5-ma’ruza Mavzu: Loyihalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Reja
Kvartirali turar-joy binolarini orientirlashga doir
Download 251.02 Kb.
|
5-maruza.Loyixalash jarayoni va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOng‘in havfsizligi talablari.
Kvartirali turar-joy binolarini orientirlashga doir:
a –gorizont tomonlari; b –namaqbul orientatsiya; v -ma’qul orientatsiya. Xonalardagi mikroiqlimning holatiga, ya’ni havoning temperaturasi, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va tozalik darajasiga qo‘yiladigan talablar ham juda muhim. YAshash xonalaridagi havoning temperaturasi 18-20 °S atrofida, nisbiy namligi 50-60 % orasida bo‘lishi kishi organizmi uchun optimal muhit hisoblanadi. Kvartiralarda har xil hidlar, gazlar, ortiqcha namlik ajralib chiqishi mumkin.Havo muhitining tozalanib turishiga havoni almashtirish yo‘li bilan erishiladi. YAshash xonalari uchun u 3 m3/soatni (1 m2 uchun), oshxona uchun 60m3/soatni, alohida xonalarda joylashgan vanna va hojatxona uchun 25 m3/soatni, ular bir xonada joylashgan bo‘lsa 50 m3/soatni tashkil qilishi kerak. Turar-joy binolarining xonalarini gigiena talablari bo‘yicha zarur bo‘lgan hajmda toza havo bilan ta’minlash shartidan, shuningdek iqtisodiy va me’moriy talablardan kelib chiqqan holda, ulardagi qavatlarning balandligi belgilangan. O‘zbekistonda bu ulcham I va II iqlimiy zonalarda 3,3m va I I I zonadz 3 m qabul qilingan. Balandligi 5 qavat va undan ortiq bo‘lgan turar-joy binolarida liftlar bo‘lishi kerak. Ularning soni binodagi qavatlar soniga, qavatdagi odamlar soniga qarab tanlanadi. Bunday binolarda, shuningdek maxsus axlat tushirgichlar ham ko‘zda tutilishi kerak. YOng‘in havfsizligi talablari. Turar-joy binolari uchun yong‘inga qarshi talablarning ahamiyati katta. Bundan maqsad -yong‘in paydo bo‘lishining oldini olish, binoda alanga tarqalishiga yo‘l quymaslik, o‘t o‘chirishni osonlashtirish, yuqori temperatura ta’siriga asosiy konstruksiyalarning chidamliligini oshirish, yonayotgan binodan odamlarni xavfsiz va qurbonlarsiz evakuatsiya qilish uchun zarur sharoitlar yaratishdir. Binoda alanga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yonmaydigan devorlar qilinadi va ular orasidagi qavat maydoni chegaralanadi (jadval). Bunday devorlarning olovbardoshlik chegarasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Olovbardoshlik darajasi I, II va III bo‘lgan 3 va undan ortiq qavatli turar-joy binolarida seksiyalar orasidagi devor va pardadevorlarning olovbardoshlik chegarasi 0,75 soat bo‘lishi kerak. Kvartiralar orasidagi pardadevorlarda bu ko‘rsatkich 0,5 soat bo‘lishi mumkin. Jadval. Favqulodda holatlarda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun foydalaniladigan yo‘llar (zina joylashgan xona -zinaxona, umumiy koridor, vestibyul va h.k)ning devorlari va yopmalari yonmaydigan materiallardan bo‘lishi kerak. Barcha kvartiralardan zinaxonalarga yoki unga olib boradigan kori-dorga chiqish mumkin bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, 6-9 qavatli uylarda seksiyadan seksiyaga o‘tish uchun balkon yoki eni 0,6 m qiyaligi 60° dan ko‘p bo‘lmagan tashqi zinaga chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lishi talab qilinadi. Kvartiraning yoki yotokxonadagi yashash xonasining eshigidan zinaxonagacha yoki chiqish eshigigacha bo‘lgan masofa ham cheklangan. Jadval
Koridor va galereya tipidagi balandligi 9 qavatgacha bo‘lgan uylarda, qavatdagi yashash maydoni 300 m2 dan ortiq bo‘lgan hollarda, har bir qavatdan eng kamida 2 ta zinaga chiqish bo‘lishi kerak. YAshash maydoni 300 m2 dan kam bo‘lganda 1 ta zina qilishga ruxsat beriladi. Ammo bu holda koridorning oxirida umumiy balkon bo‘lishi va tashqi zina bo‘lishi talab qilinadi. Download 251.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling