1-Topshiriq Mavzu: Moliyaviy risklarni boshqarish Reja: Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi
Download 62.1 Kb.
|
Mavzu.docx Moliyaviy risk Kenjayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi
1-Topshiriq Mavzu: Moliyaviy risklarni boshqarish Reja: Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi Risklarni boshqarish jarayonini. Moliyaviy risklarini boshqarish - risk darajasini pasaytirishning muhim omili. 1.Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi Risklarni boshqarish rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida integratsion bir faoliyat hisoblanib, riskni baholash, strategiyalar va uni boshqarish uchun xavflilik darajasini kamaytirish, boshqaruv resurslaridan foydalanish demakdir. Ba`zi an`anaviy riskni boshqarishda jismoniy yoki yuridik sabablarini (masalan, tabiiy ofatlar yoki yong`in, baxtsiziz hodisalar, o`lim) keltirib chiqadigan riskga qaratilgan bo`ladi. Moliyaviy xavf(risk)ni boshqarish, boshqa tomondan, moliyaviy kotirovka yordamida boshqariladi. Risklarni boshqarish maqsadi biron bir oldindan tanlangan domenga bog`liq turli risklarni kamaytirish hisoblanadi. Bu, atrof-muhit, texnologiya, odamlar, tashkilotlar va siyosiy vaziyatlar oqibatida ko`plab turdagi tahdidlarga aytish mumkin. Risklarni boshqarish turli usullarda va mavjud riskni bartaraf etish, oldini olish yoki riskni kamaytirish mumkinligidir. Bunda texnik omillardan foydalanib, riskni kamaytirish va tahlil qilish hisoblanadi. Risklar bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar faoliyatining xarakterli tomoniga ta`sir qiladi. Risklarni boshqarishning maqsadi ya`ni, mumkin bo`lgan risklarni boshqarish ularning yuzaga chiqish ehtimolini kamaytirish yoki ularning ta`sirini kamaytirish hisoblanadi. Shunningdek, o`zaro bog`langan va faoliyati muntazam takrorlanib turadigan faoliyatlar to`plamidir. Risklarni boshqarish maqsadi, muammolar va salbiy holatlarni oldini olish, inqirozni oldini olish va kutilajak muammolarni oldini olishdan iborat. Risklarni boshqarish to`rt bosqichdan, ya`ni riskni aniqlash, baholash, risk tashish (yoki kamaytirish) va risk monitoringidan iborat. Shu nuqtai nazardan turli sohalarda risklarning ko`plab turlari mavjud: - iqtisodiy va moliyaviy risk; - kredit riski; -investitsiya riski – biror korxona rentabelligini baholash va investitsiyaning ishonchliligi; - sug`urta va qayta sug`urtalash riski - da`volarini riski va ehtimollikning biror hajmi bo`yicha baholash; - loyiha risklari; - bozor risklari; - texnik risklar; - ijtimoiy risklar; - operatsion risklar va boshqalar. Risklarni boshqarish uchun, riskni tahlili muhim ahamiyatga ega. Risk darajasi tahlili kompaniyalarning qay darajada o`z aktivlarini boshqarishdan kelib chiqib bir necha usullar asosida amalga oshiriladi. Risklarni boshqarish asosiy tamoyillarini quyidagi ma`lumotlari orqali ham ifodalash mumkin: 1. Har bir inson faoliyati davomida ayrim risklarga duch keladi; 2. Risk mavjud bo`lmagan tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik boshqarish bo`ylab taqsimlanadi. Eng yuqori mas`uliyat kompaniya egasiga, rahbar va yuqori boshqaruv vakillari o`rtasida tabiiy taqsimlanadi. Har qanday korxonada risk bilan birgina menejrning o`zi kurashishi samarasiz, chunki kichik tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik, rahbarlar darajasida faollashdi. O`rta va yirik tashkilotlar javobgar individual menejerlar orasida taqsimlanadi. (Masalan, banklar, sug`urta kompaniyalari, neft-kimyo va energetika sanoati, aviatsiya va kosmik sanoati, transport kabi) yuqori risk muhitda faoliyat yuritadigan yirik tashkilotlar va tashkilotlarda belgilangan mutaxassis (riski menejeri) ish olib boradi. Risk (zarar), shuningdek qarshi ta`siri, moliyaviy faoliyatda bilinadi va moliyaviy rejalashtirish ta`sirga ega bo`lishi mumkin, deb deyarli har doim menejerlar tomonidan takrorlanadi. Risklarni boshqarish eng yaxshi samara bergan usullar va metodik orasida quyidagilarni keltirib o`tishimiz mumkin: -Bazel I, Bazel II, Bazel III - banklarning operatsion riski uchun kapitalining yetarlilik darajasini ochib beruvchi standartlar • CCA (sabab-oqibatlar tahlili) - FTA va ETA; • CLA (CHecklist tahlili). -Aaniqlash va riskni baholashda ilmiy modellashtirish tuzilmalari • Coria (Core Impact baholash); • CPQRA (Kimyoviy jarayonlar miqdoriy risklarini tahlili); • Cramm (CCTA risklarni tahlili va boshqarish usuli); • ChR (doimiy riskni yaxshilash); • ETA (Voqealar daraxti tahlili); • EWRM (Enterprise-Wide Risklarni boshqarish); • FTA (Xato daraxti tahlili); • HRA (Inson ishonchliligi tahlili); • PHA (dastlabki risk-tahlili); • PPAP (ishlab chiqarish jarayoni tahlili). • Risklarda sodir bo`lish ehtimolligi bo`yicha usullar • RIPRAN (Loyiha riski tahlili); • RR (nisbiy risklilik tahlili); • SA (Risksizlik Auditi); • W-I (“nima-agar” tahlil). Risklarni o’rganish jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari birmuncha orttirib ko’rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishigabo’lgan talabni oshirgan bo’lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar «moliyaviy risk»tushunchasining mohiyati to’laligicha ochib berilmaganligi, bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta’kidlash lozim.Moliyaviy risk tushunchasiga berilgan turli talqinlarga asoslanib va tadqiqotchilarning nazariy qarashlariga muvofiq risklarni quyidagi3 guruh kesimida turkumlash mumkin : Moliyaviy risklar guruhlanishi: — birinchi guruh riski. Tadqiqotchilarning talqiniga ko’ra, risk keng ma’noda noma’lum voqelik bo’lib, uning yuz berishi oqibatida faoliyatga ijobiyyoki salbiy ta’sir yetkazilishi mumkin; — ikkinchi guruh riski. Olimlarning qarashlariga ko’ra, risk faoliyat sifatida yutuqli natijaga erishish maqsadida amalga oshirilgan sa’y-harakat hisoblanadi — uchinchi guruh riski. Tadqiqotchilar bu riskni muqobil variantlardanbirini tanlash jarayonida yutuqqa erishish yoki xatoga yo’l qo’yish ehtimoli sifatida talqin etishadi. Download 62.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling