Mustaqil ish O'zbekistonda maktabgacha ta'limning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari
Download 30.03 Kb.
|
Mustaqil ish O\'zbekistonda maktabgacha ta\'limning paydo bo\'lishi
Mustaqil ish O'zbekistonda maktabgacha ta'limning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari Reja:
2. Qoraqalpog'istonda maktabgacha ta'limni rivojlanishi. 3. Mustaqillikdan keyingi yillarda MTning rivojlanishi Topshiriq: rivojlanishning barcha bosqichlarini jadvallarda ko'rsatish ... Javoblar 1 O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz vazifasini bajardi. SHu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko’rilgan: -joylarda metodik ishlarni tashkil qilish; -mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish; -maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k. 2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining maqomi, asosiy vazifalari va funktsiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda xisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funktsional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi. Vazirlik maktabgacha ta`lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo`ysunadi. Vazirlik o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-son Farmoniga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi PK-3305-son qaroriga va ushbu qaror asosida qabul qilingan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining 2017 yil 6 oktyabrdagi 229 son «Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish haqida»gi Prezidium qarori va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil 5-oktyabrdagi 684-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari, farmoyishlari, bayonlari, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi qarorlari va buyruqlari shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Vazirlikning o`z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta`minlashda ishtirok etish; Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman, shahar xokimlari, prokuratura xududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar (keyingi o`rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish; - maktabgacha ta`lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`linmalarida o`quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - maxsus maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtirish; - nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarini qo`llab-quvvatlash; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarida, davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish; Vazirlikga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: - Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta`minlaydi; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Vazirlar Kengashi qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim Vazirligining buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta`minlaydi; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o`z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini tashkil etilishida ko`maklashadi; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi; - nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari bilan o`zaro hamkorlik qiladi; - nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarini qo`llab-quvvatlash va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; - Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; - davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida sog`lom ovqatlanishni ta`minlash bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; - maktabgacha ta`lim muassasalarida davlat talablarini bajarish monitoringi bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi; - maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarini va maktabgacha ta`lim muassasalarini moddiy-texnik ta`minlashni tashkil etadi; - maktabgacha ta`lim muassasalarining binolari va inshootlarini joriy ta`mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; - vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo`jalik masalalari va boshqa masalalar bo`yicha qarorlar qabul qiladi. 3. O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko’rmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta(lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo(nalishi darajasiga ko(tarildi. O(zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e(tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta(lim tizimi barpo etildi. O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta(lim tizimida maktabgacha ta(lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo(lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi. Bugun esa maktabgacha ta(lim bolani intellektual, jismoniy va ma(naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo(g(iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta(lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda respublika bo(yicha jami 4916 ta maktabgacha ta(lim muassasalarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta(lim muassasalari faoliyat ko(rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Mutaxassislar inson o(z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo(lgan davrda olishini ta(kidlashadi. Endi shu o(rinda kelajak avlodga ta(lim-tarbiya berishda maktabgacha ta(lim muassasalarining o(rni va ahamiyatini tasavvur qiling. Keyingi yillarda maktabgacha ta(lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo(naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta(lim muassasasi mukammal ta(mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta(lim muassasalarining ta(lim dasturlari va o(quv-tarbiyaviy rejalariga qo(yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta(lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta(limga qamrab olish ko(rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi (2017-2021-yillarda maktabgacha ta(lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to(g(risida(gi qarori maktabgacha ta(lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling