Mustaqil Ish Mavzu: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish. Bajardi: Xoshimov Valijon Qabul qildi: Qo’shbaqov Abdulhamit Reja


Download 49.75 Kb.
bet6/6
Sana03.12.2023
Hajmi49.75 Kb.
#1800693
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil

Investitsiya shartnomalari

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to`g`risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 07.07.2006 y. 133-son qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan.

Ushbu Nizom "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog`liq bo`lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo`naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar):
-barqaror iqtisodiy o`sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy o`zgartirishlarni ta`minlovchi ustuvor tarmoqlarni;
-respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyotini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xo`jalik aloqalariga integratsiyalashni ta`minlovchi ustuvor loyihalarni amalga oshirilishi;
- xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishga, aholini ish bilan ta`minlashga yo`naltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning har bir aniq holatida beriladi.
Bunda soliqlar, bojxona to`lovlari va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qo`shimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda bo`lishi mumkin emas. Qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida investor bilan investitsiya shartnomasi tuziladi. Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati sub`ektlarining investitsiya faoliyati ob`ektlariga nisbatan xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. Investitsiya shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali O`zbekiston Respublikasi Hukumati hamda chet ellik investor (investorlar) o`rtasida tuziladi. Investitsiya shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi.
Bunday kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) O`zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va to`lov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ko`maklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni o`z ichiga olishi mumkin.
Investitsiya shartnomasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak:
-investitsiyalar ob`ekti va hajmi;
-investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
-investorning, shu jumladan investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini ta`minlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifatining kafolatlangan darajasi, o`zi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va ko`rsatadigan xizmatlari hajmi, O`zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini ta`minlash, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, mehnat qonunchiligiga va texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatining boshqa sohalari bo`yicha xuquq va majburiyatlari;
-O`zbekiston Respublikasi Hukumatining, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari berish bo`yicha xuquq va majburiyatlari;
-loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasining amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi to`g`risidagi axborotlar;
-chet ellik investor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
-tomonlarning investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligi;
-o`zgartirishlar kiritish tartibi;
-investitsiya shartnomasining amal qilishini to`xtatish tartibi;
-investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va ko`rib chiqish joyi.
Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab boshqa shartlar, shu jumladan:
-tomonlarning mintaqaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha o`zaro majburiyatlari;
-investorning shartnomani bajarish natijasida o`ziga tegishli mahsulotni va olingan foydani (daromadlarni) O`zbekiston Respublikasidan chetga chiqarish xuquqi;
-chet ellik investorning O`zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari bo`lgan xodimlarni yollash va o`qitish bo`yicha majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investorning investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallangandan keyin tashkil etilgan tashkilotning xodimlarini o`qitish bo`yicha majburiyatlari ham bo`lishi mumkin.
Chet ellik investor investitsiya shartnomasini tayyorlash uchun O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga quyidagilarni taqdim etadi:
-investitsiya shartnomasining loyihasi;
-qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organlarda ekspertizadan o`tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash) asosida bajarilgan asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar;
-investitsiya shartnomasi loyihasining xuquqiy ekspertizasi yuzasidan - Adliya vazirligining xulosasi;
-chet ellik investorlarga va (yoki) tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo`shimcha ravishda soliq solish bo`yicha imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi xulosalari.
Zarurat bo`lganda, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi chet ellik investordan investitsiya shartnomasi loyihasini baholash bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha materiallarni so`rab olishi mumkin. CHet ellik investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya shartnomasi loyihasi va boshqa materiallar investitsiya shartnomasi loyihasi olingan kundan boshlab o`n to`rt ish kuni mobaynida vakolatli organlar tomonidan ko`rib chiqiladi. Zarurat bo`lgan taqdirda, investitsiya shartnomasi qoidalarini kelishib olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda chet ellik investor (investorlar) o`rtasida muzokaralar o`tkaziladi. CHet ellik investor hamda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investitsiya shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni tasdiqlash to`g`risida Hukumat qarorini qabul qilish uchun kiritiladi. Agar investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo`lsa investitsiya shartnomasini tasdiqlash to`g`risidagi tegishli band investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi)ni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasiga kiritilishi mumkin. Agar investitsiya shartnomasida soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferentsiyalari berish nazarda tutilsa bunday shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. CHet ellik investor bilan investitsiya shartnomasi uni tasdiqlash to`g`risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa. CHet ellik investor investitsiya shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi to`g`risida hisobotlar taqdim etadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning chet ellik investor tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
Download 49.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling