Mustaqil ish Tayyorladi : Yo’ldosheva Durdona mavzu: Antik davr faylasuflari kirish


Download 18.95 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1198615
  1   2   3
Bog'liq
antik davr




Mustaqil ish

Tayyorladi : Yo’ldosheva Durdona


MAVZU: Antik davr faylasuflari
KIRISH
“Falsafa qomusiy lug‘ati” kitobida “sinkretizm” - yunoncha “synkretismos” - birlashtirish, qo‘shish ma’nosi bildirilishi o‘laroq, biron bir hodisani qismlarga bo‘linmasligini, rivojlanmaganligini ifodalovchi tushuncha sifatida qayd etilgan [2. B369.].
Lekin ushbu lug‘atda qayd etilgan izoh Antik davr ilm-fanida tadqiq etilgan nazariy qarashlardan, madaniyatshunoslikda o‘rganilgan sinkretizm haqidagi mulohazalardan u yoki bu darajada farq qiladi. Miloddan avvalgi V-VI asrlarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar va falsafa hali birbiridan ajralmagan edi[1. B-29.]. Garchand antik davr falsafasinng, madaniyatining ilk bosqichida olam haqidagi ilmiy-nazariy mulohazalar hali asotiriy qarashlardan to‘liq ajralmagan bo‘lsa ham, odamlar tomonidan narsa-hodisalar o‘zlashtirilishi orqali, salohiyat va bilimlar madaniy jihatdan jamoa va jamiyat ehtiyojlarini, manfaatlarini ta’minlash uchun qo‘llanilganini hamda egallangan bilimlarning endigina differensiallashuv, konkretlashuv, aniqlashtirilish tarzda qaror topish uchun muhim imkoniyatlar, sharoitlar sifatida yuzaga kelganini alohida ta’kidlash lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yunon faylasufi Parmenid fikricha, borliq ko‘plik, o‘zgarish bo‘lib kelmagan, boshqa narsalardan kelib chiqmagan holda, u yakkadir [3.B-223.]. Parmenidning "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 26 http://oac.dsmi-qf.uz bilishda aql maqomiga alohida e’tiborni qaratgani o‘laroq, uning butun real jarayonlar to‘g‘risidagi qarashlari ko‘p jihatdan, noilmiy, mifologik xususiyatga ega ekani ma’lum [4. B-257.]. Garchi Parmenid olamni o‘zgarish, ko‘p tomonlama hodisalar bilan kelishiga e‘tibor qaratmagan bo‘lsa ham, lekin u borliq deganda, narsalar butunlikka yakkalik va ajralmas tarzda jam bo‘lishini ishora etgan. Pifagor olamda narsa-hodisalar voqe bo‘lish mohiyatini sonlarning mavjudligi, zaruratligi, birlamchi ekani, garmonik tarzda voqe bo‘lishi sifatida tushunib, ularning koinot, tabiat va estetik qarashlardan ajratib bo‘lmasligiga ishora etadi. Madaniyatshunos O.Xateyeva raqamni garmonik prinsipi, dialektik sintez sifatida tushungan Pifagorchilarni butun koinotda sonning ijodiy mohiyati haqidagi ta’limotni ishlab chiqqanlariga bejizga urg‘u bermagan edi [9. B-19.]. Bu borada, L.Jmud Pifagorning musiqiy ohanglar bilan koinot jismlari o‘rtasida garmonik birligi haqidagi qarashlarini ilmiy jihatdan atroflicha tadqiq etgan edi [6. B-219.]. Anaksimandr moddiy borliqdagi narsa-hodisa, holatlar bir-biriga aloqador, biri ikkinchisiga o‘tishi tarzda qarama-qarshilikni, yakka asosda birikishni yuzaga keltirib, ularning hammasi apeyronda mujassamlashganini va undan ajralib chiqishini ta’kidlagan edi [3. B-16.]. Anaksimandrning apeyron to‘g‘risidagi ta’limoti butunlikning doimiyligi va organik tarzda birlashayotgan hodisalarning qaramaqarshiliklar bilan birga ajralmas bo‘lib kelishiga ham ishora etadi. Anaksagor fikricha, jahon “aqli” (“nus”) - eng yengil va nozik modda bo‘lib, u barcha narsalar to‘g‘risidagi bilimga hamda buyuk qudratga ega bo‘lib, ularni harakatga keltiradi va tartibga soladi, turli xil unsurlarni bir-biridan ajratadi, ularning bir xillarini esa qo‘shadi [3. B-27.]. Anaksagorning “umum hamma narsada”, degan g‘oyasi Kvant fizikasi nazariyasiga u yoki bu darajada muvofiq kelgan holda, ushbu nazariyadagi elementar zarrachalarning bir-biriga ta’siri, bog‘lanishi ko‘p tomonlama, tasodif tarzda butunlikda voqe bo‘lishi ifodalaniladi. Anaksagor ta’kidlagan substansional aspekt - hodisalarning bir-biridan ajratish, ularning ba’zilarini qo‘shish sifatida ifodalangani bilan birga, u Anaksimandr tomonidan izohlangan narsalar qarama-qarshiligi va birikishi voqeiy umumiyat tarzda ajralmasligi haqidagi tushunchaning aynan o‘zi emas edi. Chunki Anaksagor ta’sirlarning natijasiga signifikativ, differensial va integratsiya xususiyatiga ko‘ra ko‘proq e’tibor bergan bo‘lsa, Anaksimandr borliqning butunlikda hodisalarning ajralmasligi tarzda alohida urg‘u qaratgan. Suqrot esa, bilim - umumiylik haqidagi fikr, tushuncha sifatida to‘xtalib, tushunchalarni ta’riflar orqali ochilishiga, induksiya orqali umumlashtirilishiga urg‘u qaratib o‘tgan edi [4. B-296.]. Suqrotning o‘z axloq-odob tushunchalarini ta’riflashga va umumlashtirish namunalariga urg‘u qaratishida uning yondashuvi ma’lum darajada tartibli, sinkretik-tizimli bo‘lgani ifodalaniladi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 27 http://oac.dsmi-qf.uz Aflotun insoniyat yashab turgan g‘oyalar dunyosini haqiqiy dunyo sifatida urg‘u qaratgan holda, u bunda insondagi faoliyatlar, harakatlar, undagi yagona maqsad axloqiy idealga qayta-qayta o‘tib borish tarzda amalga oshirilib, shu g‘oyalar olamiga qo‘shilib ketishini nazarda tutgan edi [3. B-226-227.]. Aflotun hech qanday g‘oyalar rol o‘ynamaydigan butunlikda, umumiyatda bir narsani ikkinchisidan ayirish mumkin emasligini, bunda har qanday narsa-hodisalar qandaydir shaklsiz, anglab bo‘lmas xaos, betartiblik ekaniga urg‘u berib o‘tgan, shu bilan birga, narsalarning g‘oyasi ularning zaruriy elementlari birligi tarzda voqe bo‘ladi deb e’tibor qaratgan [3. B-226.]. G‘oyalar dunyosi haqidagi ta’limot umumiylik tushunchasiga tayanilib, ba’zan u butunlikda jismlarning metafizik tarzda differensiallashuvini va mutlaqlashtirilishini ham nazarda tutadi. Arastu fikricha, Aflotunning g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotining chalkashlikka, qiyinchilikka olib kelishi sababi umumiylikni yakkalikka nisbatan mutlaqlashtirishi hamda umumiylikni yakkalikka qarama-qarshi qo‘yilganligida [10. B-88.]. Arastu Aflotunning xatosini umumiylikni tan olishi emas, balki g‘oyalarning alohida mavjud deb tan olishida hamda umumiylikni yakkalikka qarama-qarshi qo‘yilishida, deya urg‘u berib o‘tgan ekan [10. B-88.]. Faylasuv S.Yuldashev Arastuning mulohazasini yakkalikdan umumiylikka borar ekanmiz, xususiy bilimni umumiylikka va zaruriylikka aylantirib, xususiy holatlardan qonunga sakrashga urg‘u qaratgan [10. B102.]. Epikur esa, Aflotunning g‘oya, Arastuning “birinchi dvigateli - birinchi harakatlantiruvchi kuch” haqidagi qarashlarini qattiq tanqid qilib, u bu borada atomistik qarashlardan kelib chiqib yondashgan, jismlarning birikishi va ajralishi atomlarning miqdor jihatidan qo‘shilishi va kamayishidan iboratdir [10. B-139.]. Epikurning ushbu fikri boshqa ilmiy-sohaviy qarashlariga ham o‘ziga xos ta’sir o‘tkazgan. Epikurning ijtimoiy qarashlaricha, davlat boshqaruvida faoliyat yuritayotgan odamlar konsensusga kelishi aktual hisoblanadi. Bunda kelishuv (konsensus) u yoki bu darajada garmonik xarakterga ham ega bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar bir-biriga ziyon qilmaydigan, bir-birini qo‘llabquvvatlaydigan, pragmatik, tashabbuskor harakatlar, faoliyatlar va ishlar orqali, umumiy tarzdagi konsensusning voqe bo‘lish g‘oyasi nazarda tutilgan edi. Ushbu umumiy kelishuv g‘oyasi ijtimoiy qarashlarning sinkretik xususiyatlaridan kelib chiqib yondashilishiga ishora etadi. Akademik A.Losev sinkretizm haqida antik davrdagi gnostitsizm talimotiga tayanib mulohaza bildirgan holda, gnostik qarshlarni nasroniylik e’tiqodidagi ilohiyot bilan birga qayd etib, ularni sezgi bilan biriktirilganiga hamda inson, tabiat, dunyo, ilohni tubdan shaxsiy bo‘lmagan tushuncha sifatida ahamiyat qaratilganiga urg‘u beradi [7. B-185-186.]. Biroq A. Losevning gnostiklar sinkretizmi haqidagi qarashlari "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 28 http://oac.dsmi-qf.uz bilan L.Tixomirov tadqiq etgan gnostitsizm sinkretizmi to‘g‘risidagi xulosalarning mazmun-mohiyat jihatidan ayrim o‘xshash va yaqinlik tomonlari ham mavjud. L.Tixomirov eng hilma-xil sinkretik birlashmalarni antik yunon gnostitsizmi orqali egallanganini, qadimgi misrliklar, bobilliklar, hindlar, qisman yahudiylik va nasroniylik falsafiy qarashlari bilan birlashtirilganini tahliliy jihatdan o‘rganib chiqqan edi [8. B-196.]. L.Tixomirov yangi pifogorizm, har xil gnozis, filonizm, keyinroq yangi platonizm, germetizm, manixeyizm va boshqalarni turli e’tiqodlarda qabul qilingan bilimlarning turli xil qismlariga ko‘ra sinkretik tarzda birlashish istagining namoyon bo‘lishi sifatida urg‘u qaratib o‘tgan [8. B-196.]. Manbalarda gnostitsizm yunoncha “gnosis”, “gnostikos” so‘zi tarzda qayd etilib, bu fenomen bilish ma’nosini anglatadigan tushunchadir [3. B-92.]. “Falsafa: ensiklopedik lug‘ati”da gnostitsizm antik davr oxirlarida yuzaga kelgan falsafiy-diniy yo‘nalish deb qayd etilib, moniylik, o‘rta asr dualizmini o‘z ichiga oluvchi “gnostik dinlar” oqimining birinchi bosqichi sifatida ta’kidlangan [3. B-81-82.]. Ushbu manbada gnostitsizm turli sharq dinlari (iudaizm, zardushtiylik, Misr va Bobil dinlari), xristianlik, yunon falsafasi va boshqalarni umumlashtirib sintez qilishga uringani, xristian aqidalarini Sharq mamlakatlaridagi diniy-falsafiy bilimlar bilan bog‘lashga intilgani va olamni dualistik nuqtayi nazardan tushuntirishga harakat qilgani urg‘u berilgan [3. B-82.]. Gnostiklar turli falsafiy va ba’zi sharqona e’tiqodiy qarashlar xususiyatlarini shuchaki birlashtirishni emas, balki ular ayni shunday xususiyatlar bilan nasroniylik kontekstlarini sinkretik tarzdagi, garmonik darajadagi diniy-irratsional ta’limot qaror topishini ko‘zlashgan edi.

Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling