Mustaqil ish mavzulari Urug’mevali daraxtlarning monolioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Download 0.64 Mb.
bet11/20
Sana06.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1436055
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari fitopotologiya

Leptesteriya (Leptestheria sp.)
Bu zararkunandalar, ya’ni Leptestheria ko‘payib ketganda, ular yer yuzasini titib, maysalarni yer betiga chiqarib quritib qo‘yadi. Ular hasharotlar sinfiga kirmaydi. Ular keng tarqalgan bo‘lib, Osiyo va Afrika qit’asida, ayniqsa, ko‘p uchraydi.
Leptesteriya barg oyoqli qisqichbaqalar turkumining Conchostraca kenja turkumiga kiradi. Uning bo‘yi 8 – 10 mm, eni 4 – 5 mm, boshi kichik va segmentlarga bo‘lingan, chiziqli tanasi tiniq, qorin tomoni ochiq ikki pallali chig‘anoq bilan qoplangan. Tanasining keyingi uchi ikkiga ajralgan bo‘lib, har birida ikkitadan qoramtir ilmoqcha bor.
Leptesteriya Toshkent viloyatining sholi maydonlarida may, iyun oylarida ko‘p paydo bo‘ladi. Zararkunanda suvda harakatlanib, loyqa ichiga kirib oladi. Nauplius va metanauplius bosqichlarini o‘tib, oyoqlari o‘sib, boshqa oyoqlarining boshlang‘ichi paydo bo‘ladi.
Ular ko‘payib ketganda, sholipoyalarning suvini qochirish yaxshi natija beradi. Sholi agrotexnikasini yaxshilash, begona o‘tlarni kamaytirish, yerni o‘z vaqtida o‘g‘itlash ham zararli organizmlarni keskin kamaytiradi.
Sholi zararkunandalariga qarshi Davlat kimyo komissiyasi tavsiya etgan insektitsidlarni qo‘llash mumkin.
Sariq zang kasalligi. Sariq zang zamburug’lari barglarda uzun qator-qator joylashgan sariq dog’lar hosil qiladi. Bu kasallikni ekinlarga tarqalishi va qishlashi qo’ng’ir zangdan farq qilmaydi. Sariq zang sporalari 0°Sda o’sishni boshlaydi va havo harorati 8-13°S ga yetganda to’qimalar ichiga kiradi. Yangi sporalar 12-15°S haroratda hosil bo’ladi va shamol yordamida faol tarqaladi. Bug’doy hosildorligini 50-60%, ayrim hollarda 100% gacha yo’qotilishi mumkin.

Qo’ng’ir zang kasalligi. Kasallik belgilaridan biri – barglarda dumaloq, tarqoq holda joylashgan, sarg’ish-qo’ng’ir dog’ hosil bo’lishidir. Ular ichida rivojlangan sporalar boshqa o’simliklarga havo harorati 23-26°S ga yetganda shabnam, yomg’ir va shamol yordamida o’tadi.

Kasallik manbai yovvoyi holda o’sadigan boshoqli begona o’tlardir. Sporalar kuzgi bug’doy ekinlariga o’tadi va kasallik tarqaladi. Qishda zamburug’ maysalarning ichida mitseliy va pustula holida qishlaydi. Bug’doy hosildorligini 25-50% gacha kamaytirishi mumkin.
Un shudring kasalligi. Kasallikning dastlabki belgilari o’simliklarning barglarida oq paxtasimon dog’ qatlami hosil qilish bilan boshlanadi. So’ngra qatlam qalinlashib, kulrang yoki sarg’ish-kulrang, bo’rtib chiqqan yostiqchalar tusiga kiradi. Kasallik pastki bargdan yuqoridagi barglarga va boshoqlarga o’tadi.
Yostiqchalar ustida kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’ning konidiyalari paydo bo’ladi. Konidiyalar shamol orqali boshqa o’simliklarga o’tadi. Kasallik havo harorati 15 – 20°S va nisbiy namligi 80 – 95% bo’lganida juda ham tez tarqaladi va rivojlanadi. Bug’doy hosildorligini 25 – 30% gacha kamaytirishi mumkin.
Septorioz kasalligi Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo va Farg’ona vodiysi viloyatlarida keng tarqaladi.

Bu kasallik bug’doy barglarida qora meva tanachalarini hosil qiladi va ulardan konidiyalar chiqib yomg’ir va shamol yordamida boshqa o’simliklarga o’tib tarqaladi. Zamburug’ning piknidiyalari va mitseliylari qishlovdan chiqib bahorda yosh o’simlik maysalarga tarqaladi. Bug’doy hosildorligini 35-45% gacha kamaytirishi mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling