Mustaqil ish raqamli modulyasiya va demodulyasiya Bajardi: Tekshirdi
Download 18.05 Kb.
|
MUSTAQIL ISH Raqamli modulyasiya va demodulyasiya Bajardi: _____________________ Tekshirdi: ____________________ 2023 YIL Raqamli modulyasiya va demodulyasiya Raqamli modulyasiya va demodulyasiyada aloqa kanallari orqali axborotlar bitlar oqimlari ko’rinishida uzatiladi. Bit bu ikkilik belgilari bo’lib, 1 yoki 0 qiymatlarni qabul qiladi. Bunday bitlar axborot anbalaridan kelib tushadi va raqamli yoki analogli ko’rinishda (ARO’ bilan birgalikda) bo’lishi mumkin. Manbadan raqamli yoki ARO’ga ega analogli bitli axborotlar ketma-ketligini olish uchun axborotlarni siqish talab etiladi. Raqamli modulyasiya axborotli bitlarni kanal bo’yicha uzatish uchun analogli signalga o’zgartiradi. Demodulyasiya qilishda kanal bo’yicha qabul qilingan signal asosidagi dastlabki bitlar ketma ketligini tiklash amalga oshiriladi. Raqamli modulyasiya qilishning konkret metodini tanlashda quyidagi asosiy qarashlarga tayaniladi: - ma’lumotlarni uzatishda yuqori tezkorlik; - spektrdan foydalanishda yuqori samaradorlik (chastota diapazonining minimal qiymati); - quvvat byudjeti ma’nosida yuqori samaradorlik ( uzatishda talab qilingan minimal quvvat); - kanaldagi xalallarga chidamlilik (bitlar bo’yicha xatoliklarning minimal extimolligi); - kam quvvatli va unchalik qimmat bo’lmagan qurilmalar yordamida amalga oshirish. Ko’pincha bu talablar bir-biriga qarama-qarshi hisoblanib, ular orasida yaxshi kompromisga erishiladigan modulyasiyalash metodlari tanlanadi. Raqamli modulyasiya qilishning ikkita asosiy kategoriyasi mavjuddir, ya’ni amplitudali, faza va chastotali modulyasiya. Chastota-modulyasiyalangan signal ko’pincha doimiy egiluvchiga ega bo’lib, nochiziqli metodlardan foydalanib generasiya qilinadi, uni yana doimiy egiluvchi yoki nochiziqli modulyasiya qiluvchi deb ataladi, amplitudali va fazali modulyasiyani esa, chiziqli modulyasiya deb ataladi. Chiziqli modulyasiya qilish, nochiziqli modulyasiya qilishga qaraganda yaxshi spektral xarakteristikalarga ega hisoblanadi, chunki nochiziqli ishlov berish spektrning kengayishiga olib keladi. Lekin amplitudali va fazali modulyasiyada axborot uzatilayotgan signalning amplitudasida yoki fazasda mavjud bo’ladi va ular so’nish va interferensiya ta’sirlarini juda sezuvchan hisoblanadi. Undan tashqari amplituda va faza modulyasiya uslublari ko’pincha chiziqli kuchaytirgichlarni talab qiladi, bunday qurilmalar nochiziqli modulyasiyada qo’llaniladigan nochiziqli kuchaytirgichlarga qaraganda qimmat turadigan va quvvati jihatdan kam samarali qurilmalar hisoblanadi. Shuning uchun chiziqli va nochiziqli modulyasiya o’rtasidagi kelishuv, bir tomondan spektrdan foydalanish samaradorligi bilan, ikkinchi tomondan quvvat bo’yicha samaradorligi va kanalning o’tkazuvchanligining yomonlashuviga bo’lgan turg’unlikni tanlash hisoblanadi. Modulyasiya uslubi aniqlangandan so’ng, kombinasiya o’lchamini tanlash kerak hisoblanadi (holatlar diogrammasi o’lchamini). Ko’p sonli holatlarga ega modulyasiya uslublari signalning berilgan o’tkazuvchanlik polosas ida ma’lumotlarni yuqori tezkorlikda uzatilishini ta’minlaydi, lekin apparaturalarning deffektlariga, shovqinlarga va so’nishlarga juda sezgir hisoblanadi. Ba’zi bir demodulyatorlarda, uzatilayotgan signalga nisbatan kogerent bo’lgan tayanch faza talab qilinadi. Bunday kogerent fazani hosil qilish murakkab hisoblanadi yoki qabul qilgichning murakkabligini oshirib yuboradi. Shuning uchun qabul qilgichda kogerent tayanch faza talab qilmaydigan modulyasiya uslublari kelajagi porloq uslublar hisoblanadi. Chegaralangan o’tkazuvchanlik polosasida modulyasiya qilish tamoyili. Polosali raqamli modulyasiyaning asosiy tamoyili, axborotli bitlar oqimini chastota tashuvchi signallar orqali kodlashtirish va so’ngra aloqa kanali bo’yicha uzatish hisoblanadi. Qabul qilingan signaldan axborotli bitlar oqimini ajratib olish jarayoni demodulyasiya deb ataladi. Uzatilayotgan signalga kanal orqali kiritilayotgan buzilishlar, demodulyasiya jarayonida raqamli xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Chegaralangan o’tkazuvchanlik polosasida modulyasiya qilishdan maqsad, ma’lumotlarda xatoliklar extimolligi minimal bo’lgan hollarda bitlarni yuqori tkzkorlikda uzatishdan iboratdir. Umuman modulyasiyalashda axborotlar chastota tashuvchi signalning α(t) – amplitudasi, f(t) – chastotasi, yoki Ɵ(t) – fazasi bo’yicha kodlashtirilishi mumkin. Shuning uchun modulyasiyalangan signalni quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin: S(t) = α(t)cos[2π( f c + f(t))t + Ɵ(t) + φ 0 ] = α(t)cos[2π( f c t + φ(t) + φ 0 ), (5.48) bu yerda, φ(t) = 2π f(t))t + Ɵ(t), φ 0 esa tashuvchi signal fazasining siljishi. Modulyasiyalangan signalning bunday tasvirlanishi chastotali va fazali modulyasiyalarni burchak modulyasiyasiga birlashtiradi. 5.48 ifodaning o’ng tomonini sinfazali va kvadratli tashkil etuvchilardan foydalanib quyidagicha yozish mumkin: S(t) = α(t)cos(φ(t) + φ 0 ) cos(2π f c t) - α(t)sin φ(t) + φ 0 )sin(2π f ct)= =SI (t)cos(2π f c t)-S Q (t)sin(2π f c t), (5.49) bu yerda, S I (t) = α(t)cos(φ(t) + φ 0 ) - S(t) signalning sinfazali tashkil etuvchisi, S Q (t) = α(t)sin φ(t) + φ 0 ) – uning kvadraturali tashkil etuvchisi. S(t) signalni, uning ekvivalent past chastotali tasvirlanishi orqali ifodalash ham mumkin: S(t) = Re{ }, (5.50) bu yerda, u(t) = S I (t) + jS Q (t) . Bunday tasvirlanishning foydaligi shundaki, qabul qilgichlar ko’pincha signalning sinfazali va kvadraturali komponentlariga alohida ishlov beradi. Amplitudali va fazali modulyasiya. Amplitudali va fazali modulyasiya qilishda axborotlar oqimi uzatilayotgan signalning amplitudasi yoki fazasi bo’yicha kodlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: T S vaqt intervali davomida K = log2 M bit, uzatilayotgan s(t) signalnig amplitudasi yoki fazasi bo’yicha kodlanadi, bunda 0 ≤ t < T s . Bu davrda uzatilgan S(t) =S I (t)cos (2πf c t) – S Q (t)sin(2πf c t) signalni, uning signalli fazosida, φ 1 (t) = g(t) cos(2πf c t+φ 0 ) va φ 2 (t) = -g(t) sin(2πf c t+φ 0 ) bazis funksiyalari bilan S(t) = =S i1 φ 1 (t) + S i2 φ 2 (t) kabi yozish mumkin, bu yerda g(t)-shakllanilayotgan impuls. [kT,(k+1)T] vaqt intervali davomida, φ 0 = 0 bo’lganda, i-xabarni uzatish uchun S I (t) = S i1g (t), S Q (t)= S i2g (t) deb qabul qilamiz. Bu sinfazali va kvadraturali tashkil etuvchilar bo’lib, modulyasiyalashtirilayotgan signalning chastota polosasida joylashgan bo’lib, ularning spektral xarakteristikalari g(t) impuls shakli orqali aniqlanadi. Xususan, ularning V o’tkazuvchanlik polosalari g(t) signal chastotasi polosasi kengligiga tengdir va S(t) uzatilayotgan signal, f c markaziy chastotali va 2V o’tkazuvchanlik polosasi kengligiga ega polosali signalni tasvirlaydi. Amaliyotda V = Kg / T s deb qabul qilinadi, bu yerda Kg impulsning shakliga bog’liq hisoblanadi, ya’ni to’g’riburchakli impulslar uchun Kg = 0,5, ko’tarilgan kosinus impulslari uchun 0,5 ≤ Kg ≤ 1 teng hisoblanadi. Shuning uchun to’g’ri burchakli impulslar uchun g(t) signalning chastota polosasi kengligi 0,5/ T s ni tashkil etadi, S(t) signal polosasi kengligi esa 1/ T s ga teng. Amplitudali va faza modulyasiya uchun signalning yulduzsimonligi {(S i1, Si2) R2 , i = 1,…,M} yulduzsimon nuqtalar asosida shakllanadi. S(t) ning ekvivalent past chastotali tasvirlanishi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: S(t) = Re{ } (5.51) Bu yerda x(t) = (s i1 + jsi2 )g(t). Yulduzsimon nuqtalar Si = (si1, si2) belgilar deb atalib, log 2M bit uzunlikdagi xabarga moskeladi, Ts vaqt esa belgini uzatish vaqti deb ataladi. Bunday modulyasiyada uzatish tezkorligi belgi uchun K bit yoki R = log2 M / Ts sek/ bitni tashkil etadi. Amplitudali va faza modulyasiyasining asosiy uchta tipi mavjuddir: - amplituda-impulsli modulyasiya (AIM) – axborot faqat amplitudada mavjud bo’ladi; - fazali manipulyasiya (FMN) - axborot faqat fazada mavjud bo’ladi; - kvadratli amplitudali modulyasiya (KAM) – axborot ham amplitudada, ham fazada mavjud bo’ladi. Raqamli modulyasiya sxemasi K = log2M belgidagi bitlar miqdori bilan, {S i, i = 1,…, M} signlning yulduzsimonligi va g(t) impuls shakli bilan aniqlanadi. g(t) impuls shaklini tanlashda spektrdan foydalanish samaradorligini oshirishga va belgilar orasidagi interferensiya bilan kurashishga ahamiyat beriladi. Amplitudali va faza modulyasiyasi belgilarning berilgan ketma-ketligi davrida 5.10-rasmda ko’rsatilgan modulyatordan foydalanib amalga oshirilishi mumkin. Download 18.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling