mustaqil ish Mavzu: Transport tarmoqlarining topologiyasi
Avtomobillar to'xtash joylarini loyihalash misollari
Download 421.65 Kb.
|
Transport tarmoqlarining topologiyasi
Avtomobillar to'xtash joylarini loyihalash misollari:
a—o'tish yo'lagi yonidagi 25 avtomobil o'rinli to'xtash joyi; b— bir tomonga harakatlanish yo'lagi bo'lgan 50 o'rinli to'xtash joyi; d—ikki tomonga harakatlanish yo'lagi bo'lgan 100 o'rinli to'xtash joyi. Shahar ommaviy yo'lovchi transporti tezkorligi va kishilarni sig'imiga qarab bir necha guruhlarga bo'linadi. Garaj va avtomobil to'xtash joylarini joylashtirish — qurilish me'yorlariga ko'ra garajlar 1000 kishiga 150-200 mashina hisobidan loyihalanadi. Avtomobil to'xtash joyining maydoni 1 ta mashinaga 25 m2. Ochiq avtomobil to'xtash joylari uchun umumiy mashinaning 30—50 % iga mo'ljallab hudud ajratiladi. Garaj va avtomobil to'xtash joylarini ichki tor ko'chalarda, kichik tuman hududiga kiravcrishda (transport harakatiga xalaqit bermasligi ucliun) joylashtirish hamda ycr ostidan foydalanish tavsiya etiladi. To'xtash joylari aholi uchun qulay joylashtirilishi va turar-joy muhitining sanitar holatini buzmasligi kerak. Garajlar ochiq holda loyihalanishi mumkin, lekin yer ostida katta maydon talab etiladi. Ular uylarning yerto'lalarida, ko'chalar tagida, stadionlar ostida, kichik tumanlarda quriladi; Ko 'p qavatli — 8 va undan yuqori qavalli garajlar. Bunday inshootlar ochiq to'xtash joylariga nisbatan qimmat bo'lib, lekin kamroq maydon lalab qiladi. SHMQ (Shaharsozlik me'yorlari va qoidalari)ga ko'ra 90% avtomobillar egalariga yaqin joylarda va 800 m dan oshmagan uzoqlikda saqlanadi. Vaqtinchalik to'xtash joylari ommaviy tashrif joylari yaqinida quriladi. Shu yerlarning o'zida yer osti va ko'p qavatli garajlar qurish mumkin. To'xtash joylari bo'lmagan yerlarda harakatlanishlar tashkil etishni va ommaviy tashrif obyektlariga kirishni qiyinlashtiradi. Kichik tumanlarda garajlardan tashqari mehmonxonaga keluvchilar uchun avtomobil to'xtash joylari mo'ljallanadi. Ommaviy yuklar jo'natilishi, kelishi joylarida (yuk hovlilari, portlar, omborxonalar) yuk mashinalari uchun to'xtash joylari ko'zda tutilishi kerak. To'g'ri loyihalangan avtomobil to'xtash joylari o'ziga jalb etadigan ko'rinishda bo'lishi mumkin. To'xtash joylarini oddiy tashkil etish ko'cha bo'yidagi harakat qismlari chekkasida joylashtirishdir. 100 m ko'chada 15—20 ta avtomobil joylashadi. Qulayliklari— alohida maydon talab qilinmaydi. Kamchiliklari — binoga yaqinlashish qiyinlashadi va bitta yo'lakni band qiladi. Zamonaviy avtomobillashtirishda muammolarni hal qilmaydi. Kichik tumanning transport tarmog'i mahalliy ko'chalardan tashqari ichki va yordamchi tor ko'chalarni o'z ichiga oladi. Ichki tor ko'chalar imoratlarga borish uchun, yordamchi tor ko'chalar xizmat ko'rsatish transporti uchun foydalaniladi. Kichik tuman transport tarmog'ini loyihalaganda, asosiy shart — bu aholining hayoti va faoliyati xavfsizligini ta'minlash hamda shovqin- suron, chang, gazdan maksimal himoya qilishdir. Tor ko'chalarni loyihalaganda tranzit harakat va katta harakat tezligidan qochish kerak. Shuning uchun berk ko'chali va halqali tor ko'chalar qo'llaniladi. Uylar guruhiga kirish uchun ikki tomonlama tor ko'chalarning kengligi 6 m, bir tomonlama va berk ko'chali tor ko'chalar uchun 3,5-4 m olinadi. Download 421.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling