Kollektor-zovur suvlaridan ekinlarni sug'orishda foydalanish
Download 30.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqyaylov mustaqil ish kollektor zovur
Kollektor-zovur suvlaridan ekinlarni sug'orishda foydalanish. Reja: 1. Kollektor-zovurlarga qo'yiladigan talablar. 2. Kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqish sabablari. 3. Kollektor-zovur tarmoqlarini taъmirlash. 4. Suvlarning sifati, kollektor-zovur va chiqindi suvlardan foydalanish. Zovurlarning ahamiyati va turlari, ochiq zovurlarning qo'llanilish sharoitlari, ochiq zovurlarning rejali joylashtirish, zovurlar orasidagi masofa, chuqurligi va nishabligi, ochiq muvaqqat zovurlar, yopiq yotiq zovurlarning qo'llanilishi, yopiq zovurlarning tuzilishi, tik zovurlarning qo'llanilishi. 1. Kollektor-zovurlariga qo'yilgan talablar Zovurlashtirish deb sug'oriladigan dehqonchilikda erning sho'rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashda sizot suvlarini sunъiy yo'l bilan chiqarib tashlash usuliga aytiladi. Zovurlarning asosiy maqsadi tuproqning tuz va suv rejimini tubdan yaxshilash uchun tuproq-gruntidan miyoridan ortiqcha sizot suvlarini chiqarib tashlashdir. Zovurlarni vazifasi quyidagilardan iborat: Sizot suvlar sathini maqbul chuqurlikgacha, yaъni er sho'rlanmaydigan va botqoqlanmaydigan chuqurlikka tushirish. Tuproqdan suvda eriydigan miyoridan ortiqcha zararli tuzlarni yuvib oqizib tashlash. Chuchiklashtirilgan yoki chuchik sizot suvlar sathini tuproqning qayta sho'rlanishi hamda botqoqlanishiga imkon bermaydigan va unumdorligini taъminlaydigan darajada saqlash. Zovurlar erning sho'rlanish va botqoqlanishiga qarshi kurashdagi asossi gidrotexnik tadbir bo'lib, ular suv xo'jalik va agromeliorativ tadbirlar bilan birga qo'laniladi. Sug'oriladigan erlarda zovurlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 1. Ochiq zovurlar - ochiq bo'ylama chuqurlar orqali sizot suvlarning chiqishi. 2. Yopiq zovurlar - yopiq quvirlar orqali sizot suvlarni chiqarish. 3. Tik (vertikal) zovurlar - maxsus quduqlardan sizot suvlarni nasoslar yordamida tortib chiqarish. 4. Aralash zovurlar - ochiq yoki yopiq zovurlarga qo'shimcha o'rnatilgan tik quduqlar va ulardan sizot suvlarni tabiiy bosimi bilan chiqishi. Ochiq zovurlar ko'ndalang kesimi o'lchamlari gidravlik hisoblash yo'li bilan aniqlanadi (hisoblash suvning eng katta sarfi va zovur nishabiga qarab belgilanadi). Zovurda suv sarfi ko'paygani sari uning ko'ndalang kesim o'lchamlari ham bo'yiga kattalashtirib boriladi. Zovurni loyqa bosib to'lib qolmasligi uchun unda suvning oqish tezligi sekundiga 0,25-0,40 metrdan, zovurning nishabi esa 0,001-0,002 dan kam bo'lmasligi kerak. Zovurga tuproq tushmasligi uchun uning qiyaliklari to'g'ri tanlab olinishi kerak. Qiyaliklar haddan tashqari tik olinsa, tuproq qulab zovurga tushadi, juda yotiq qilib olinganida esa er ishlari ko'payib ketadi. Muvaqqat zovurlar kanalokopatellar bilan 0,8-1,2 m chuqurlikda qaziladi. Ular orasidagi masofaning quyidagicha olinishi tavsiya qilinadi: og'ir tarkibli tuproqlarda 30-40 m; o'rtacha tarkibli tuproqlarda 50-60 m; engil tarkibli tuproqlarda 70-80 m. Sho'r yuvilgandan keyin muvaqqat zovurlar bul`dozer, greyder kabi mexanizmlar yordamida tekislab yuboriladi va tuproq ekish oldidan ishlanadi. Yopiq zovurda suv yaxshi oqishi uchun tubi shu zovur suvi tushadigan kollektor tubidan kamida 30-50 sm baland bo'lishi kerak. Kollektor bilan uning suv tashlanadigan erda (suv qabul qilgichda) ham shunga amal qilish kerak. Bundan suv qabul qilgichdagi suvning eng baland sathi hisobga olish zarur. Agar zovurlardan yirik kollektorlarga suv yig'gichlarga suv erkin oqib tusha olmasa, nasos yordamida chiqarib yuboriladi. Yopiq zovurlar ishga tushirilgandan boshlab 2-3 yil davomida sug'orish vaqtida zovurni loyqa bosmasligi, tuproq yuvilib, o'pirilib quvirga shikast etkazmaslik uchun 10 m.lik sug'orilmaydigan polosa qoldirilishi lozim. Tik zovurlarni qurilishi uchun oldin quduqlarning samarali ish chuqurligi, joyning rel`efiga qarab joy tanlash, tuproq qatlamlarining geologik tuzilishi, gidrogeologik sharoitlar tadqiqot qilinadi hamda shu tadqiqotlar asosida tik zovurlarni qurish ishlarining loyhasi ishlab chiqiladi. Tik zovurlar yuqorida ko'rsatilgan omillarga bog'liq holda 30-70 m.dan 100-150 m.gacha (baъzan bundan ham chuqur bo'lishi mumkin) chuqurlikda bo'ladi. Ularni qurish uchun dastlab 40-90 sm. diametrda burg'i quduqlari kavlanadi. Burg'i quduqlarga 30-50 sm. diametrlik metall quvurlar joylashtiriladi, quduq devorlari bilan metall quvur oralig'idagi bo'shliq shag'al (5-15 mm.) fil`trlar bilan to'ldiriladi. quvurlarning er yuzasidan 10-15 m.dan keyingi qismida teshiklar qilinadi. Bu teshiklardan suvlar oqib kiradi (8.7.4.1., 8.7.4.2.rasmlar). quvurlarda to'plangan suv maxsus elektor nasoslar yordamida er yuzasiga chiqariladi. Tik zovurlarda geologik va gidrogeologik sharoitlarga qarab sizot suvlarning sathi 5-6 m.dan 1,5-2 m.gacha pasayadi. Tik zovurlar maъlum maydonlarga yoki gidrogeologik sharoitlari bo'yicha maxsus yo'nalish chizig'ida joylashtiriladi. Ularning orasidagi masofa 1,5-2 km., hatto bundan ko'p ham bo'lishi mumkin. Quduqlar maydonlarga shaxmat tartibida bir tekis, to'g'ri chiziq bo'ylab o'rnatishda esa er osti suvlarining oqimiga ko'ndalang qilib 1-2 liniyada joyalshtiriladi. Quduqlarni noinjenerlik sug'orish tarmoqlari bo'ylab joylashtirish mumkin emas. Chunki quduqlar kanaldagi suvlarni ko'proq shimilib ketishiga sababchi bo'ladi. Zovurlarni u yoki bu tiplaridan foydalanish erlarning gidrogeologik, geologik sharoitlariga va tuproqni sho'rsizlantirish hamda botqoqlanmas-ligini taъminlay olish darajasiga qarab tanlanadi. Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida kollektor-zovur tarmoqlarining faoliyati ilmiy asosda loyihalashtirilganligiga va qurilish sifatiga hamda ulardan to'g'ri foydalanishga bog'liq bo'ladi. Kollektor-zovur tarmoqlari ko'rsatilgan talablar bo'yicha qurilganda va to'g'ri foydalanilganda ular doimo faoliyat ko'rsatib tuproqning suv va tuz rejimlarini tartibga keltirib unumdorligini oshirib boradi. Natijada melioratsiya qilingan erlardan qishloq xo'jalik ekinlaridan uzluksiz yuqori, sifatli kafolatlangan hosil olinadi. Aksincha kollektor-zovur tarmoqlari ilmiy asossiz loyihalanib sifatsiz qurilganda va noto'g'ri foydalanilganda ularning ish faoliyati buziladi, tez ishdan chiqadi, tuproqda sho'rlanish va botqoqlanish jarayoni boshlanadi oqibatda erning melioratsiya holati yomonlashadi. 2. Kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqish sabablari Kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqishiga quyidagilar sabab bo'ladi: 1. Gidrologik sharoitlar; 2. Iqlim sharoitning o'zgarishi; 3. Biologik omillar; 4. Qurilish jarayonida yo'l qo'yilgan kamchiliklar; 5. Foydalanish jarayonida yo'l qo'yilgan kamchiliklar. Gidrologik sharoitlar taъsirida yaъni sug'oriladigan dalalarga ekinlar-ni sug'orish va erni sho'rini yuvish uchun meъyoridan ortiqcha suv berish, shu tufayli sizot suvlarini zovurlarga ko'plab oqib chiqish, zovurlarning loyihada ko'rsatilgan tartibini buzilishidir. Shu bilan birga zovurlarga er ustidan oqar suvlarni oqizib qo'yish, yopiq zovurlarning nazorat quduqlariga loyiqa to'planib qolish kabilar kiradi. Kollektor-zovurlar tarmoqlarini biologik omillar taъsirida ish jarayonining pasayishiga uzanlarini begona o'tlar bosishi sabab bo'ladi. Begona o'tlar kollektor-zovur tarmoqlarini tub qiyaliklarini bosib olish nati-jasida ularning janli kesimi qisqaradi, notekislik koeffitsienti ortadi, suv oqimining tezligi kamayadi va oqibatda zovurlarning ish samaradorligi pasayadi. Kollektor-zovur tarmoqlarining qurilish jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarga quyidagilar kiradi: 1. Shag'al-filtr sifatining yomon bo'lishi, yaъni filtr granulometrik tarkibining ko'zda tutilgan meъyorlarda bo'lmasligi; 2. Zovur quvurlarining o'zaro tutashtirishda meъyori o'lchamlarga amal qilmaslik yaъni katta tirqichlar qoldirilishi; 3. Zovur chuqurlarini qayta ko'mishda tuproqning yaxshi zichlanganligi; 4. Quvur yotqizish mashinasi yurib o'tadigan yo'lning noto'g'ri loyihalanishi; 5. Nazorat quduqlarini qurishda og'iz chetlari singan beton quvurlardan foydalanish. Kollektor-zovur tarmoqlaridan foydalanish jarayonida yo'l qo'yiladigan kamchiliklar quyidagilardan iborat bo'ladi: 1. Mavjud kollektor-zovur tarmoqlarini nazorat qilib bermaslik; 2. Kollektor va ochiq zovurlarni ish chuqurliklarini o'z vaqtida begona o'tlardan, loyqalardan va qulab tushgan jinslardan tozalab turmaslik. 3. Tozalash paytida zovurlarning kollektorga tutashtirish inshootlarini buzilishi 4. Kollektor ish chuqurligini kamayishi tufayli inshootlarining yopilib qolishi; 5. Kollektor va ochiq zovurlar tozalashda loyihaviy nishabliklarga amal qilmaslik va sifatsiz tozalash; 6. Yopiq zovur quvurlari yotqi-zilgan profelning er usti qismi bo'yicha o'q ariqlar olish natijasida tuproqni cho'kishi; 7. Kollektor-zovur tarmoqlari himoya tuproqlarini ko'chirish yoki ularni tekislab yuborish oqibatida sug'oriladigan dalalardan suvni oqib tushishi. 8. Oqova suvlari tushiriladigan inshootlarni buzilishi; 9. Kollektor-zovurlarda oqayotgan suvlar yo'lini to'sib qo'yish, (dambalar qilish, yo'l o'tkazish); 10. Kollektor-zovurlar bo'ylab mol boqish 3. Kollektor-zovur tarmoqlarini taъmirlash. Kollektor-zovur tarmoqlari-ning munatazam ravishda uzoq muddat samarali ishlashi uchun ularning buzilgan joylari yoki ishdan chiqishi mumkin bo'lgan qismilari o'z vaqtida tamirlanib borilishi kerak. Taъmirlash ishlari ikki turga bo'linadi - asosiy (kapital) va joriy taъmirlash. Taъmirlash uchun xarajatlar 20% dan (zovurlarning qurilish qiymatiga nisbatan) ko'p bo'lganda asosiy, 20% dan kam bo'lganda esa joriy taъmirlash o'tkaziladi. Asosiy taъmirlashda kollektor va ochiq zovurlar loyqadan va begona o'tlardan ekskavator yordamida tozalash uning ish chuqurligi tiklanadi, buzilgan kuzatuv quduqlari, tutashtirish inshootlari, ishdan chiqqan quvurlar, himoya uvatlari qaytadan tiklanadi. Joriy taъmirlashda kichik hajmli ishlar bajarilib ularda kollektor va ochiq zovurlar qirg'oqlarining ayrim joylarida ko'chib tushgan tuproqlardan tozalash, begona o'tlarni o'rib tashlash yoki kimyoviy kurash choralarini qo'llash, kollektor zovurlarni tutashturuvchi oqova suvlarini zovurlarga tushiruvchi inshootlarni taъmirlash, yopiq zovurlarning buzilgan himoya quvatlarini tiklash va hokazo ishlar bajariladi. Respublikamizda quyidagi meliorativ obъektlar mavjud: 103,5 ming.km ochiq kollektor tarmoqlari, 37,1 ming. km yopiq drenaj tarmoqlari, 3481 dona vertikal drenaj quduqlari, 338 dona meliorativ nasos stantsiya agregatlari va 25472 dona kuzatuv tarmoqlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 martdagi “2008-2012 yillar davrida sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to'g'risida”gi PQ-817-sonli qarori bilan tasdiqlangan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi bo'yicha o'tgan 5 yil davomida yurtimizda mavjud suv resurslaridan oqilona va tejamli foydala-nish, erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, fermer xo'jaliklari etishtirayotgan mahsulotlarning hosildorligi-ni oshirish, melioratsiya ishlarini tashkil qilish hamda zamonaviy melio-ratsiya texnikasi va asbob-uskunalari bilan taъminlash kabi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratildi. Davlat dasturi doirasida 2008-2012 yillarda sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan meliorativ tadbirlarda jami 748,6 mlrd.so'mlik ishlar amalga oshirildi. Respublika bo'yicha ushbu davrda 3144 km ochiq va 417 km uzunlikdagi yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos agregatlari, 797 dona vertikal drenaj hamda 1417 dona kuzatuv quduqlarini rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari bajarildi. (ushbu tadbirlarda 307,5 mlrd.so'm mablag' o'zlashtirildi). Shuningdek, 62785 km ochiq, 4420 km uzunlikdagi yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 5407 dona vertikal drenaj quduqlari, 194 dona meliorativ nasos agregatlari taъmirlandi va tiklandi. (ushbu tadbirlarda 313,5 mlrd.so'm mablag' o'zlashtirildi). Jamg'arma mablag'lari hisobiga “O'zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi orqali lizing asosida xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan Davlat dasturi doirasida jami 1450 dona meliorativ texnika, mashina va boshqa mexanizatsiya vositalari, shu jumladan 600 dona yuqori unumli ekskavatorlar, 180 dona bul`dozerlar, 88 dona avtotraylerlar xarid qilindi (texnikalar xaridi uchun Jamg'arma tomonidan jami 127,6 mlrd.so'm mablag' ajratildi). 2008-2012 yillarda Davlat dasturini ijrosini taъminlash maqsadida Ushbu tadbirlarning bajarilishi natijasida loyihalar hududida 1 mln. 200 ming gektardan ortiq sug'oriladigan maydonlarda er osti sizot suvlari sathi meъyor darajasida ushlab turilib, erlarning meliorativ holatini yaxshilanishiga va barqarorligini taъminlanishiga erishildi hamda ushbu erlarning meliorativ holatini yomonlashuvini oldi olindi. Respublika miqyosida kuchli va o'rtacha sho'rlangan maydonlar 81,0 ming gektarga, er osti sizot suvlari sathi 2,0 metrgacha bo'lgan maydonlar 364,6 ming gektarga kamayishiga erishildi. Olib borilgan kuzatishlar, meliorativ tadbirlar amalga oshirilgan hududlarda o'rtacha hosildorlik paxta maydonlarida 2,0-2,5 ts/ga, g'alla maydonlarida esa 2,5-3,0 ts/ga oshganligini ko'rsatdi. Davlat dasturi doirasida 2013-2017 yillar davrida: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug'oriladigan erlarning meliora-tiv holatini yaxshilash jamg'armasi mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi-gan 3852 km uzunlikdagi ochiq kollektor tarmoqlarini, 1257 km yopiq-yotiq drenajlarni, 907 dona vertikal drenaj quduqlarini, 35 dona meliorativ nasos stantsiyalarni va boshqa ko'plab inshootlarni rekonstruktsiya qilish va qurish, shu bilan birga 75507 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarini, 8082 km yopiq-yotiq drenajlarni, 3639 dona vertikal drenaj quduqlarini, 126 dona meliorativ nasos stantsiyalarni va 7 mingdan ortiq kollektorlardagi gidroinshootlarni taъmirlash va tiklash ishlari; Davlat dasturi doirasida, Suv xo'jaligi ekspluatatsiya va qurilish tashkilotlari hamda suv isteъmolchilari uyushmalari va fermer xo'jalikla-rining moddiy-texnika parkini mustaxkamlash bo'yicha 836 dona meliorativ texnika, mashina va mexanizmlarni xarid qilish rejalashtirilgan. Jumladan, 303 dona gidravlik ekskavatorlar, 109 dona bul`dozerlar, 99 dona avtosamosvallar, 58 dona avtokranlar, 27 dona yoqilg'i tashish mashinalari, 18 dona drenaj yuvish agregatlari, 6 dona lazerli er tekislagichlar, 13 dona beton qorgich mashinalari, 14 dona beton tayyorlash qurilmasi va boshqalarni xarid qilish belgilangan. 2013-2017 yillar davrida sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha tasdiqlangan Davlat Dasturini amalga oshirish natijasida meliorativ tadbirlar amalga oshiriladigan loyihalar hududida 1 mln. 132 ming gektardan ortiq sug'oriladigan maydonlarda er osti sizot suvlari sathi meъyor darajada ushlab turilib, erlarning meliorativ holatini yaxshilanishiga va barqarorligini taъminlanishiga erishilishi hamda ushbu erlarning meliorativ holatini yomonlashuvini oldi olinishi kutilmoqda. Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling