Mustaqil ish menejment nazariyalarining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.85 Mb.
bet3/5
Sana14.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1773655
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu CMM-55TURSIMETOVA M. R.

SHunday qilib, F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko’rinishida rivojlanib bordi. F. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G. Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning “Mehnat unumdorligining 12 printsipi” nomli asarida yoritilgan.

G. Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko’ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan.

  • 1.Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar.
  • 2.Oqil, sog’lom fikr.
  • 3.Jozibali, e’tiborli mahsulot.
  • 4.Intizom.
  • 5.Xodimga nisbatan adolatli bo’lish.
  • 6.Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
  • 7.Dispetcherlash.
  • 8.Me’yorlar va jadvallar.
  • 9.SHaroit bilan ta’minlash.
  • 10.Operatsiyalarni me’yorlash.
  • 11.Standart yo’riqnomalarni tayyorlash.
  • 12.Unumdorlikni rag’batlantirish.
  • Ko’rinib turibdiki, G. Emersonning diqqat-e’tiborida, eng avvalo ikki, ya’ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G. Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o’rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.

Mumtoz menejment namoyondalari.

  • A. Fayolь boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan frantsuz olimlardandir. UFrantsiyadagi ko’mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o’zining boy amaliy tajribasini ”Umumiy va sanoat boshqaruvi”(1916 y.) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g’oyalari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan (4-jadval).

Insoniy munosabatlar ― maktabi namoyondasi

“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:-rahbarning xodimga bo’lgan munosabatlari alohidalashtiriladi;-mehnatni rag’batlantirish qat’iy normalashtirildi;-mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi;-mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi;-yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat’iy o’rnatildi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling