Mustaqil ish mavzu: xalq demokratik partiyasi
Download 43.22 Kb.
|
a
3. HOZIRGI KUNDA XDP O’RNI.
Parlament va mahalliy Kengashlarga saylov yakunlandi. Endi saylov oldidan mo‘ljallangan ishlarni aniq rejalashtirib, ro‘yobga chiqarish uchun kurashadigan davr boshlandi. Saylov natijalarini atroflicha tanqidiy tahlil etish, respublika bo‘yicha yangidan shakllanayotgan deputatlik birlashmalarining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish maqsadida Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi videomuloqot shaklida o‘tkazildi. Hududiy studiyalarda viloyat, tuman va shahar kengashlari raislari hamda partiya guruhlari rahbarlari, jami 300 kishi ishtirok etdi. Yig‘ilishda dastlab Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarda partiya erishgan umumiy natijalar tanqidiy tahlil etildi. O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov saylov jarayonlari yangicha huquqiy sharoit va ochiqlik muhitida o‘tgani, partiyalarga o‘z g‘oya va dasturlarini targ‘ib qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilganini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yilgan sustkashlik va kamchiliklarni jiddiy tahlil qilish, ularning sabablarini zudlik bilan bartaraf etish zarurligi qayd etildi. Xalq demokratik partiyasi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlardagi jami 6720 ta deputatlik o‘rnining 1608 tasini, ya'ni umumiy natijalarga ko‘ra siyosiy partiyalar orasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 150 ta deputatlik o‘rnidan 22 tasini, Jo‘qorg‘i Kenges, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi 831 ta o‘rindan 202 tasini, tuman, shahar Kengashlaridagi 5739 ta o‘rindan 1384 tasini Xalq demokratik partiyasi nomzodlari egalladi. Partiya deputatlarining 1420 nafari oliy ma'lumotli, 62 nafari 30 yoshgacha, 738 nafari 30-50 yoshgachadir. Deputatlarning 450 nafari xotin-qizlar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning 11 nafari, ya'ni teng yarmi ayollardir. Parlamentdagi eng yosh deputat ham shu partiyadan saylangan. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq hamda saylov natijalariga asosan Xalq demokratik partiyasi Qonunchilik palatasida o‘z fraksiyasini, Jo‘qorg‘i Kenges, viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlarida (14 ta), shuningdek, tuman va shahar Kengashlarining 195 tasida o‘z guruhlarini tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aynan shundan kelib chiqib, yig‘ilishda Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi platformasini amalga oshirish bo‘yicha partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi guruhlarining 2020 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturi muhokama etildi. Ushbu dasturda har bir hududda deputatlar qanday ijtimoiy muhim masalalarni tanqidiy tahliliy o‘rganishi, sessiyalarga olib chiqishi, hokimlik va mas'ul idoralarning hisobotlarini eshitishi bo‘yicha vazifalar aniq belgilangan. Har bir viloyat, tuman hamda shahar Kengashidagi deputatlik guruhlari yilning har choragida o‘rganishi, muhokama qilib, tahliliy tanqidiy takliflar tayyorlashi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar nazarda tutilgan. Dasturga muvofiq respublika miqyosida jami 942 ta masalani o‘rganish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha partiya Markaziy Kengashi bo‘lim boshliqlari – Baxtiyor Abdullayev, Boymurod Yusupov, Qoraqalpog‘iston respublika kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov, Surxondaryo viloyat kengashi raisi Mavjuda Hasanova, Navoiy viloyat kengashi raisi Maqsud Nurullayev, Farg‘ona viloyat kengashi raisi Dilbar Mamadjanova, O‘zXDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a'zolari – Sharbat Abdullayeva va Safar Ostonov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991-yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan. 2005-yil iyulda partiyaning yangi Dasturi, 2004-yil noyabrda yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi. Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadr qimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi — 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Unda partiya Markaziy kengashi va Markaziy taftish komissiyasi saylanadi. Markaziy kengash plenumida MK birinchi kotibi va kotiblari (yangi tahrirdagi Ustavga muvofiq, MK raisi va rais oʻrinbosarlari) hamda joriy ishlarga rahbarlik qiluvchi Siyosiy ijroiya qoʻmita saylanadi. Oʻzbekiston XDP Markaziy kengashi 1kotiblari: M.Rasulov (1991-94), A.Jalolov (1994-2004); Markaziy Kengash raislari: A. Rustamov (2004-2005), L.Gʻulomov (2005-yil iyuldan). Oʻzbekiston XDP tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahri, 171 ta tuman va 29 shahar kengashlari, 13730 ta boshlangʻich tashkilot mavjud. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashrlari: „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazlari va „Muloqot“ jurnali. Download 43.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling