Mustaqil ish mavzu: vegetativ organlar poya, ildiz, barg


Yong‘inga qarshi suv ta’minoti


Download 83.45 Kb.
bet9/10
Sana28.03.2023
Hajmi83.45 Kb.
#1303729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
МАЛИК

Yong‘inga qarshi suv ta’minoti
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti yilning istalgan davrida yong‘in joyiga 3 soat davomida suv yetkazib berishi lozim.
Bino va inshootlardagi tashqi yong‘inlarni o‘chirish uchun zarur suvning hisobiy sarfi ishlab chiqarish kategoriyasi, binoning yong‘inga chidamlilik darajasi va binoning hajmiga bog‘liq holda tanlanadi.
Suv manbalari tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. Таbiiу manbalardan ko‘proq qishloq sharoitida foydalaniladi. Ular jumlasiga daryo, ariq, ko‘llar va quduqlar kiradi. Yong‘inga qarshi sun’iy suv havzalari korxona hududidagi yong‘inga xavfli binolar oldiga, I va II darajali yong‘inga chidamlilikdagi binolardan 10 m, III, IV va V darajali yong‘inga chidamlilikdagi binolardan 30 m uzoqlikda quriladi. Bitta suv havzasining xizmat qilish radiusi yong‘in avtonasoslari va avtotsisternalardan foydalanilganda – 200 m, ko‘chma motopompalar va qo‘l nasoslaridan foydalanilganda – 100 m, bir o‘qli, pritsepli motopompalar ishlatilganda–150 m qilib qabul qilinadi. Bitta sig‘imda suvning tegilmaydigan zaxira qismi 100 m3 gacha bo‘lishi lozim.

XULOSA
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakka suv aralashsa, harorat 800oС gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalan-maslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 А tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan Foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.



Download 83.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling