1. Zarra to‘liq ravishda tinch bo‘ladigan holat bo‘lishi mumkin - 1. Zarra to‘liq ravishda tinch bo‘ladigan holat bo‘lishi mumkin
- emas. Klassik fizikada zarra impulsi P=mϑ formula bilan aniqlanadi.
- 72
- Tezlik ϑ ni topish uchun qiymatlari yaqin bo‘lgan t 1 va t 2 vaqtlar
- oraliqlarida zarraning x 1 va x 2 koordinatalari o‘lchanadi va
- (x 1 –x 2 )/(t t –t 2 ) kattalik topiladi, chegaraviy o‘tish t 1 →t 2 bajariladi.
- Bunday usulni mikrozarraning oniy tezligini aniqlashga qo‘llash
- mumkin emas. Haqiqatdan ham chegaraviy o‘tish x 1 va x 2 larni aniq
- o‘lchashni talab qiladi. Koordinatalarni aniq o‘lchash esa zarralarning
- impulsini sezilarli darajada o‘zgartiradi.
- Shuning uchun chegaraviy
- o‘tish orqali zarraning biror holatida ham uning oniy tezligini topish
- mumkin emas. t 1 va t 2 vaqt oraliqlari (t 2 –t 1 ) kattaroq qiymatda
- olinganda va x 1 hamda x 2 lar past oraliqda o‘lchanganda, zarraning
- oniy tezligini topish mumkin bo‘ladi. Bunday holda o‘lchash xatolari
- zarra tezligining aniqlanishiga va (x 2 –x 1 )/(t 2 –t 1 ) kasr qiymatiga
- kamroq ta’sir qiladi. Bunday yo‘l bilan zarra tezligining haqiqiy
- qiymati aniqlanmay, balki uning (t 2 –t 1 ) vaqt oralig‘idagi o‘rtacha
- qiymati topiladi. Mikrozarraning impulsini zarraning kinetik
- energiyasi orqali (masalan, elektr maydonida o‘tadigan potensiallar
- farqi orqali) yoki difraksion qurilmada o‘lchangan de-Broyl to‘lqin
- uzunligi orqali aniqlash mumkin.
- 2. Kvant mexanikasida to‘liq energiya E ning kinetik va potensial
- energiyalarga bo‘linishi o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Haqiqatdan ham bu
- kattaliklardan biri impulsga, ikkinchisi esa koordinataga bog‘liq.
- Noaniqlik munosbatlariga asosan bunday o‘zgaruvchi kattaliklar bir
- vaqtda aniq qiymatlarga ega bo‘la olmaydi. To‘liq energiya E kinetik
- va potensial energiyalarga bo‘linmasdan, balki to‘liq energiya
- sifatida o‘lchanishi va aniqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |