Optik modulyatorlar
Download 474.18 Kb.
|
Optik modulyatorlar
Optik modulyatorlar
1. Modulyasiya, modulyator tushunchalari. Modulyasiya (lotincha: modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. Modulyasiya tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi. Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini modulyasiyalashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi modulyasiya lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha modulyasiyalash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning modulyasiyalari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar modulyasiyasi zarur hisoblanadi. Modulyasiya jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.). Koʻpincha, modulyasiyalangan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulslar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulsli modulyasiya mavjud: amplituda-impulsli, chastotaimpulsli, fazaviy-impulsli va kenglik-impulsli modulyasiya Impulsli modulyasiya uzluksiz garmonik tebranishli modulyasiyaga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi; 2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi. Download 474.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling