Mustaqil ish moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish
Moliyaviy hisobotga ilovalar va tushuntirish xatlari
Download 84.02 Kb.
|
MUSTAQIL ISH
Moliyaviy hisobotga ilovalar va tushuntirish xatlari
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar korxonaning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini real baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (ro‘yxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 5-son)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi. Turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ko‘p qirraliligi hisobga olganda, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot bilan ta’minlay olmaydi. Shuning uchun yillik moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritilib, unda xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. Bu sharhda xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda va kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar yoritib beriladi, xususan: Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyalashtirish manbalari va risklarni boshqarish; Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab turgan tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarga uning munosabati hamda ularning subyekt faoliyatiga ta’siri; Foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar. Qo‘shimcha axborotni taqdim etish. Tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. Download 84.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling