Mustaqil ish mavzulari Qoraqalpoqg‘iston geologiyasiga umumiy geografik ta'rif


-mavzu: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning bosh yo‘nalishlari


Download 112.62 Kb.
bet16/19
Sana17.06.2023
Hajmi112.62 Kb.
#1543172
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari

12-mavzu: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning bosh yo‘nalishlari
Qoraqalpog`iston respublikasi hududida qishloq xo`jaligi xalq xo`jaligining eng yirik tarmoqlaridan hisoblanadi va aholini kundalik ehtiyoj mahsulotlari hamda sanoatning ayrim tarmoqlarini zarur mahsulot bilan ta`minlashda katta ro’l o`ynaydi. Qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish xo`jalik muammolari ichidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi va hozirgi kunda hukumat organlarining diqqat markazidagi bosh masalalar qatoriga kiradi.
Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab,xalq xo’jaligini, jumladan qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini uyushtirish uchun ajratilgan yirik mablag`larning hajmi 1,9 mlrd. so`m, 1986-1990 yillarda 2,5 mlrd so`m, 2000-yili 33,9 mlrd sum bo`lgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2000 yili 33,9 mlrd. so`mga ko`paydi. Ana shu sarflangan mablag`larning 33% i ishlab chiqarish ob`ektlarni qurish, qishloq xo`jalik mashinalarini sotib olish, transport tarmoqlarini yaxshilash va boshqalar uchun foydalanildi. Bu shirkat va fermer xo`jaliklarining mashina, traktor bazasini kengaytirishga va yaxshilashga yo`l ochdi. Keyingi yillarda respublikamizning qishloq xo`jaligi yuqori saviyali hamda kuchli traktorlar S-100 , K-700, K-701 “Keys” “Klass”va boshqa yuqori sifatli paxta terish mashinalari bilan ta`minlandi.
Dehqonchilik - Hozir Qoraqalpog`iston O`zbekistondagi eng yirik dehqonchilikka ixtisoslashtirilgan mintaqalardan hisoblanadi va bu yerda 1,3 mln ga yaqin obikor dehqonchilik uchun foydalanishga yaroqli ekin maydonlari mavjud. Statistik ma`lumotlarga nazar solsak, respublika hududida suv bilan ta`minlangan ekin maydonlar 456,8 ming gektarni tashkil qiladi. Shu jumladan, hozir dehqonchilikda foydalanilayotgan ekin maydoni 405,8 ming ga barobar.
Respublika bo`yicha sug`orib ekiladigan ekin maydoni tarkibida texnik ekinlar 36,6% tashkil etadi.
Qoraqalpog`istonda chorvachilik, dehqonchilik kabi qishloq xo`jaligining muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. U birinchidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlasa, ikkinchidan oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlarini xom ashyo bilan ta`minlaydi. Shu bilan boshqa iqtisodiy rayonga chiqarish uchun asosiy moddiy mahsulotlar beradi.
Qoraqalpog`istonda chorvachilik rivojlangan tarmoqlariga qo`ychilik, yirik qoramol, cho`chqachilik, tuya va yilqi etishtrish, parrandachilik va pillachilik tarmoqlari kiradi. Bularning ulushiga 2005 yilgi ma`lumot bo`yicha qishloq xo`jalik tarmoqlarida etishtirilgan mahsulotning 40,2 % to`g`ri keladi.
Qoraqalpog`iston bo`yicha chorva mollarining bosh soni umuman olganda ancha o`sdi. Masalan, 1981-2005 yillarda barcha xo`jaliklar bo`yicha yirik qoramollarning bosh soni 146,8 % ga, shundan sigirlarning bosh soni 150,4% ga ortdi.
Chorvachilik tarmoqlarini ravojlantirish chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishga yo`l ochdi. Masalan, 1981 yil bilan solishtirilganda 2005 yilga kelib respublikada go`sht etishtirish (so`yilgan holda) 110,0 %, sut 102,4 %, qoramol terilarini tayyorlash 103,0 % ni tashkil qildi.



Download 112.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling