2.Risklarni boshqarish jarayonini.
Riskni boshqarishda tayor mahsuloti bo`lmaydi, lekin uning uslublari risni kamaytirishni har hil yo`llari va qo`yilgan topshiriqni zudlik bilan bajaruvchi rejalari har qanday riskli munosabatlarni oldini olishga yordam beradi. Hosil bo`lgan yoki yuzaga kelgan risklarni oldini olishda yoki boshqarishda riskni boshqarish aniq va operativ bo`lishi muhim rol o`ynaydi.
Operativ boshqarish - bu yuzaga kelgan hodisalarni mantiqiy tomondan o`ylab o`tirmasdan, qisqa vaqtda shu muammoni yechishni to`g`ri yo`lini topishdir.
Aniqlik – bu riskli munosabatlarda yuzaga kelgan aniq muammolarni yechish tushuniladi.
Riskning ta`siriga yuqoridagi ikki muhim yo`nalishdagi uslub yordam bermasa, ya`ni risk darajasi kamaymasa yoki ta`sir doirasi kengayib borsa u holda riskni boshqarishda evristik uslubdan foydalanish mumkin. Bu uslub orqali riskni mantiqiy jihatdan fikrlash, hayotiy tajribalardan xulosa chiqarish va aniq mezonini ishlab chiqish mumkin. Evristik uslubda quyidagi fikrlar asos bo`ladi:
1) O`z kapitalingizga nisbatan, ko`p katta riskli munosabatlarga bormang;
2) Kam daromadli, ko`p riskli munosabatga borish mantiqqa mos kelmas;
3) Yuzaga kelgan riskli munosabatlarda doimo to`g`ri uslub tanlash zarur.
Riskni boshqarishning ob`ektiv zarurligi quydagilar bilan tavsiflanadi:
Birinchidan, ishonchli texnologiyalar bo`lishidan qat`iy nazar yengil va og`ir sanoat zavodlarini operativ boshqarish jarayonida ham xavfsiz ishlashini ta`minlash uchun juda muhim omil hisoblanadi.
Ikkinchidan, bozorlar va tarmoqlarni iqtisodiy erkinlashtirish tufayli rahbarlar tomonidan bosimo`tkazishi, boshqaruv xodimlari va tashkilotning ham iqtisodiy tejamkorligini oshirish va daromadliligini ko`paytirish natijasida sohalarida tashkiliy tuzilmasida o`zgarishlarga olib kelishini oldini oladi. Shu bilan birga operativ ahamiyati xodimlar sonini kamaytirish kabiish jarayonini sustlashtiruvchi omillardan holi bo`lishdir.
Uchinchidan, kichik va o`rta kompaniyalar uchun, muayyan qo`llab-quvvatlash zarurligi shundaki, sanoatning turli tarmoqlarida tajribasizlik tufayli kelib chiqadigan avariyalar risklarni boshqarishning muhimligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |