Mustaqil ish Tayyorladi : Yo’ldosheva Durdona mavzu: Antik davr faylasuflari kirish
Download 18.95 Kb.
|
antik davr
MUHOKAMA VA NATIJALAR
S.Gutova antik davr oxiridan ХХ asrning birinchi yarimigacha ilmda sezilarli ta’sirni ta’kidlagan holda, neoplatonizmning nazariy va uslubiy tamoyillari, tizimli ifoda shakllari umumiy birlik tizimlarini qurishga asos bo‘lganini ta’kidlaydi [5. B-21- 22, 310.]. Antik davr faylasuvlari olamdagi narsa-hodisa, predmet va jarayonlarni o‘zlari ishlab chiqqan, ilgari surgan ta’limotlari asosida ularni o‘zlaricha (ammo, ilmiymulohaza asnoda) mantiqiy jihatdan birlashtirishga, sinkretik-ilmiy tarzdagi tuzilmaga keltirishga urinishgan edi. Ayni shunday urinishlar antik davr ilmiy qarashlarining mifologik sinkretik tafakkurdan yangicha ilmiy-nazariy ta’limotlar va “sinkretik qoliplar”ning qaror topib, rivojlanib, so‘ngra kengayib (murakkablashib) borishida o‘ta muhim rol o‘ynagan edi. Faylasuf va madaniyatshunos Yu. Arxipova birlikka qaytish, dunyoning asl garmoniyasiga o‘tmish g‘oyalarini aktuallashtirish sifatida ta’kidlagan holda, qadimgi insonning sinkretik tafakkurini mantiqiy asos sifatida qadimgi yunon falsafasi, o‘rta asr diniy madaniyati, an’anaviy xalq madaniyati, zamonaviy kosmizm falsafasini olam asoslarini anglashda birlashganiga urg‘u berib o‘tgan [1. B-119.]. U ilmiy bilimlar rivojlanishining zamonaviy bosqichi, ixtisoslashuvi va differensiallashuvi ko‘proq fanning birligiga tobora moyillik bilan tavsiflamilishini "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 29 http://oac.dsmi-qf.uz qayd etgani o‘laroq: “Barcha ilmiy bilimlarni integratsiyalashuvining asosiy omillari umumiy metodlar, nazariyalar, tadqiqot tamoyillar - matematik, kibernetik, tizimli, shuningdek, ularni differensiallash orqali bilimlarni sintez qilish - mavjudlari tutashgan joyda yangi fanlarni yaratishdir” - deya ta’kidlaydi [1. B-107.]. Tarixiy jarayonlar silsilasi shuni anglatadiki, insonlarning munosabatlari qolipida ba’zan eklektik qarashlardan chiqib, kritik-analitik va argumental-kreativ to‘xtamga kelish, sinkretik qarashlar tomon tartibga tushish, tizimlashib borish, garmoniya, birlashish (hatto nihoyasiga yetmagan tarzda ham) amalga oshgan bo‘lsa, ba’zan obyektga munosabat qilishda notekis-nomutanosib, abstraktiv-nohaqqoniy tarzda sinkretik qarashlardan chetga chiqib, eklektik qarashlarga moyilliklar kuzatilganiga ham ishora etadi. Dunyoviy munosabatlarda inson butunlikning ikki qarama-qarshi yo‘lidan birini o‘zi tanlab kelgan, u o‘z madaniy-umuminsoniy, ruhiy-gumanistik, ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-haqqoniy qarashlari qay darajada rivojlanganiga qarab, (ba’zida mutlaq bo‘lmasa ham) o‘zicha ma’qul topgan yo‘nalishda ketavergan. Inson mana shunday tanlovlarda ba’zan adashgan bo‘lsa, ba’zan boshqa paytda tegishli xulosalar chiqarib o‘zini-o‘zi takomillashtirib, hayotini tartib-intizom asosida qurishga, pragmatik, ijobiy tomonlama tizimli turmush kechirishga, narsa-hodisalarni obyektiv o‘rganish uchun haqqoniy bo‘lishga o‘z e’tiborini qaratib kelgan ongli xilqatdir. XULOSA Antik davr va qadimgi yunon falsafiy ta’limotlariga ko‘ra, narsalar yaxlitligi va eklektik holati haqidagi qarashlar bir-biridan imkon qadar (kamchiliklari bo‘lsa ham) sekin-asta, o‘ziga xos tartibli, tizimli tarzda farq etib borganini, o‘sha zamon eklektizmi bilan sinkretizmi ko‘pincha muayyan ehtiyoj va manfaatlar uchun bir-biriga qorishtirilib qo‘llanilganini, butunlik-mushtaraklikka qaratilgan ilmiy-ratsional pozitsiyalarning konsensusi masalasi hali ancha bahsli va ilmiy munozarali tarzda umumiy yechim topmaganini, ba’zida chalkashliklari kuzatilib turilganini ifodalaydi. Lekin antik davrdagi atoqli olimlarning butunlik, yaxlit olam, narsa-hodisalar haqida umumiyatni u yoki bu substansiya tarzda nazarda tutib ilgari surgan mulohaza va ta’limotlari zarurat bo‘lib turgan yangicha sinkretik qolipdagi g‘oyalar qaror topishi uchun (ayniqsa, intensiv-ratsional jihatdan) ijobiy ta’sirni ko‘rsatmasdan qolmagan edi. Download 18.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling