Mustaqil ish mavzusi: Shaxsiyat va sog‘liqqa oid xatti-harakatlar


Download 28.35 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi28.35 Kb.
#1311086
Bog'liq
2-mustaqil ta'lim PSS 1 (2)


“ Amaliy psixologiya” fanidan 2-kurs sirtqi bo’lim talabalari uchun 2-mustaqil ish bo‘yicha ko‘rsatmalar.

Mustaqil ish mavzusi: Shaxsiyat va sog‘liqqa oid xatti-harakatlar.

“ Amaliy psixologiya” fanidan 6,7, 8, 9, 10-chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o‘rganing va quyidagi reja asosida yoriting.


Reja:

  1. Atamalar izohi.

  2. Davomiyligiga qaragan va belgiga asoslangan stress turlari.

  3. “Stress” mavzusida esse yozish.

1-reja. Amaliy psixologiyaga oid atamalarga na‘muna asosida izoh yozing.
Na‘muna:

  1. Depressiya-bu ruhiy kasallik bo‘lib u odamga hayotga bo‘lgan umidsizlik, odamlarga bo‘lgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolg‘izlik, to‘xtovsiz xavotirlanish va shu kabi negative hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin.

  2. Stress-

  3. Xavotir-

  4. Vahima-

  5. Qo‘rquv-

  6. Stigma-

  7. Agrofobiya-

  8. Fobiya-

  9. Shizofreniy-

  10. Autizim-




  1. 2-reja. Davomiyligiga qaragan va belgiga asoslangan stress turlarini jadval asosida yoritib bering.



O‘tkir stress

Bu turdagi stress uzoq davom etmaydi. Davolash oson bo‘lishidan tashqari, davomlarni qoldirmaydi. Asosiy belgilari: mushaklar og‘riydi, oshqozon bilan bog‘liq muammolar, asab tizimini haddan tashqari qo‘zg‘alishi, salbiy hissiyotlar

O‘tkir epizodik stress




Srunkali stress




Ijobiy stress




Xavotir yoki salbiy stress




Eslatma. 2-rejani bajarishda 9-mavzu taqdimoti va ma‘ruzamatnidan foydalanishingiz mumkin.

3-reja. ”Stress” mavzusida esse yozing.
Eslatma. Esse inshodan farq qiladi. Esse 3 qismdan - kirish, asosiy qism, xulosa qismlaridan iborat bo’lib 200-250ta so’zdan tashkil topgan bo’lishi kerak. (Kirish-60-70-ta so ’z, asosiy qism 100-130 ta so’z, xulosa-30-40 ta so’zdan iborat)


Fanni o‘zlashtirish va mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun
asosiy adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Graham Davey. Applied Psychology. Wiley-Blackwell; 1st edition (May 16, 2011), 694 pages.

  2. Avanesova O. Inqiroziy vaziyatlarga duch kelgan kishilarga psixologik yordam ko`rsatish. O`quv qo`llanma. Toshkent, 2006.

  3. Кочюнанс Р. Общие проблемы психологического консултирования. Учебная пособия. Россия 1999.

  4. Балин В.Д. Лабораторные и практические занятия к курсу психофизиологии. С-Пб, 2007. Учебно-методическое пособие.

5. Psychology, 11th Edition 11th Editionby David G. Myers (Author), C. Nathan DeWall (Author) 2018 publication


6. Psychology. Authors: Rose M. Spielman, Kathryn Dumper, William Jenkins, Arlene Lacombe, Marilyn Lovett, and Marion Perlmutter. 2019 publication

Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda, 1,5 intervalda taqdim eting.
4. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, Microsoft Wordda yozing.
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 15 ball.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, bolaning aqliy rivojlanshidagi o‘zgarishlarni amaliy-ijodiy yondashib to‘liq yoritsa, 13-15 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 12-11 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 10-8 ball qo‘yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 7-5 ball qo‘yiladi.

  5. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 4-2 ball qo‘yiladi.

  6. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.

  2. Topshirish muddati: 29.04.2023 yil, soat: 23:55.


Men sizga ishonaman va omad tilayma!

Fan o‘qituvchisi: S. Asilova.
Download 28.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling