Kollektor-zovur suvlaridan ekinlarni sug'orishda foydalanish
Download 30.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqyaylov mustaqil ish kollektor zovur
Kollektor (melioratsiyada) —drenaj tarmogʻining suv yigʻuvchi qismidan kelayotgan suvni qabul qilib, melioratsiyalanadigan maydondan chiqarib yuboradigan ochiq kanal yoki drenaj quvuri. Kollektor xoʻjalik, xoʻjaliklararo va magistral turlariga boʻlinadi. Ularning jami kollektor-drenaj tarmogʻinm hosil qiladi. Odatda, Kollektor pastliklardan, xoʻjaliklar va almashlab ekish dalalari chegaralari boʻylab oʻtkaziladi. Tekis maydonlarda Kollektorlar zovur va uchastkaning optimal uzunligini, qishloq xoʻjaligi mashinalarining unumli ishlashini hisobga olgan holda birbiridan 0,8—1,2 km oraliqda quriladi. Ochiq Kollektorning koʻndalang kesimi koʻpincha trapetsiya shaklida boʻladi. KOLLEKTORdagi suv sathi unga kuyiladigan zovur va kollektorlar sathidan 0,1 — 0,3 m quyiroq boʻlishi kerak. Agar drenaj suvlarining oqib ketish iloji boʻlmasa, Kollektorga nasos st-yalari quriladi. Kollektor koʻndalang kesimining eng koʻp uchraydigan oʻlchamlari: xoʻjalik K. — chuqurligi 3,0—6,6 m, tubining kengligi 1,0—1,5 m, Kollektorning daxleiz qirgʻoqboʻyi kengligi — 40–80 m; xoʻjaliklararo Kollektorlarda yuqoridagi koʻrsatkichlar 4,5—8,0 m, 1,0—3,0 va 80–140 m. Magistral Kollektor yana ham kattaroq boʻladi. Kollektorning yon bagʻri 1:1,5; 1:2,5; tubining nishabligi 0,003 dan kam boʻlmasligi lozim.
Chiqarib yuboriladigan zaxob suv miqdorini hisobga olish uchun xoʻjaliklararo va magistral Kollektor lar suv oʻlchash postlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistondagi eng yirik magistral Kollektorlar: Sirdaryo viloyatida — Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl, Asosiy Qayir; Fargʻona vodiysida — Shimoliy Bagʻdod, Soʻx — Isfara, Achchiqkoʻl, Yozyovon, Sari Joʻga; Buxoro viloyatida — Shimoliy Buxoro, Parallel, Bosh Qorakoʻl; Xorazm viloyatida Koʻlli, Devonkoʻl va Daryolik (davlatlararo). Ularning oʻz. 30–180 km, suv oʻtkazish imkoniyati — 10–170 m³/s, suv yigʻadigan maydoni 13—225 ming ga. Ochiq Kollektorlarni ishlatish davomida oʻtkaziladigan ishlar: drenaj oqimini va uning minerallashuvini hisobga olish, loyqa va oʻt bosishdan saqlash va boshqa Ochiq Kollektorlar qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning kattagina qismini egallaydi, yer isrof boʻladi (ularga ajratiladigan may-don sugʻoriladigan yerlarning 5—10% ini tashkil etadi). Shuning uchun ham yangi yerlarni oʻzlashtirishda, asosan, yopiq xoʻjalik Kollektorlari qurilmoqda (yana qarang Gorizontal drenaj). Suvning sifati uni aniq bir foydalanish (iste’mol qilish) turiga ko’ra tarkibi va xususiyatiga qarab tavsiflanadi. Sanitariya me’yorlari bo’yicha organoleptik hamda umumiy sanitariya ko’rsatkichlari va, shuningdek, undagi zararii moddalar miqdoriari belgilanadi. Shu ko’rsatkichlaming tahlili mazkur suvning ma’lum bir iste’mol turiga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bildiradi. Ifloslangan suv deyilganda aniq bir suvdan foydalanish turi uchun antropogen faoliyat ta’sirida tarkibi o’zgaigan suvlar tushuniladi. Suvni ifloslanganlik kriteriysi bo’lib uning organoleptik xususiyatlarini o’zgarishi va unda o’simlik, inson hamda hayvonlar uchun zararii bo’lgan moddalar mavjudligi hisoblanadi: ular ta’sirida suvda zaharlilik, allergiyaga, inson va hayvon organizmlarida o’zgarishlatga sababbo’luvchi xususiyatlar paydo bo’ladi. Sug’orish suvlarining sifati birinchi navbatda ulardagi loyqa va tuz miqdori hamda ulaming bakteriologik tarkibi bilan belgilanadi. Daryo suvlarining tuz tarkibi va menerallashganlik danajasi harorat va biokimyoviy omillar, suv yig’ish havzasining geologik tuzilishiga bog’liq. Kam suv sarfli tog’ daryoiari tarkibida gidrokarbonat va kalsiy ionlari ko’p bo’lsa, tog’oldi tekisliklaridagi daryolarda sulfat ioni ko’p, quyi oqimida esa natriy, magniy va xlor ionlari miqdori orta boradi. Daryo- laming sarfl ko’paygan (toshqin) davrda suvning minerallashganlik darajasi kamayadi va, aksincha, sentabrdan martgacha ortib boradi. Chunki bu davrda daryolar minerallashgan sizot suvlar evaziga ham ta’minlanadi. Sug’oriladigan yerlaming kengaytirilishi va sho’rlangan qo’riq yerlaming o’zlashtirilishi ko’p miqdorda kollektor-zovur suvlarini shakllanuviga olib kelmoqda va bu suvlami ochiq suv havzalariga tashlanishi oqibatida ularning minerallashganlik darajasi ortjb ketmoqda. Respublikada ifloslangan suvlaming vujudga kelishida sug’oriladigan dehqonchilikning ulushi 78 foizni, sanoat-18 va maishiy-xo’jalik 4 foizni tashkil etmoqda. Yerlami sug’orish va sho’r yuvish joyning gidroekologik sharoitlarini tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Kanallar va sug’oriladigan yerlardan suvni filtratsiyaga ko’p miqdorda isrof bo’Iishi sizot suvlar sathini ko’tarilishiga olib keladi va bu jarayonda ulaming tarkibi tuzlar bilan boyiydi. Shuningdek, atmosferadagi tuz aralashmalari tabiiy suvlar sifatiga ham sezilarli ta’sir etadj. Yer usti va yer osti suvlari qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pestitsid va biogen moddalar bilan ham ifloslanmoqda. Tuproq bu moddalar bilan to’yinib, atrofmuhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolmoqda. Aviatsiya yordamida ekinlami ximikatlar bilan ishlov berishda qo’IIanilayotgan modalaming 20-40 foizigacha atmosferada tarqalishi aniqlangan. Markaziy Osiyoda zovurlashtirilgan yerlarda qo’llanilgan azotli o’g’itning 20 foizi, fosfoming I foizi, kaliyning 0,5 foizi sug’orish vaqtida oqova bilan olib chiqib ketiladi va ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladi. Tabiiy suv manbalarini ifloslanishdan saqlashdagi asosiy tadbir-bu kollektorzovur va oqova suvlardan ekinlami sug’orishda keng foydalanish orqali ulami ochiq suv havzalariga tashlashga yo’l qo’ymaslikdir. Suv tarkibidagi oqiziqlar tarkibida ma’lum miqdorda oziq moddalar ham bo’lib, ular tuproq unumdorligini oshirishda ma’lum bir roini o’ynaydi. Misol tariqasida ko’rsatib o’tish mumkinki, Misrda Nil daryosining loyqa suvidan sug’orishda foydalanib, ekinlardan yetarlicha yuqori hosil olib kelinmoqda. Amudaryodagi oqiziqlar Karki shahri yonida yiliga 243 mln. tonnani tashkil etadiki, uning tarkibida kalsiy karbonat, kaliy va fosfor tuzlari kabi o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalar mavjud. Bunday suvlar bilan sug’orish natijasida bir vaqtda o’simliklaming oziq unsurlariga bo’lgan talabi ma’lum darajada ta’minlanadi. Sholining mavsumiy sug’orish me’yorini 25-30 ming mVga va Sir- daryoning quyi oqimidagi suvning loyqaligini 2,64 g/l ekanligi inobatga olinsa, aytish mumkinki, sug’orish suvlari bilan har gektar yerga mavsumda 25-30 t oqiziq tushadi va uning qaJinligi 10 yil davomida 2,5 sm. ni tashkil etadi. Ekinlami sug’orishda minerallashgan suvlardan foydalanish evaziga tuproqda ma’lum miqdorda tuz to’planishi ham kuza- tiladi. Masalan, suv tarkibida 1,5 g/l tuz bo’lsa va mavsumiy sug’orish me’yori 5000 m3/ga. ni tashkil etsa, sug’orish orqali har gektar yerga 7,5 t tuz kelib tushadi. Suv tarkibida natriy ionining ko’p bo’lishi tuproqning sho’rtoblanishiga sabab bo’ladi. Tarkibida xloridli tuzlar ko’p bo’lgan suvlar bilan sug’orish o’simlikka juda kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi: xloridli tuzlar I g/l. gacha bo’lgan suvlardan yengil tuproqlarda va 0,5 g/l. gacha bo’lgan suvlardan esa barcha tuproqlarda foydalanish mumkin. Suvning sifati sug’orish texnikasi va yomg’irlatib sug’orish mashi- nalarining uzluksiz ishlashiga ham ta’sir etadi. Shu sababdan loyqaligi 4-5 g/1 bo’lgan suvlardan foydalanishda egifuvchan shlanglarni loyqa bosmasligi uchun ularning uzunligi 150 m. dan ortiq bo’lmasligi, diametri 200 mm va suvning oqish tezligi 1,5 m/sek. dan kam bo’lmasligi lozim. Yomg’irlatib sug’orish mashinasiga uzatilayotgan suv tarkibida qattiq qo’shilmalaming o’lchami 0,2-0,5 mm. dan kichik bo’lishi lozim. Talabga javob bermaydigan sifatga ega suvlar foydalanishdan oldin qator tadbirlar evaziga yaxshilanadi. Suv sifatini yaxshilash deganda uning tarkibidagi moddalar miqdorini aniq bir iste’mol turi uchun yo’l qo’yiladigan darajaga yetkazish tushuniladi. Sug’orish uchun ishlatiladigan suvlaming sifati uning tarkibidagi tuzning miqdori va tarkibi, loyqaligi, shuningdek, unda patogen mikroblar mavjudligi bilan belgilanadi. Sug’orish uchun suvlaming yaroqliligi uning tarkibidagi mod- dalar konsentratsiyasi, tuproq xossalari, iqlim sharoitlari va parva- rish qilinayotgan ekinlaming biologik xususiyatiari bo’yicha aniqlanadi. MinerallashganJik darajasini kamaytirish uchun bunday suvlar daryo (chuchuk) suvi bilan aralashtiriladi. Chiqindi suvlar maxsus inshoot- larda sun’iy tozalashlardan o’tkaziladi. Loyqa oqiziqlardan tozalash maqsadida daryolardan suv olish qismida maxsus tindirgich -hovuzlardan foydalaniladi. Sug’oriladigan yerlarning tobora kengaya borishi bilan suv taqchilligi kuchli sezilayotgan Markaziy Osiyoda qo’shimcha suv zaxiralari axtarish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan qishloq xo’jaligida mahalliy suv resurslari kollektor-zovur minerallashgan suvlari, sizot suvlar, chiqindi va oqova suvlardan keng foydalanish suv xo’jaligi va meliorativ nuqtai nazarlaridan katta ahamiyat kasb etadi. Sho’rlangan yeriarda kollektor-zovur suvlari turlicha minerallashgan- likka ega. Sug’oriladigan yeriarda kollektor-zovur suvlari yer usti suv- larini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Sug’orish suvlarini tarkibidagi tuz miqdoriga ko’ra 5 ta guruhga ajratish mumkin. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo’jaligida foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: suv zaxiralari ko’payadi, joylarda bevosita ishlatilganligi tufayli magistral va taqsimlash kanallari qurish talab etilmaydi, tarkibida oqiziqlar kam va tuzlar ko’p bo’lganligidan sug’orish tarmoqlarini loyqa va begona o’tlar kam bosadi, sug’orish tizimiga suv manbalaridan kam suv olinganligi evaziga suvni filtratsiyaga sarfi kamayadi, sizot suvlarning sathi pasayadi. Sug’orishda minerallashganligi 5-6 g/l gacha bo’lgan zovur suvlaridan jahonning ko’p mamlakatlarida AQSh, Tunis, Jazoir, Eron va boshqa mamlakatlarda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlarida minerallashgan suvlar g’o’za, sabzavot, poliz ekinlari, tokzorlarni sug’orishda juda qadimdan ishlatilmoqda. O’zbekistonda minerallashgan suvlardan foydalanish miqdori yilning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Kollektor-zovur suvlarini minerallashganlik darajasining nisbatan kam bo’lishiga (1,37-1,62 g/l) qaramay Namangan, Andijon viloyatlarida ayrim yillari ularning atigi 3,5-4,3 foizigina foydalanilgan. Sirdaryo viloyatida minerallashganligi 1,39 (xlor-0,16) g/l bo’lgan zovur suvlari yiliga 2,5 km dan ortiq miqdorda deyarli 3000 ga yerni sug’orishda qo’llanilmoqda. Vertikal zovur suvlari respublika miqyosida 2 km1 dan ko’p bo’lib, ulaming minerallashganligi 0,5-1,14 (xlor-0,02-0,11) g/l. ni tashkil etadi. Minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan foydalanish mumkinligini Havza boshqarmalari tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ba’zi ma’lumotlar kollektor-zovur suvlarini tuproq va o’simlikka zararli ta’sir etishini ko’rsatsa, ayrimlari ijobiy natijalarga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Minerallashgan suvlardan foydalanish samarasiga ekinning biologik xususiyati va tuz ta’siriga chidamliligi, tuproqning suvfizik xossalari va zovurlashtirilganlik darajasi, suvning minerallashganligi va tuz tarkibi kabi omillar kuchli ta’sir etadi. T.P. Gluxova va G.A. Korolyova (1984) ma’lumotlariga ko’ra MirzachoMning qadimdan sug’orib kelinayotgan yerlarida minerallashganligi 3 (xlor - 0,3) g/l bo’lgan suvlardan uzoq yillar davomida foydalanish tuproqning meliorativ ahvolini yomonlashuviga va hosildorlikni pasayishiga olib kelmaydi. Xlor miqdorining 0,5 g/l. dan ortishi tuproqning sho’rlanish xavfini tug’diradi. Bespalov (1984) suv bilan kam ta’minlangan yillari kollektor-zovur suvlaridan g’o’zani sug’orish va sho’r yuvishda keng foy- dalanish mumkinligini ko’rsatadi. Bunda suvlarning minerallashganlik darajasini ruxsat etiladigan miqdori yengil va o’rtacha qumoq tuproq- larda quruq qoldiq bo’yicha 3-4 g/1, xlor ioni bo’yicha 0,5 g/l. gacha, og’ir qumoq va soz tupnoqlarda tegishlicha 2,0-2,5 va 0,5 g/l. gacha bo’lishini tavsiya etadi. Qoraqalpog’iston respublikasining xloridli va sulfatli o’rtacha sho’rlangan tuproqlarida g’o’zani sug’orish uchun tarkibida quruq qoldiq 2-3 g/l va xlor ioni 0,4- 0,5 g/1 bo’lgan zovur suvlari foydalanilganida sug’orishlar arafasidagi tuproq namligi chegaraviy dala nam sig’imiga nisbatan 80-65 foiz bo’lishi maqsadga muvofiqdir, bunda sug’orish sxemasi 1-3 (4)-0 ko’rinishda bo’ladi (U.Ismoilov, 1987). Ayrim tadqiqotchilarning (P.N.Besedin, G.Yo’ldoshev, X.Sobitova, 1984) ta’kidlashicha, Mirzacho’lIning qadimdan sug’orib kelinayotgan bo’z-o’tloqi tuproqlarida minerallashgan suvlardpn foydalanish oqibatida gumus, azot va fosforning sezilarli kamayishi kuzatilgan. Kollektor-zovur suvlaridan foydalanishda ulaming tarkibidagi tuz- larning ruxsat etiladigan miqdorlarini bilish muhim hisoblanadi. Bunda suvning tarkibidagi tuz miqdori va tarkibi tuproq xossalari hamda sug’oriladigan yerlaming meliorativ ahvoli kabi omillar e’tiborga olinadi. Tuproqning suv o’tkazuvchanljgi va zovurlashtirilganlik darajasi yaxshi, sizot suviari chuqurda joylashgan yerlarda suv tarkibi- dagi tuzlarning yo’l qo’yiladigan miqdori yuqori bo’ladi. Sug’orish uchun ishqoriy sho’rlangan suvlar yaroqsiz hisoblanadi. Natriy kationi ko’p bo’lgan suvlardan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas, chunki u tuproqni sho’rtoblanishga olib keladi. A. Usmonov (1984) tomonidan O’zbekistondagi kollektor-zovur suvlarining gidroximiyasi o’rganilgan bo’lib, u suvlarning sifatiga ko’ra yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz, umuman yaroqsiz toifalarini ajratib ko’rsatadi hamda ulami qoMlash sharoitlari bo’yicha tavsiyalar beradi. Ko’pgina ilmiy ma’lumotlami umumlashtirish orqali ko’rish mumkinki, turlichicha tuproq meliorativ sharoitlarda g’o’zani sug’o rishda suvlarning ruxsat etilgan minerallashganlik darajalari turlichadir. Sug’orish suvining tarkibidagi tuzlar ko’rsatilgan miqdordan ko’p bo’lsa, bunday suvlar foydalanishdan oldin daryo suvi bilan aralashti- rilib, minerallashganlik darajasi yo’1 qo’yiladigan miqdorgacha kamaytiriladi. Suv bilan ta’minlanish kam bo’lgan yillari kollektor-zovur suvlari- ning minerallashganlik darajasi yuqori bo’lishini e’tiborga olgan holda ulami sug’orishdan oldin daryo suvi bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda aralashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar minerallashgan suvlar bilan sug’orish me’yori tuproqning chegaraviy dala nam sig’imigacha suv tanqisligidan kam bo’lsa, u holda tuproqda tuz to’planish jarayoni yuzaga keladi. Shu sababdan bunday sharoitlarda sug’orish me’yori daryo suvi bilan sug’orishdagiga nisbatan 15-20 foizga, mavsumiy me’yori 20-25 foizga oshiriladi, ya’ni sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi qo’llaniladi. Ekinlami minerallash- gan suvlar bilan sug’orishda sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi qo’llanilmagan sharoitda har yili yoki bir necha yilda kuz—qish yoki erta bahorda bir marotaba sho’r yuvish o’tkazish talab etiladi. Minerallashganligi 6 g/l. gacha bo’lgan suvlardan sho’rlangan yerlarda foydalanishda sho’r yuvish me’yori 35-40 foizga oshiriladi. Minerallashgan suvlardan sug’orishda foydalanishda suv tarkibidagi tuzlar o’simlikka, ayniqsa, uning dastlabki fazalarida ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan yerlarda mo’tadil ko’chat qalinligini ta’minlash maqsadida ekish me’yori daryo suvi bilan sug’orish sharoitidagidan birmuncha oshiriladi. Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari t/r Ekinlar Suvdagi tuzlarning konsetrasiyasi, g/l 5 10 15 1 G’o’za 110 120 130 2 Beda 120 150 200 3 Makkajo’xori 105 125 140 4 Oq jo’xori 105 115 130 5 Arpa 110 130 140 1-jadval. Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari (chuchuk suv bilan sug’orishdagiga nisbatan foiz hisobida) O’zbekiston Respublikasida qolaversa Buxoro viloyatida ham qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkoniyatlari juda katta hisoblanadi. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini so’g’orishda keng foydalanish suv zaxiralarini ko’paytirish bilan bir qatorda yangi yerlarni o’zlashtirib, ularning suv ta’minotini yaxshilash uchun qulay zamin yaratadi. Hozirda kollektor-zovur tarmoqlariga kelib tushadigan zax va tashlama suvlar o’n millionlab metr kubni tashkil etib, ularning mineralizatsiyasi (2-7 g/l) unchalik yuqori emas va shu bilan birga ularning tarkibidagi suvda erigan o’g’itlar miqdori daryo suvlarinikiga nisbatan 2-5 barobar ortiqdir. Minerallashganlik darajasi yuqori bo’lgan suvlar bilan sug’orishda, albatta, sug’orish maydonlari zovurlangan va sug’orish me’yorining odatdagidan (20-30%) ko’p bo’lishligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq bunday suvlar bilan uzoq muddatda sug’orish tuproqlarning sho’rlanishiga olib keladi. Minerallashgan zax va tashlama suvlar bilan sug’orishda, muntazam ravishda ularning minerallashganligi va sifati nazorat qilinishi muhim hisoblanadi. Minerallashgan zovur-tashlama suvlari bilan yer ustidan (egatlab, bostirib) sug’orish usulini qo’llash amalda mavjud. Ayniqsa, ular sholi yetishtirish orqali sho’rlangan yerlarning sho’rini yuvishda samarali hisoblanadi. Suv tanqis sharoitda mineralizatsiyalangan kollektor-zovur suvlaridan xavfsiz foydalanish darajasi muammosi haligacha hal etilmagan va qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish uchun har xil tuproq-meliorativ sharoitlarda kollektor-zovur suvlaridan samarali foydalanish bo’yicha innovatsion texnologiyalarni qo’llashga bag’ishlangan tadqiqotlar olib borilmagan. Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma- bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti va kollektor-drenaj suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo’qotilishini kamaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini 2020-2030- yillarda rivojlantirishning Konsepsiyasida bu o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini suv bilan taminlovchi manbalar: -ichki daryolar va transchegaraviy daryolar; -katta va kichik suv omborlari; -tabiiy ko’llar; -yer osti suvlaridan suv oluvchi quduqlar; -oqova suvlar; -kollektor-drenaj suvlari. Ma’lumki sug’oriladigan yerlardan suv manbalari uzoqda joylashgan. Shu sababdan kanallar, ariqlar qazilgan. Respublikamiz hududidagi sug’oriladigan maydonlarda irrigatsiya tarmoqlari sug’orish suvini sug’orish dalasiga yetqazib beradi. Melioratsiya tarmoqlari esa ortiqcha suvlarni sug’orish dalasidan olib chiqib ketadi. Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari har bir hudud bo’yicha juda keng tarqalgan. Sirdaryo viloyatining irrigatsiya tarmoqlarini hududlarda joylashgan uzunligidan bilish mumkinki sug’oriladigan yerga eng yaqin manbaa irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlaridir. Demak, bu ikki tarmoq orqali sug’orish dalasini suv bilan ta’minlash mumkin bo’ladi. Melioratsiya tarmoqlarini suvi sug’orishga yaroqsiz hududlarda chuchuk daryo suvlariga aralashtirish va biologik usulda tozalash orqali foydalanish mumkin. Bu usul amalda o’z isbotini topgan. Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling