Mustaqil ish mavzusu: Notiqlikni rivojantirish
Download 22.06 Kb.
|
notiqlik vazifa
Notiqlik san’ati va liderlik fanidan 3-kurs EKS va MLS sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish bo‘yicha ko‘rsatmalar Mustaqil ish mavzusu: Notiqlikni rivojantirish Notiqlik san’ati va liderlik fanidan 5-6-7-8-9-10-chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o‘rganing va quyidagi reja asosida yoriting. Reja: Tushunchalar tahlili. Notiqlik san’atiga doir 5 fikr. Nutq ma’ruzasini mazmunan izchillik asosida tartiblang. 2-mustaqil ishning 1-rejasini yoritishda quyidagi namunadan foydalaning. “Tushunchalar tahlili”
2-reja. Bajarish tartibi. Sizga yuborilgan Rahimboy Jumaniyozovning “Muomala madaniyati” risolasini o‘qing va o‘zingizga yoqqan 5 ta fikrni ajratib yozing. 1-fikr. Nutqni yozma ravishda bayon etish qadimdan qo‘llanib kelingan. Munshiylar, kotiblar va allomalar bu san’atni yuqori darajaga ko‘targanlar. YOzma va og‘zaki nutqning jilosi tafakkur mashqlaridir. SHu haqda so‘z yuritib, professor Nusratillo Jumaev yozadi: «yozma nutq bilan shug‘ullanmagan notiq nutqining rivoji sust, sayqal topishi qiyin kechadi. Uning so‘z boyligi, ifoda imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi ». Og‘zaki va yozma nutqning o‘zaro bog‘liqligi ularning shakllanish jarayonidagina emas, balki taraqqiy etishida, sayqal topishida muhim ham muqimdir. Davraga chiquvchi notiq demoqchi bo‘lgan maqsadini to‘la bo‘lmasa-da, xomaki tarhini qog‘ozga tushirib rejalashtiradi. Nimadan nimaga o‘tish, qancha to‘xtalish, nimalarni aytish yoki aytmaslik haqidagi chizgilar notiq so‘zlayotgan paytda ham uning ko‘z oldida xuddi qog‘ozdagidek xayoliy suvrati namoyon bo‘lib turadi. Aks holda, nutq me’yori buzilib, vaqt cho‘zilib ketishi, auditoriya yaxshi qabul etmasligi mumkin. Qo‘pol aytganda, notiq o‘zining fikr tizginini jilovlay olmasdan talmovsirab qolishi mumkin. YUqorida keltirilgan iqtibosning davomida xuddi shunday ibratomuz fikrlarni o‘qiymiz: «Notiqning fikru o‘ylari, qalb kechinmalari yozma nutq jarayonida rosa ishlanadi, pishib mumtoz darajaga etadi. So‘ng og‘zaki nutqda jamol ko‘rsatadi. Og‘zaki nutq ham ijod jarayoni. Unda inson favqulodda noyob fikr, g‘oyalarni, badiiy ifodalarni kashf etadi. Ularni so‘zlab yurib, pishitib sayqal toptiradi va qiyomini quyma qilib yozma nutqida terib yozadi». Og‘zaki nutqning qator vazifaviy ko‘rinishlari mavjudki, ular kezi kelganda, yozma nutqqa jilo beradi. Uning ta’sirchanligini oshiradi. Kundalik so‘zlashuv nutqi, lektorlar nutqi, radio va televidenie nutqi, sahna nutqi bularning har biri alohida tadqiqni talab etadi. 2-fikr. Inson qalbiga yo‘l topilmasa, barcha sohalarning rivoji, jamiyat taraqqiyoti haqidagi so‘z puchga aylanadi. Insonning ongu shuuri, qalbigina ulug‘ va qutlug‘ ishlarga qodirdir. Bu qalbda dunyoqarash va tafakkur qudrati bor. Tafakkur va ongning yuksakligiga erishmasdan turib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizning ro‘yobini tasavvur etish mushkul. SHuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov: “Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki biz ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz ya’ni, inson qalbiga yo‘l topa olmaymiz” deyishlari bilan haq. Bu fikrlar o‘git, hikmatgina emas, balki chaqiriq, da’vat o‘rnida jaranglaydigan, barcha ma’naviyat targ‘ibotchilari zimmasidagi mas’uliyat va majburiyatdir. Qalbning qalbga bo‘lgan munosabatisiz, murojaatisiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. 3-fikr. Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr etkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Notiqlik, voizlik, ritorika, oratorlik, krasnorechie, xatoba ana shunday san’atdir. Ushbu san’atlar har bir davrda o‘sha zamonning mafkurasiga xizmat qilib kelgan. Turli “izm-izm”lar, har xil mafkuraviy oqimlar undan ustalik bilan foydalanishgan. SHu ma’noda, notiqlikni dudama xanjarga o‘xshatishadi. YA’ni, u ikki tomoni ham kesuvchi quroldir. Bir tomonida adolat tursa, ikkinchi tomonida adovat. Kim undan qanday foydalanishiga bog‘liq. Demak, voiz va voizlik san’atining sir-asrorlari va mohiyatini chukur bilish kerak. Voiz o‘zi ham so‘zi joiz bo‘lishi uchun chuqur bilim va malakaga, etuk dunyoqarash va saviyaga ega bo‘lishi kerak. Toki, uning har bir so‘zi xalq farovonligi, yurt tinchligi, vatan ravnaqiga xizmat qilsin. Hozirgi zamonda xalq qalbi va onggi uchun kurash ketayotgan paytda turli xil usullar bilan o‘z manfaatlarini ifoda etuvchi g‘ayri kuchlar paydo bo‘laveradi. Bularga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr etkazish san’atini egallash lozim. “Mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan katta kuchga ega” ekanligi “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ta’kidlanishi bejiz emas. Mafkura, g‘oya birligi ham so‘z bilan. So‘z g‘oya bayrog‘i, mafkura mayog‘i, xulq qaymog‘i, nutq aymog‘idir. 4-fikr. Dil – qulf, til – kalit Uyingizdagi yoki ishxonangizdagi xonalarning eshiklariga razm soling. Qulflog‘liq eshikni ochish mushkul. Harchand kirishga urinmang, befoyda. Biroviga tushadigan kalit ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydi. Har birining o‘z ochqichi, “tish”lari boshqacha. Odamzot qalbi ham shunga monand. Har biri o‘z didi, saviyasi, bilimi, fikrlash va yashash tarzi va dunyoqarashi bilan ajralib turadi. Siz ana shularni bilgan holda muomalada bo‘lasiz, aks holda,”qovun tushirib qo‘yishingiz” hech gap emas. Hammaning qalbiga yo‘l har xil yo‘sinda. Did bilan dillashish mushkul. Farzandlaringiz, ota-onangiz, hatto, turmush o‘rtog‘ingiz bilan ham didingiz bir xil bo‘lavermaydi. Ba’zi masalalarda maslakdoshsiz, emak, ichmak, kiymak bobida didingiz har xil. Demak, ruslardagi “vkus i svet tovarishi net”degani bejiz emas. Ko‘ngil qulfiga mosu xos ochqich bu so‘zingiz, nutqingizdir. U qanday bo‘lishi kerak? Buning uchun esa muomala madaniyatining ikkinchi muhim jihatiga e’tiborni qaratish zarur. 5-fikr. Tovush – so‘zning moddiy tomoni. Boshqacha aytganda, tovushlar talaffuzi tilning harakatdagi amaliy jarayoni. Har tovushning o‘z sifati, jarangi, ohangi va talaffuz me’yori bor. Bu jihatlarni doimo nazarda tutish kerak. CHunki nutqqina fikrni sodda, tushunarli va teran bo‘lishini ta’min etadi. Nutqning mohiyati uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy qimmati bilan belgilanadi. Jonli nutqning ikki qanoti bir-biridan kuch oladi. Bu nutq madaniyatining ikkita ko‘rinishidir. Muomala jarayoni bularni puxta bilish, o‘zlashtirish va amalda muvaffaqiyatli qo‘llashni taqozo etadi. Bu og‘zaki va yozma nutq madaniyatini egallashdir. Kimdir og‘zaki nutqqa mohir bo‘lsa, kimdir yozma nutqqa. Aslida, har ikkalasining ham ustasi bo‘lish kerak. Xalq iborasi bilan aytganda, «gapga do‘ppi kiygizadigan» so‘z ustalarining nutqi kishini o‘ziga rom etmasdan qo‘ymaydi. Ustozlardan biri shunday degan edi: «Men minbarga chiqsam, o‘zimni miltiq o‘qtalgan ovchi oldida dag‘-dag‘ titrayotgan quyonga o‘xshataman, yozish uchun stolga yaqinlashsam, o‘zimni bamisoli arslondek tasavvur qilaman». 3-reja. Bajarish tartibi. Quyida qismlari aralash holda keltirilgan matnni o‘qing va mazmunan qismlarini o‘rniga qo‘yib yozing. Hikoya qismlari ranglarda ajratilgan. IBRATLI HIKOYA Faqir kishi 6 chisini hadyadek olayotganiga juda xursand boʻldi. Koʻrpalarni olib ketarkan, Alloh oʻnglagani uchun koʻzlaridan quvonch yoshlari toʻkilardi. U uzoqlashib boʻlgandan keyin, voqea guvohi boʻlgan doʻkondorning doʻsti soʻradi: — Men Robbim bilan savdolashdim, doʻstim. Uning rizosini istab, miskin kishi va oilasi, qattiq sovuq kelishi kutilayotgan qishda shunga muhtoj boʻlishini bilganim uchun shunday qildim. Shoyad shu bilan Robbim meni jahannam issigʻidan asrasa. Agar u kishining izzat nafsiga tegmasa, bekorga berib yuborardim, -dedi. Kambagʻal ekanligi koʻrinishidan tayin boʻlgan kishi koʻrpa — toʻshak sotiladigan doʻkonga keldi. Sotuvchidan oilasi uchun zarur boʻlgan eng arzon koʻrpalarni soʻradi. U 6 ta koʻrpa olishi, yonida 100 riyoli bor edi. Doʻkondor: — Unda nimaga bu kishiga bu narxda sotdingiz? — deb soʻradi. — Menda, Chinda ishlab chiqarilganlari bor. Yaxshi isitadi. Uning donasi 20 riyoldan. Agar 5 ta olsangiz 6 chisini tekinga beraman, — dedi. — Allohga qasam, aziz doʻstim, xuddi oʻshandan. Men sizga uning ustiga qoʻymasdan oʻz narxiga sotgandim, — dedi, savdogar. — Bu oʻsha siz eng yaxshi, eng qimmat, deb oʻtgan hafta 350 riyoldan menga sotgan koʻrpalardan emasmi? dedi. Ummu Abdulloh tarjimasi Xulosa oʻrnida quyidagi oyatlarda kelgan Allohning vaʼdalari yetarlidir. «Mollarini Allohning yoʻlida sarflaydiganlarning misoli, xuddi bir dona donga oʻxshaydi. Undan yetti boshoq oʻsib chiqadi, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana koʻpaytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi zotdir. Allohning yoʻlida mollarini sarflab, soʻngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling