Ishqalanish juftliklari uchun material tanlash bosqichlari


Download 16.05 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi16.05 Kb.
#1764186
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-MA’RUZA
ISHQALANISH JUFTLIKLARI UCHUN MATERIAL TANLASH BOSQICHLARI.
Ishqalanuvchi juftliklar uchun material tanlash uslubi
Material tanlash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
A. Ishlash sharoitini taxlil qilish.
1. Bu bosqichda quyidagi ishlar bajariladi:
a). Tashki muxit xarakteristikasi va yuklanish sharoiti aniqlanadi.
b). Yukni qo‘yish joyi, miqdori va yuklanish rejimi.
v). Harorat.
g). Tashqaridan zarralarni tushishi.
2. Geometrik va konstruktiv talablar:
a). Qism gabarit o‘lchamlari.
b). Aniqlik
3. Ekspluatasion talablar:
a) Puxtalik ko’rsatkichlari va ishlash davri.
b). Ishqalanish koeffisenti va energiya sig’imi.
v). Shovqin va zararligi.
g). Saqlash sharoiti.
4. Texnologik va iqtisodiy talablar:
a). Ishlab chiqish talablar.
b). Yillik narxi.
v). Jihozlarning ish unumi.
g). Energiya sarfi.
d) Tashqi ko‘rinishi.
Taxlil asosida ishqalanuvchi juftlikni loyihalanishi uchun texnik vazifa tuziladi.
B. Materialni boshlang’ich tanlash.
Bir gurux materiallar tanlanib, bor materiallar asosida ayrimlari aloxida kilib olinadi.
D. Ishqalanuvchi qismining ishlash kobilyatini konstruktiv xisoblash yo’li bilan baholash: Qismning eng ma’qul shakli va o’lchamlari aniqlanadi , tutashmaning tirkishlari va qo‘yilgan yukka bardoshliligi aniqlanadi, ishqalanish koeffisenti aniqlanib qismning yeyilish jadalligini hisoblab topiladi. Hisoblar natijasi bo’yicha zarur konstruktiv o‘zgarishlar kiritiladi.
E. Yakuniy (oxirgi -asosiy) tanlov: Hisob kitoblar asosida detal uchun tanlangan materiallar ekspluatasiya sharoitida sinaladi. Oldin laboratoriya sharoitida, so‘ng bevosita stendda sinaladi. Oxirida bevosita ishqalanuvchi qismda tajriba olinib, sinalgan bir nechtasi ichidan eng ma’qul material tanlab olinadi.

Frikstion qurilmalar harakatdagi massaning kinematik energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishi hisobiga ishlaydi. Ya’ni qurilma (tormoz, mufta, tishsiz uzatma) ishlashi uchun uning etaklovchi va etaklanuvchi qismlari orasida ishqalanish kuchi hosil qilinishi kerak. Hosil qilinadigan ishqalanish kuchi tormozlarda harakatni to’xtatish, mufta va uzatmalarda esa harakat uzatmalarda esa harakatni uzatish uchun xizmat qiladi, har ikki holda ham bosim ostija o’zgaruvchan. Frikstion material bosim, ishqalanish kuchi va issiqlik ta’sirida ishlaydi. Shuning uchun frikstion materiallarning ishqalanish sirti mikrorelefi, fazaviy tarkibi, ishqalanish koeffistenti o’zgarib turadi. qurilma ishonchli ishlashi uchun frikstion material katta va ustivor ishqalanish koeffistentli, ezilishga, eyilishga, issiqlik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli hamda yopishib qolmaydigan bo’lishi kerak.


Frikstion materiallar metall va nometall turlarga bo’linadi. Metall frikstion materiallarga konstrukstion (stal 10, stal 45), 0legirlangan (30 XGSA), (65 T), zanglamaydigan (12X 18 NAT) po’latlar, kulrang cho’yanlar, bronzalar (BrAJMst 10-3-1,5), pishirilgan frikstion materiallar (temir, mis va alyumin asosli), xrom metal, berilliy, molibdenlar kiradi. Nometall frikstion materiallarga asosan asbofrikstion formalash materialli (kauchukli smolali, aralash bog’lovchili), asbofrikstion elastik material, karton-tekstolit material, karton-bakelitli material, to’qima bakelitli material, uglegrafit, tabiiy polimerlar (charm, yog’och) kiradi.
Frikstion materialni tanlash asosan to’rtta bosqichdan iborat. Dastlab frikstion uzelni ishlash sharoitlarini va unga qo’yiladigan talablarni tahlil qilinib unda quyidagilar aniqlanadi:



  • Ulanadigan boshlang’ich va oxirgi tezlik;

  • Frikstion uzelga ta’sir etuvchi kuchlar;

  • Taxminiy nisbiy yuklama va ishqalanish koeffistentining o’rtacha qiymati;

  • ishqalanish koeffistentining barqarorligi;

  • Sirpanishning davomiyligi;

  • Frikstion juftlik elementlardagi hajmiy harorat;

  • Frikstion juftlik elementlarning o’rtacha harorati;

  • ishqalanish sirtdagi o’rtacha harorat;

  • Bir soatdagi ulashlar soni;

  • Yuritmaning etaklovchi va etaklanuvchi qismlari maxovoy massalari inerstiyasining momenti;

  • Issiqlik o’tkazish koeffistenti;

  • ishqalanish quvvatining o’rtacha qiymati va uning o’zgarish qonuni.

Frikstion uzeldan foydalanish sharoitlari tahlil qilinib unga qo’yiladigan talablar o’rganilgach uzelni loyihalashga kirishiladi. Uzelni loyihalash frikstion materialni xomaki tanlash, uzelning ishchanligini hisobiy-konstruktiv baholash va materialni yakuniy tanlashdan iborat.


Birinchi bosqichda ma’lumotnomalardan ishqalanish juftligining materiallari tanlanadi. Bunda eyilishga chidamlilik, frikstion toliqish ishqalanish koeffistenti va eyilish sur’ati va ularni haroratga bog’liqligiga inobatga olinadi.
Ikkinchi bosqichda frikstion qurilmaning konstrukstiyasi, frikstion juftlikni o’zaro qoplanish koeffistenti va o’lchamlari, sovutish usuli tanlanadi. ishqalanish jarayonning issiqlik dinamik tenglamasi tuzilib echiladi va ishqalanish kuchi tezligi va issiqligini vaqt bo’yicha o’zgarishi aniqlanadi. Hisob natijalariga ko’ra uzel konstrukstiyasiga tegishli o’zgarishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqichda hajmi tanlangan material dastlab standart sinov mashinalarida, keyin laboratoriya stendlarida so’ng loyihalangan frikstion uzel natijasida va nihoyat sanoat sharoitida sinalib ko’riladi va tegishli xulosalar qilinadi.
Download 16.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling