Mustaqil ish mavzu: xalq demokratik partiyasi


Download 43.22 Kb.
bet4/8
Sana09.06.2023
Hajmi43.22 Kb.
#1469660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
a

2. XDPNING DASTURI.
2019 yil 28 oktabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi XI Qurultoyida partiya dasturi qabul qilingan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarini, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqini ta’minlash, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, har bir oila hamda butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlardan kelib chiqib belgilaydi.
O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasining bosh maqsadi – aholi turmush darajasi yuqori bo‘lgan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash maqsadi ushbu manfaatlarga to‘liq mos keladi.
Bu masalada islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha jabhalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayonda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiyalash hamda barcha sohalarni liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ustuvor vazifalarni hayotga izchil tatbiq etishda faol ishtirok etish O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘zbekiston XDP saylov kampaniyalarida faol ishtirok etib, o‘z nomzodlarining ko‘pchilik saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlashiga erishish va shu orqali davlat hokimiyati ijro organlarini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularga erishishning samarali yo‘llarini belgilashda ta’sirga ega Qonunlarni qabul qilish uchun zarur imkoniyatni qo‘lga kiritishni maqsad qilmoqda.
O‘zbekiston XDP saylov kampaniyalarida faol ishtirok etib, ko‘pchilik saylovchilar ovozini to‘plashni, shu orqali qonunlarni qabul qilish, davlat hokimiyati organlarini shakllantirish hamda ular tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ro‘yobga chiqarish jarayonlariga samarali ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Download 43.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling