Mustaqil ish Mavzu: Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari Reja: Xufyona iqtisodiyot haqida tushuncha Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari


O‘zbekiston respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami


Download 28.59 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1342048
1   2   3
Bog'liq
Hujjat

O‘zbekiston respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 Yil 17 sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, Sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra Suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan Ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi. BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan. Tadqiqotlar natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyosini monetar usullar Asosida, shuningdek, respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalarVa 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan. Baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq. Turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular. Miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga. Korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan. Bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi, Xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq. Muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarishInfratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk huquqining himoya qilinmaganligi kiradi. BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv asosida amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” salmog‘i 46,4 foizni tashkil etadi. Ayrim ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yashirin Iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga. Murojaat etadigan bo‘lsak, 2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Yalpi ichki Mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. Shunda ekspertlar fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 trln.so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m mablag‘ iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi. Agarda biz ushbu mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat budjetiga soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd AQSh Dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim. Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas. «O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. «Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi», - dedi Tohirjon Jalilov. Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 Yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 Millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million Aholimiz bor», – deb ma’lumot berdi. U prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 Sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni astasekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
2022-yilda O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotning ko‘lami YaIMga nisbatan 40-50 foiz orasida o‘zgarib turdi. Bu haqda 2022-yil 17 sentabr kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligida «O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotni baholash va uning ko‘lamini qisqartirish yo‘llari» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida xabar qilindi.Tadbir davomida BMT Taraqqiyot dasturi maslahatchilari monetar uslublar asosida O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyot hajmini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bilan bo‘lishdilar. So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, xufiyona iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy sabablari – soliqlar, yig‘imlar turlarining ko‘pligi va ularning miqdori. Bundan tashqari, ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra, quyidagi sabablar aniqlandi: korxonalarda yetarli mablag‘ yo‘qligi, banklar bilan hisob-kitoblar, to‘lovlar, naqd pul mablag‘larini olish bilan bog‘liq muammolar, xizmat ko‘rsatish sifati, yuqori kredit stavkalari.Iqtisodiy xarakterga ega bo‘lmagan asosiy sabablar – tadbirkorlarda zarur bilim va tajribaning yo‘qligi, boshqa tadbirkorlarning raqobati, ishlab chiqarish infratuzilmasining sifati, biznesni tashkil etish va olib borishda byurokratik to‘siqlar, korrupsiya va mulk huquqlarining himoyalanmaganligi hamda boshqalar.
Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling