5-ma’ruza Mavzu: Loyihalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Reja


Download 251.02 Kb.
bet4/4
Sana13.11.2023
Hajmi251.02 Kb.
#1771275
1   2   3   4
Bog'liq
5-maruza.Loyixalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar

SHaharsozlik talablari.
Turar-joy binolari joylashtiriladigan xududlarga (odatda, mikrorayon, turar-joy rayoni ko‘rinishida) quyidagi bir qator: ijtimoiy, funksional, sanitariya-gigiena, me’moriy-badiiy, yong‘inga qarshi va iqtisodiy talablar qo‘yiladi.
Har bir turar-joy binolari ommaviy joylashgan hududni aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan korxona va muassasalar tarmog‘i bilan ta’minlash ijtimoiy talablarga kiradi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasiga taaluqli korxona va muassasalarni har kuni, davriy va epizodik (har zamonda) xizmat qiladigan turlarga ajratish mumkin.
Har kuni xizmat ko‘rsatadigan muassasalarga bolalar bog‘cha-yaslilari, maktablar, oziq-ovqat magazinlari, sartaroshxonalar, kimeviy tozalash va kir yuvish koxonalari, turli ustaxonalar kiradi. Davriy xizmat ko‘rsatadigan muassasalar qatoriga kinoteatrlar, poliklinikalar, kutubxonalar, nooziqovqat mollari bilan savdo qiluvchi magazinlar, sport komplekslari kabi muassasalarni kiritish mumkin.
Aholi xar kuni foydalanadigan xizmat ko‘rsatish muassalarining xizmat ko‘rsatish radiusi 500 metrdan ko‘p bo‘lmagani, piyoda borib-kelish mumkin bo‘lgan masofada bo‘lgani ma’qul. Ularni mikrorayon yoki turar-joy rayonining o‘rta qismida joylashtirish, ularga boradigan yo‘llarni yirik magistral yo‘llar bilan kesishmaydigan qilib loyihalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Aholiga davriy xizmat ko‘rsatadigan muassasalarning xizmat radiusi 1000-1500 metrgacha bo‘lishi mumkin. Ularga borib-kelish piyoda yoki 2-3 bekat oralig‘ida jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bunday muassasalarni jamoat-savdo markazlari ko‘rinishida, bir nechta mikrorayonga yoki magistral yullarga tutashgan turar-joy rayonlariga xizmat qiladigan qilib joylashtirilgani ma’qul. Ularning tarkibiga yiriklashtirilgan savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy
xizmat ko‘rsatish muassasalarini, kutubxona, kinoteatr va klubga o‘xshash muassasalarni kiritish maksadga muvofiq.
Yirik san’at va madaniyat muassalaridan, univermag yoki savdo markazlaridan, kasalxonalardan, hokimiyat idoralari kabi muassasalaridan aholi har zamonda foydalanadi. SHu sababli ularga borib-kelish uchun asosan shahar transportidan foydalanish nazarda tutiladi.
Turar-joy rayonlarini shahar markazi, boshqa turar-joy rayonlari, odamlar ishlaydigan korxonalar joylashgan xududlar bilan bog‘lash maqsadida shahar transporti harakatlanishi uchun magistral yo‘llar qilinishi kerak. SHaharning magistral ko‘chalari turar-joy mikrorayonlarini kesib o‘tmasliklari talab qilinadi. Lekin mikrorayonlar ichida har bir binoning kirish eshigigacha avtotransport bora olishi uchun yullar qilinishi lozim.
Turar-joy binosidan shahar transporti to‘xtaydigan bekatlargacha bo‘lgan masofa 500 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Uylardan bekatlargacha qulay qisqa piyodalar yuradigan yo‘llar qilinishi talab qilinadi. Turar-joy binolaridan aholi xar kuni foydalanadigan jamoat muassasalarigacha ham shunday qulay va qisqa yo‘llar qilinishi kerak. Lekin mikrorayon yoki turar-joy rayoni ichidagi uylarga boradigan yo‘llar ularning xududini kesib o‘tmaydigan, bir tomoni berk (tupik) yoki aylanib shu xududdagi kichik yo‘llarning biriga chiqadigan halkasimon qilingani maqsadga muvofiq. Bundayyo‘llarda avtotransport qayta olishi va vaqtincha to‘xtab turishi uchun o‘lchamlari kamida 10x10 m bo‘lgan maydonchalar ko‘zda tutilishi kerak.
Turar-joy rayonlarining plan echimlariga sanitariya-gigiena talablari qo‘yilishidan maqsad turar-joy binolarini, hovli-bog‘larni tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlash, bizning issik iqlimda esa, bundan tashqari, ortiqcha quyosh radiatsiyasi ta’siridan himoya qilish, xududda zarur darajada havo almashinib turishi uchun sharoit yaratish, issiq quruq xududlarda chang tuzonlardan himoya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishdir.
Turar-joy binolarini tabiiy yoruglik bilan etarli darajada ta’minlash va yashash xonalariga quyosh nurlarining ma’lum bir muddat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushushi (insolyasiya) uchun sharoit yaratishga binolarni xududda to‘g‘ri joylashtirish, bir-birini to‘sishi mumkin bo‘lgan binolar orasidagi masofalarni, ularning balandligini to‘g‘ri belgilash, binolarning ufq tomonlariga nisbatan orientatsiyasini to‘g‘ri tanlash orqali erishiladi.
Binolarning derazasi yo‘q yon tomonlari orasidagi masofa yong‘inga qarshi talablardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. By masofa yonma-yon turgan binolarning olovbardoshlik darajasiga bog‘liq holda 6 m dan 15 metrgacha bo‘lishi mumkin.
YOng‘inga qarshi talablarni hisobga olgan holda turar-joy binolari orasidagi masofalar jadvalda keltirilgan qiymatlar-dan kichik bo‘lmasligi talabqilinadi.

Jadval

Download 251.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling