Mustaqil ish mavzusi: Bilish falsafasi
Download 12.32 Kb.
|
Mustaqil ish mavzusi Bilish falsafasi-fayllar.org
Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va iazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi. Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgizamon gʻarb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini oʻrganuvchi maxsus soha - etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, sanoatkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, maʼnaviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy boʻlishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha boʻlgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, sanoatkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, maʼnaviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy boʻlishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha boʻlgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.Bilish subyekti. Bilish bilan shugʻullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning oʻziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun iisoniyat ayni bir vaktda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon boʻladi.Download 12.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling