Mustaqil ish mavzu: Xesh jadval va xesh funksiyalari
Download 97.53 Kb.
|
Norbekova Farida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Xesh-funksiya xossalari. Xesh-funksiya turlari. Xesh funksiyalarning qo’llanishi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fan:Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlash MUSTAQIL ISH Mavzu: Xesh jadval va xesh funksiyalari. Guruh: 060-20 Bajardi: Norbekova Farida Tekshirdi:
REJA: Kirish. Xesh-funksiya xossalari. Xesh-funksiya turlari. Xesh funksiyalarning qo’llanishi. Xesh jadval va xesh funksiyalari KIRISH. "Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi. Odatda “xeshlash” – bu jarayon bo’lib, ingliz tilida - chopish, aralashtirish kabi ma’nolarni anglatadi. Xeshlash - bu ma’lumotlarning kirishdagi massivini determenistik algoritm bo’yicha chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir. Boshqacha aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, uning kirishidagi massiv maxsus algoritm asosida chiqishda bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi. Bunday almashtirish xesh-funksiya yoki o’rash funksiyasi deyiladi. Almashtirish natijasi esa xesh yoki xesh-kod yoki xabarlar qisqa izohi (o’rami) deb ataladi. Ikki massiv yoki satrning xesh-kodlari har xil bo’lishidan bu massivlar bir xil emas degan xulosa qilish mumkin. Xesh-kodlari bir xil bo’lishi esa massivlar bir xil bo’lishi muminligini ( ehtimoli borligini) bildiradi. Xeshlash qo’llaniladigan holatlarga misollar: · har bir elementi o’zoro biriktirilgan ikki qismdan iborat massivlar (masalan, lug’at shaklidagi massiv) hosil qilishda; · ma’lumotlar to’plamida takrorlanuvchi elementlarni izlash uchun; · ma’lumotlar to’plami uchun o’ziga xos takrorlanmaydigan ism (identifikator) topish uchun; · ma’lumot saqlash yoki uzatishdagi tasodifiy yoki ataylab qilingan xatolarni aniqlash maqsadida nazorat uchun yig’indilarni hisoblashda; · himoya tizimlarida parollarni saqlash uchun (bunda parol saqlanayotgan xotira sohasiga murojat paytida parolni bilib olish mumkin bo’lmaydi); elektron imzoni ishlab chiqishda (amalda xabarlarning o’zi emas ularning xesh-shakli imzolanadi). Umuman olganda, boshlang’ich ma’lumotlar va ularning xesh-kodlari o’rtasida o’zoro bir qiymatli moslik yo’q. Chunki xesh-funksiyasi qiymatlari soni kirish massivi variantlari sonidan kichik. Quyidagi jadvalda massivning turli variantlari va ularga mos nazorat yig’indilar keltirilgan (bunda xesh-funksiya qiymati massiv elementlari yig’indisidan iborat).
Bu jadvaldan ko’rinadiki, massivning turli variantlari bir xil xesh-kodga ega bo’lishi mumkin ekan. Download 97.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling