Mustaqil ish Mavzu: Transport tarmoqlarining topologiyasi


Qayrilish joylari ya avtostoyankalarni tashkil etish


Download 421.65 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi421.65 Kb.
#1288639
1   2   3   4
Bog'liq
Transport tarmoqlarining topologiyasi

Qayrilish joylari ya avtostoyankalarni tashkil etish:
a-qayrilish tupiklari; b—o'tish yo'laklaridagi avtostoyankalar; d— qayrilish tupiklari bilan birlashtirilgan avtostoyankalar.


Berk ko'chali tor ko'chalarning oxirida 12 x 12 m li qayrilish inaydonchasi yoki radiusi 10 m li aylanma yoki T simon qayrilish maydonchasi bo'ladi Uning minimal radiusi ichki tomon bo'yicha: asosiy tor ko'chalarda 10 m, yordamchi tor ko'chalarda 8 m ni tashkil etadi. Kichik tumanning barcha imoratlariga yoniga qarshi 3,5—6 m li ko'chalar; 9 qavatdan past turar joylar va 5 qavatdan past jamoat binolariga bir tomondan, 9 qavatdan baland turar-joylar va 5 qavatdan baland jamoat binolariga ikki tomonlama tor ko'chalar ko'zda tutilmog'i lozim .
Yong'inga qarshi tor ko'chalar va imoratlarning devori orasida to'siqlar va daraxtlar joylashtirilishi mumkin emas. Eni 3,5 m va uzunligi 100 m dan oshiq tor ko'chalarda uzunligi 1,5 m va eni 6 m li, o'tish qismi bilan birga qayrilish maydonchalari ko'zda tutilmog'i lozim. Tor ko'chalar ko'chalarning o'tish qismiga loyiha^anayotgan tumanlarda ko'pi bilan 300 m va qayta qurilayotgan perimetral qurilmali tumanlarda ko'pi bilan 180 m oraliqda tutashmog'i kerak. Turar-joylarga olib boruvchi tor ko'chalar va piyoda yo'llarni turar-joy va jamoat binolari devorlaridan kamida 5 m uzoqlikda o'tkazish lozim.
Ko'chalar va yo'llar tarmog'i, jamoat transportini lashkil etish.
Turar-joy (umanida harakat tizimini tashkil ctish lining tarxiy va funksional tarkibiga ta'sir ko'rsatadi. Turar-joy tumanlari avtomobil transporti va piyodalar harakatini ajratishni hisobga olib loyihalanadi: magistral ko'chalardan tor ko'chalar va mahalliy ko'chalarga kirish va chiqish minimal darajada chcklangan, turar-joy hududlaridan ko'ndalang o'tish cheklangan holda lurar-joy va jamoat binolariga qulay kirib kelish ta'minlanadi. Tor ko'chaning turar-joy binolariga kirishdan uzoqligi 80 m dan oshmasligi lozim. Jamoat transporti bekatlari (tramvay, trolleybus, avtobus) 300-400 m oraliqda loyihalanadi, tezyurar jamoat transporti bekatlari 1,5-2 km uzoqlikda tashkil etiladi. Bekatlarga yetib kelish uzoqligi 500 m dan oshmasligi kerak.
Yo'lovchilar va transport harakat tizimini tashkil etishning asosiy tamoyili ularni ajratishdir. Piyodalar harakati trassalari faol transport harakati joylarida tor ko'chalar bilan kesishmasligi lozim.
Piyodalar harakati maqsadli va sayilgoh turlariga bo'linishi mumkin. Maqsadli piyoda yo'llari biror maqsadga — jamoat transporti bekatlariga, turar-joy tumani kichik tuman jamoat markaziga, maktab, stadion va hokazolarga hamda mehnat joylariga eng qisqa yo'lni ta'minlaydi. Piyoda yo'laklar 1,5 m va undan ortiq hamda transport yo'laklari bilan bog'langan holda bo'lishi mumkin, ammo mumkin qadar alohida bo'lgani ma'qul.
Piyoda yo'llarida maksimal qiyalik — 6 %, o'tish joylarida - 8 %.
Piyodalar yo'llarini tashkil qilishda turar-joy binolaridan jamoat transporti bekatlariga, xizmat ko'rsatish tashkilotlari va boshqa joylarga eng qisqa yo'l bilan borish vazifasi hal qiluvchi bo'ladi. Transport xizmati o'ziga xos tizimga egadir.
Piyodalar harakatini transport yo'llaridan ajratish turar-joy tumanida qulay yashash sharoiti barpo qilishning shartlaridan biridir. Piyodalar yo'llari «interyerini» hal qilish uning o'ziga xos arxitekturasi turar-joy tumani kompozitsiyasi va qismlarini odamlar tomonidan qurish masshtabini yaratadi. Chunki, turar-joy tumani arxitekturasidagi g'oyani odamlar piyodalar yo'nalishlari bo'ylab harakat qilishlari davomida qurib va anglab boradilar.



Download 421.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling