5-ma’ruza Mavzu: Loyihalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Reja


Download 251.02 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi251.02 Kb.
#1771275
  1   2   3   4
Bog'liq
5-maruza.Loyixalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar


5-ma’ruza
Mavzu: Loyihalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Reja
1. Turar joy binolarini loyihalash asoslari
2. Loyihalash jarayoniga qo‘yiladigan maxsus talablar
3. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Turar-joy binolarini loyihalashning muhim talablari -yashash va xo‘jalik xonalarining maydonlarini bir -biriga nisbatan to‘g‘ri tanlash va funksional vazifasiga qarab ratsional joylashtirishdir.


Turar joy binolaridan foydalanish amaliyoti va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kvartiraning yashash maydoni umumiy maydonning: bir xonali kvartira uchun 50 -54 % ni, ikki xonali kvartiralar uchun 54 -58% ni, uch xonali kvartiralar uchun 60 -66% ni tashkil etadi. Bu nisbatdan og‘ish esa diskomfortga va kvartirada xo‘jalik ishlarini olib borishni qiyinlashtirishga olib keladi.
Xonalarning maydonidan maqsadga muvofiq foydalanish va funksional, arxitektura –badiiy vazifalarni echish ko‘pincha ularning proporsiyasiga bog‘liq bo‘ladi (1 -rasm). Xonalarning enini bo‘yiga bo‘lgan nisbati 1:1; 1:1,25; 1:1,5 ga teng bo‘lgan holda ular ko‘proq qulay bo‘ladi.


1 -rasm. YAshash xonalarining rejadagi nisbatlari.
a -xonaning eni; b -xonaning chuquriligi
YAshash xonalarning chuqurligi 3 m dan kam, 6 m dan ko‘p bo‘lmasligi, eni esa 2,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Umumiy xona dam olish, oila muloqoti, mehmon kutish, shaxsiy mashg‘ulot va ovqatlanish uchun mo‘ljallangan.
YOtoqxona yotish, mashg‘ulot o‘tkazish va kiyimlarni, choyshablarni saqlash uchun mo‘ljallangan (2 -rasm).

2 -rasm. YAshash xonalarining planirovka me’yorlari
Oshxona taom tayyorlash va boshqa xo‘jalik maishiy ishlarni bajarish, idishlarni, oziq -ovqat maxsulotlarini saqlash va har kungi tanovul uchun mo‘ljallangan.

3 -rasm. Oshxonalarga (planirovka me’yorlari bo‘yicha) mebel -uskunalarni joylashtirish: a-chiziqli bir qator; b, v, g -burchak ostida
Xonadonlarda sanitar jixozlarni joylashtirish tartibiga misollar quyidagi 4 –rasmda keltirilgan.

4 -rasm. Sanitar xonalar rejalari. a -hojatxona: b -birlashtirilgan holatda; v -hojatxona va dush; g -vanna xonasi; d -aholi sanitar xonalari;
e, j, i -hajmiy blok ko‘rinishda tayyorlangan sanitar bloklari.
Dahlizlarning eni 1,4 m dan va maydoni 3 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xo‘jalik omborxonalari 1 va 2 kvartiralar uchun 1 m2 dan, 3 va 5 kvartiralar uchun 1,5 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Kvartira ichidagi koridorlar, agar ular yashash xonalariga etsa, eni 1,1 m dan, boshqa xonalarda esa 0,85 m dan kam bo‘lmasligi kerak. YOzgi xonalar balkon, lodjiya, lodjiya -balkon va terrasa ko‘rinishida bo‘ladi (5 -rasm).



5-rasm. Xonadonlarning yozgi xonalari. A-balkon; b-ichkariga kirgan lodjiya; v-tashqariga chiqqan lodjiya; g-balkon; d-lodjiya; e-terassa

Download 251.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling